O‘rta Osiyodagi iqtisodiy g’oyalar
0‘rta Osiyo Yevropani Osiyo bilan bog‘lovchi yirik moddiy- madaniy va savdo markaziga aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikdagi davlatlar, xalqlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlami shakllantirdi. Osiyoda va Yevropadagi tovarlarga bo‘lgan talab va taklifni (bozoming asosiy unsurlarini) yaxshi bilmay turib uzoq va xatarli yo‘lga chiqish mumkinmidi, katta karvonlami tog‘u toshlardan, qum cho‘llardan olib o‘tish osonmidi, buning uchun ma’lum qoidalarga, amallarga tayanib ish ko‘rish kerak bo‘ldi. Yevropaga qancha va qaysi tovarlami olib borish, u yerdan nima olib qaytish, karvon yo‘lidagi davlatlar, xalqlar talab-etiyojini yaxshi bilish talab etilgan. Oqibatda turli bilim sohalari, matematika (al-jabr), geometriya (handasa), astronomiya (falakiyot) va boshqa ko‘pgina fanlar rivojlandi. Bu davrda butun dunyoga tanilgan Xorazmiy , Farg‘oniy, Ibn Sino, Ibn Ro‘shd, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk va boshqa ko‘plab mutafikkirlar yashab, ijod qilishdi. Ulaming asarlarida muhim iqtisodiy g‘oyalar ham o‘z aksini topgan. Sharq uyg‘onishi davridagi olimlar shu davrdagi tijorat, mulkdorlik sirlarini bayon etganlar. Ulaming ko‘plari hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda.
A.Forobiyning iqtisodiy fikrlari
0‘rta asrda ilg‘or iqtisodiy fikrlami ilgari surgan buyuk mutafakkirlardan biri, Aristotelning izdoshi, uning asarlarini tahlil qilgan «ikkinchi muallim» Abu Nasr Forobiy (870-950) hisoblanadi. U ko‘p qirrali olim bo‘lib, o‘z bilimini oshirish yo‘lidatinmay mehnat qilgan, qaysi yurtda mashhur olim borligini eshitishi bilan suhbatlashib, undan saboq olish uchun yo‘lga chiqqan.
Forobiy bir asami bir marta o‘qib tushunolmasa, uni qayta-qayta o‘qirdi. Aristotelning «Jon haqida» asarining Forobiy o‘qigan nusxasi topilgan bo‘lib, kitob chetiga uning tomonidan «Men bu kitobni yuz marta o 'qidim», boshqa bir kitobda esa «Bu kitobni qirq marta o ‘qidim, lekin yana o ‘qishim kerak», deb yozilgan. Forobiy Aristotel asarlarini o‘qib-o‘rganish bilan birga ularga sharhlar ham yozgan. Buyuk alloma Ibn Sino Aristotelning «Metafizika» asarini Forobiy yozgan sharhlar yordami bilangina to‘liq tushunganligi haqida yozgan.
Forobiy bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan moddiy ehtiyojlar to‘g‘risida ta’limot yaratdi. Uning fikricha odamlaming ehtiyoji jamiyat shakllanishining asosiy sababidir. «Tabiatan har bir odam shunday yaralganki, u yashashi va kamol topishi uchun ko‘p narsalarga ehtiyoj sezadi. Ulami u bir o‘zi topa olmaydi va ularga erishish uchun kishilar jamoasiga muhtoj bo‘ladiki, uning har biri u ehtiyoj sezayotgan narsalardan biron-birini beradi. Bunda har bir odam boshqalarga nisbatan xuddi shunday holatda bo'ladi». Jamiyat shakllanishi uchun moddiy ehtiyojlar to‘g‘risida bunday tushuncha o‘sha davrdagi ilg‘or fikrlardan hisoblanadi. Shu bilan birga moddiy boylik yaratishdagi mehnat va mehnat qurollarining ahamiyatini, har xil hunar turlarini uqtirib o'tgach, qullikka keskin qarshi chiqdi.
Forobiy Platonga o'xshab ideal tuzum to‘g‘risida fikr yuritdi. U kelajak haqida o‘ylab, baxtga erishishning zarur va birlamchi shartini tashkil etuvchi o‘zaro yordam va do‘stlik tufayli bo‘ladigan shahami ideal shahar, deb hisoblagan; yer yuzida barcha xalqlaming o‘zaro yordami asosida bir butun yagona jamiyat qurish mumkinligi to‘g‘risida, mahsulotlami adolatli taqsimlash haqida fikrlar bildirgan. Ammo Forobiy mazkur o‘zaro yordamning iqtisodiy asosi - mehnat mahsulotlarini ayirboshlashning zarurligini ko‘rsatib bera olmadi. Shu narsani qayd qilib o‘tish kerakki, Forobiy iqtisodiy masalalami ikkinchi o‘ringa surib qo‘ydi. Bu ayniqsa, uning davlat to‘g‘risidagi talqinida ko‘rinadi, unda adolat o‘matish, ommani ma'rifatli qilish iming asosiy fimksiyalaridan, deb e'tirof etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |