Ahmad Farg‘oniy
Ahmad Farg‘oniy (861 yilda Baodda vafot etgan) buyuk astronom, matematik va geograf olim hisoblanadi. O‘rta asr Evropa ilmiy adabiyotida uni Alfraganus deb ataganlar.
Ahmad Farg‘oniy Bag‘dodda Xorun ar-Rashidning o‘g‘li al-Ma’mun hukmronligi (813-833) davrida O‘rta Osiyolik olimlar Muhammad ibn Muso Xorazmiy, Abbos ibn Sa’id Javhariy va boshqalar bilan birga ishlagan. Ular dastlab yunon olimlarining asarlarini arab tiliga tarjima qilishgan, keyin esa o‘zlari arab tilida mustaqil asarlar yaratganlar. Xalifa al-Ma’mun 829 yilda Bag‘doddagi «Bayt al-xikmat» ya’ni «Donishmandlar uyi» qoshida 832 yilda Damashqda rasadxona (observatoriya) qurdirgan. Bu rasadxonalarda astronomiyadan muntazam ravishda kuzatuv ishlari olib borilgan. Ularda Farg‘oniy ham faol qatnashgan, kuzatuvlarning natijasini «Al-Ma’munning tekshirilgan jadvallari» nomi bilan kitob holiga kltirgan.
Muhammad al-Xorazmiy (783-850)
Xorazmiyning to‘liq ismi Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy. U O‘rta Osiyolik mashhur matematik va astronom. Xorazmiy Xorazm (Xiva)da 783 yilda tug‘ilib, 850 yilda Bog‘dod (Iroq)da vafot etgan.
SHu sababli bo‘lsa kerak Xorazmiy VIII asr oxirida Bag‘dodga keladi. Bag‘dodga turli kasb egalari, olimlar to‘plana boshlashdi. Fanning rivojlanishi Xorun ar-Rashid (786—809) va uning o‘g‘li al-Ma’mun xalifalik qilgan (813-833) davrga to‘g‘ri keladi.
Al-Ma’mun Bag‘dodda «Bayt al-xikmat» («Donishmandlar uyi») ni qurdiradi. «Donishmandlar uyi» qoshida yaxshi jihozlangan rasadxona va boy kutubxona bor edi. Uni o‘z davrining fanlar Akademiyasi deb atash mumkin edi.
Xorazmiy Bag‘dodga kelgach, ilmiy tekshirish ishlari bilan shug‘ullanadi. Qadimgi yunon matematiklari Evklid, Arximed va Apolloniylarning hamda qadimgi hind astronom va matematiklarining ishlarini qunt bilan o‘rganadi. Uning Bag‘doddagi dastlabki ishi hindlarning «Sindxanta» nomli astronomik asarining arabcha tarjimasini tahrir qilish bo‘ldi.
Tez orada Xorazmiy matematika, astronomiya, geografiya, tarix va tabobat ilmi buyicha butun O‘rta SHarqda shuhrat qozondi. U «Bayt al-hikmat» dagi kutubxona, rasadxona va barcha ilmiy tekshirish ishlariga rahbarlik qildi. Agar «Donishmandlar uyi» ni Fanlar Akademiyasi desak, u holda Xorazmiy o‘sha Akademiyaning prezidenti lavozimida edi.
Xorazmiy ham o‘zining arifmetika, algebra, astronomiya, geografiya, tarix, tibbiyot va boshqa sohalarga doyr asarlarini arab tilida yozgan, chunki bu davrda YAqin va O‘rta SHarkda fan tili arab tili edi.
Xorazmiyning matematikani rivojlantirishga qo‘shgan hissasi beqiyos. Uning «Hind hisobi» nomli risolasi o‘nli sistema raqamlari (0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9) ga bag‘ishlangan. Xorazmiy Hindistonda kashf etilgan bu raqamlarni soddalashtirdi va birinchi bor arab tilida bayon etdi. Bu raqamlar XI asrda Xorazmiyning risolasi tufayli xindlardan arablarga, keyinrok, Evropaga o‘tdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |