Abul Vafo Muhammad ibn YAhyo ibn Abbos al Buzjoniy (940-998)
Grafikaning rivojlanishiga bevosita o‘z hissasipi qo‘shgan buyuk olimlardan biri Xurosonlik matematik al Buzjoniydir. U avvalo qadimgi yunon olimlarining asarlarini tarjima qilish bilan shug‘ullanadi. Uning kashf etgan ilmiy asarlari matematika va grafika fanini yanada rivojlantirshda muhim rol o‘ynaydi. Uning asarlarida chizmachilikning nazariy asarlari asoslari berilgan. Uning «Hunarmandlar uchun geometrik handasaviy yasashlari haqidagi» 13 bobdan iborat risolasi «CHizg‘ich», «Sirkul va uchburchaklik haqida» nomli boblar bilan boshlangan. Unda shu asboblar va ularni yasash to‘g‘risida keng ma’lumotlar berilgan. Ushbu asarning mazmuni asosan geometrik yasashlarga bag‘ishladi.
Abyl Vafo Buzjoniy Al-Farobiy kabi yonuvchi oynaklarga tegishli bo‘lgan ikkita parabola shablonlarni yasash usullarini keltirdi.
Geometrik yasashga doir usullar er o‘lchash, me’morchilik va hunarmandchilikka doir masalalar asosida tarkib topgan.
Buzjoniy o‘zining kitoblarida 200 ga yaqin geometrik naqshlar echimi to‘g‘risida yozib qoldirgan. Bulardan tarixning ba’zi oson yo‘llarini tushuntirib o‘tgan. Masalan, uning kitoblaridan birida qurilish va geometrik naqsh echimi to‘g‘risida yozilgan. Bu kitob hozir Parijdagi muzeylardan birida saqlanmoqda. Buzjoniy o‘zinnig kitoblarida uchga, beshga bo‘lishning eng sodda yo‘llarini keltiradi. Bu o‘sha davr uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan.
Abu Rayxon Beruniy (973-1048)
Beruniyning to‘liq ismi Abu Rayxon Beruniy Muhammad ibn Ahmad- o‘rta asrning buyuk qomuschi olimi hisoblanadi. U Xorazmning Qiyot shahrida hozirgi Beruniy shahrida tug‘ilgan. Beruniy juda yoshligidan ilm va fanga qiziqadi. U — astronomiya, matematika, geodeziya, geografiya va minerologiya fanlarini sevgan. U o‘zining «Geodeziya» asarida Qiyot shahrining geografik kengligini aniqlaganini yozadi.
1004 yilda Beruniy Gurganjda oy tutilishini kuzatdi. 1005 yil bahorida Buxorolik mashhur tabib Abu Ali Ibn Sino Gurganjga keladi va Beruniy bilan tanishadi.
Gurganjda Beruniy matematika, astronomiya, fizika va mineralogiyaning ba’zi masalalari bilan shug‘ullandi. 1017 yilning yozida Mahmud G‘aznaviy Xorazmni bosib oldi. G‘aznaviyning buyrug‘iga ko‘ra Beruniy asir sifatida G‘aznaga olib ketildi.
1022—1024 yillar Mahmud Hindistonga qilgan yurishida Beruniyni o‘zi bilan olib ketadi. Safarda ham Beruniy ilm bilan shug‘ullandi. U Panjobdagi Nandna qal’asi yonida er shari meridiani bir gradusining uzunligini o‘lchadi va u 110,895 km ekanini aniqladi. Bu ma’lumot hozirgi zamon o‘lchashlari natijasi-111,1 km bilan taqqoslanganda, Beruniy o‘lchashlarining qanchalik aniqlikka ega ekanligi ma’lum. U Hindistonda bo‘lajak asari «Hindiston tarixi» uchun material yig‘di va uni 1030 yilda yozib tugatdi. O‘sha yili Mahmud vafot etdi va uning o‘rniga o‘g‘li Mas’ud taxtga chiqdi. Mas’ud Beruniyga ko‘p iltifotlar ko‘rsatdi. SHu sababli, Beruniy o‘zining shoh asarini Mas’udga bag‘ishlab «Qonuni Mas’udiy» deb nomladi.
Beruniy yoshlik chog‘laridayoq astranomik asboblar kvadratlarini yasagan. U o‘zining yasagan asboblari yordamida astronomik o‘lchash ishlarini olib borgan. Beruniyning matematikaga oid, trigonometriya, geometriya, sferik trigonometriyada qilgan anchagina kashfiyotlarini shu asarda chizmalar yordamida bayon etilgan. «Hindiston» asarining XV, XXIII va XXIV boblarida geometriyaga doir masalalar bayon etilgan. Beruniy fan xazinasini shunday bebaho javohirlar bilan to‘ldirdiki, bunda bu fanlar bilan bog‘liq bo‘lgan grafika ham chetda qolmadi. Uning ko‘p asarlarida ko‘plab grafik tasvirlar o‘rin olgan. «Geodeziya» asarida 69 ta chizmaning illyustratsiya tarzida berilishi chizmalar mohiyatini juda qadimdan tan olinganligini bildiradi. Beruniyning matematikaga tegishli «Trigonometrik funksiyalarni soddalashtirish», «YUlduzlarni tekislikda tasvirlash», «Sferik yoyni aniqlash haqida», «Sfera nuqtalarini tekislikda tasvirlash», «Evklid ishlariga izohlar» kabi asarlari ham grafika bilan bevosita bog‘liqdir. Beruniyning bunday qarashlari hozirgi zamon muhandislik grafikasida qo‘llanadigan GOST 2.305-68 dagi asosiy 6 ta ko‘rinishlarga mos keladi.
Beruniy Evklidning «Negizlar» va Ptolomeyning «Almagest» nomli asarlarini hind tiliga tarjima qilgan. Beruniy o‘z ilmiy ishlarida proeksiyalar metodini tadbiq etib, chizmalar chizgan va ulardan foydalangan. U biror jismni tasvirlovchi chizmani chizishda uning ko‘rinishlariga e’tibor berilishiga to‘xtalib shunday deydi: «To‘g‘ri burchakli oltiyoqlik ichida uning biror tarafiga qarab bir jonivor turibdi deb faraz qilinsa, u holda yoylar jonivorning oldi, orqasi, o‘ngi, so‘li, ust iva osti bo‘ladi».
Beruniy markaziy proeksiyalash usulidan foydalangan holda o‘zining «Mas’ud qonuni» asarida kartografik proeksiyalar usulida keng to‘xtalib o‘tgan. Bu asarda u erni go‘yo shar qiyofasidagi bir geometrik jism deb qarab, uning tekislikdagi tasvirini hosil qilish borasida ko‘p ishlar qilgan. Beruniy erni doira orqali tasvirlash uchun 90 ta konsentrik aylana vash u aylanalar markazidan tarqaluuvchi 300 ta nur ishtirokida hosil qilingan proeksiya orqali ifoda etishni taklif qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |