Geodezik koordinatalar: Geodezik koordinata sistemasida biron nuqtaning o‘rnini aniqlashda asosiy koordinata yuzasi qilib referens-ellipsoid yuzasi, asosiy koordinata chiziqlari sifatida esa geodezik meridian va parallellar qabul qilinadi. Er yuzidagi biron nuqtaning o‘rnini aniqlashda shu nuqtadan o‘tkazilgan meridian va parallelning kesishgan nuqtasidan foydalaniladi. Biron nuqtadan o‘tkazilgan meridian shu nuqtaning geodezik uzunligi,parallel esa kenglikni bildiradi.
Er ellipsoidining kichik o‘qi orqali bo‘ylamasiga o‘tkazilgan kesma - meridian tekislik, bu tekislikning ellipsoid yuzasi bilan kesishishidan hosil bo‘lgan chiziq esa geodezik meridian deyiladi. Er ellipsoidining biror nuqtasidan uning aylanish o‘qiga perpendikulyar o‘tkazilgan kesma parallel tekislik, bu tekislikning ellipsoid yuzasi bilan kesishishdan hosil bo‘lgan chiziq parallel deb ataladi.
Er ellipsoidi markazidan o‘tkazilgan parallel kesma ekvator tekisligi deyiladi.
M nuqtaning geodezik kengligi V va ekvatordan qutblari tomon 0° dan 90° gacha hisoblanadi, nuqta ekvatordan shimolda bo‘lsa, uning geodezik kengligi shimoliy kenglik () , janubda bo‘lsa janubiy kenglik (-) deb ataladi
9.Yer yuzasidagi nuktalar balandligi. Absolyut va nisbiy balandlik. Yer yuzaisdagi nuqtalarning absolyut va nisbiy balandliklari. Geodezik balandlik deganda, Yerning tabiiy yuzidagi biror nuqtaning Yer ellipsoidi yuzasidan balandligi tushuniladi. Xaqiqatda nuqta Yer ellipsoidi yuzida emas, balki Yerning tabiiy yuzida joylashgan bo‘ladi. Shunga ko‘ra nuqtaning Yer yuzidagi o‘rnini aniqlashda uning ellipsoidyuzidan balandligi e’tiborga olinadi. Yer yuzidagi nuqtaning geodezik balandligi (Ng) bu nuqtadanellipsoid yuzasigacha bulgan normal (Mm) uzunligiga teng. Lekin shuni aytishkerakki, Yer yuzidagi nuqtaning balandligini aniqlashda ellipsoid yuzasi emas, balki geoid yuza boshlanhich deb qabul qilinadi. Geoid yuza dengiz satg‘i deb ham yuritiladi. Yer yuzidagi nuqtaning balandligi dengiz sathiga nisbatan geodezik o‘lchash (nivelirlash) yo‘li bilan aniqlanadi. Nuqtaning dengiz sathiga nisbatan balandligi absolyut balandlik bo‘lib, N bilan belgilanadi. Yer yuzidagi har bir nuqtaning absolyut balandligi shu nuqtadan dengiz sathigacha bo‘lgan shovun chizig‘ining uzunligiga teng. Masalan, A nuqtaning absolyut balandligi NA chizik bilan, V nuqtaniki esa Nv chiziq uzunligi bilan ifodalangan). Odatda har bir mamlakat territoriyasidagi nuqtalarning absolyut balandligi shu mamlakat territoriyasida joylashgan biron-bir dengiz sathiga nisbatan aniklanadi. Masalan, MDX davlatlarida nuqtalarning absolyut balandligi Kronshtadt (Baltika dengizi) futshtogining noliga nisbatan hisoblanadi. Kronshtadt futshtogi—Kronshtadt aylanma kanalidagi ko‘prikniig granit ustuniga mahkamlangan mis reykadir. Bu reykaga Fin qo‘ltig‘i suvining ko‘p yillar davomida kuzatish natijasida aniqlangan o‘rtacha sathi chizilgan. Ana shu chiziqqa Kronshtadt futshtogi noli deyiladi. U nuqtaning balandligini boshlang‘ich deb qabul qilingan. Baltika dengizi sathiga nisbatan aniqlashning iloji bo‘lmagan joylarda biror nuqta boshlang‘ich deb qabul qilinib, shu nuqtaning balandligi shartli balandlik hisoblanadi. Yer yuzidagi nuktalarning absolyut balandliklari o‘rtasidagi farq nisbiy balandlik deyilib, h bilan belgilanadi. Nuqta absolyut balandligining raqam bilan ifodalangan miqdori shu nuqtaning otmetkasi deyiladi. Nuqtaning geodezik balandligini aniqlashdageoid bilan ellipsoid yuzalari o‘rtasidagi farqni e’tiborga olish zarur. Balandlik anomaliyasi deb ataluvchi bu farqe bilan belgilanadi. Balandlik anomaliyasi astronomik-gravimetrik nivelirlash natijasida topilib, undan geoid (kvazigeoid) shaklini aniqlashda foydalaniladi. Kichik territoriyada bajariladigan injenerlik-geodezik ishlarda geoid bilan ellipsoid yuzalari bir-biriga to‘g‘ri keladi deb qabul qilinadi. Yer yuzaisdagi nuqtalarning absolyut va nisbiy balandliklari.