Jaroxlik pichoxi- po’latdan yasaladi va xar xil o’lchamli bo’ladi. Undan xozir ganch o’ymakorligida keng foydalanilyapti. O’ymani katta yoki kichikligiga qarab ustalar har xil o’lchamdagi pichoqni ishlatadilar. Undan foydalanishdan avval uni charxlab, dastasini qo’lga botmaydigan qilish uchun ikki tomoniga yupka faner qo’yib, izolenta o’rab olinadi. Bu pichoq o’yilayotgan gulni chizishda, kesishda, o’yishda va pardoz berishda ishlatiladi. Umuman bu asbob o’ymakolikdagi turli ishlarni bajarishda qo’l keladi.
Iskana- duradgorlikda ishlatiladigan oddiy asbob, uning uchi og’ma xolatda kesik bo’lishi xam mumkin. Iskanalar har xil kattalikda bo’ladi, kichigi mayda uymalarda, kattasi yirik uymalarda ishlatiladi. Iskana tanasining uzunligi 7 sm atrofida bo’ladi.
Shuturgardan- ganch uymakorligidagi asosiy uyma asbob, bel kismi tuya buyniga o’xshash 900 burchak ostida qayrilgan bo’lgani uchun u shuturgardan, ya’ni tuyabo’yin deb xam yuritiladi. Yassi pulatdan yasalgan keskich qismining tixi bo’lib teng yonli uchburchakka o’xshaydi. Shuturgardan naqshlarning kontur chiziqlarini kesishda va o’ymali relyefga pardoz berishda ishlatiladi. O’ymaga qarab shuturgardanning katta-kichigi tanlanadi. Chunonchi, katta shuturgardan nakshlarining konturlarini o’yishda va chuqur zaminli o’ymalarda, o’rtanchasi o’ymaga pardoz berishda, kichik shuturgardan esa mayda o’yma ishlarini bajarishd ishlatiladi.
Pux qalam -xanjarga o’xshagan ikki tomoniga qiyalab ketgan o’tkir uchli ( uchi yoy shaklidagi ilmoqqa o’xshash qayrilgan bo’ladi.) asbob. Keskich qismining uzunligi 10 sm dan 18 sm gacha bo’lishi mumkin. Pux qalam egri sirtlarni tekislashda, pardozda navo ochishda va xokozalarda ishlatiladi. Bu asbob xam har xil kattalikda bo’ladi. Minkor- uzun o’qli uch qismiga uchburchak kurakchali 900 burchak ostida o’rnatilgan bo’lib, o’yma zaminini tozalashda, tekislashda va chuqurlashda ishlatiladi.
Qalamtok - tuzilishi xuddi xanjar ko’rinishida bo’lib, keskich qsmi ikki tomonga qiyalab o’tkirlangan. U tirnab chiziq chizishda, o’yishda va ganchni teshishda ishlatiladi.
Morpech kalam- o’yilgan naqshlarning chetlariga yarim doira, bo’rtiq xosil qilish, o’rovlarni qirqish xamda relyefga pardoz berishda, o’yilgan naqshlarning chetlariga zanjira, xoshiya atroflarida turli ko’rinishdagi naqshlar chizish, yarim doiralar, nuqtalar chiqarishda ishlatiladigan ganch o’ymakorlik asbobi.
Morpech qalam tuzilishi jixatidan yumalok bo’lib, sirt kesish uchun ishlatiladi, u po’lat andazali tanadan va yog’och banddan iborat.
Lux-yarim silindr sirtlarini tayyorlash ishlatiladigan ganch uymakorlik asbobi. Keskich qismi yapalok yassi shaklda bo’lib, uchi 900 burchak ostida buklangan bo’ladi.
Pilta kalam- ganch o’ymakorlik asbobining bir turi, uning uchi qayrilgan bo’ladi. U yarim aylana shaklidagi relyeflar xosil qilishda ishlatiladi.
Patak binni- shuturgardanning bir turi, raxlarni uchli qilib kesishda va o’yishda ishlatiladi.
Nova- iskana ko’rinishida bo’lib, uchi egri, ichki uchi ilmok singari buklangan, o’tkir uchli ganchkorlik asbobi.
Relyeflarni yumaloq qilib kesishda ishlatiladi. Qalam shukufta – aylantirib teshik ochishda va chiziq chizishda ishlatiladi.
Lulakash- umumiy ko’rinishi yarim yumalok shaklda buklangan, uchi yarim doira shaklida, asosan lula pardozda ishlatiladi. Bu asbob o’ymaning yirik yoki maydaligiga qarab xar xil o’lchamda bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |