1. Fuqaroviylik, mazmun-mohiyati va asosiy xususiyatlar



Download 0,66 Mb.
Sana05.06.2022
Hajmi0,66 Mb.
#639346
Bog'liq
fuqaroviylik va vatanparlik

1. Fuqaroviylik, mazmun-mohiyati va asosiy xususiyatlar

  • Mazkur mavzuning asosiy maqsadi fuqarolik jamiyati barpo etishda fuqarolarning faolligi qanday ahamiyatga ega ekanligini yoritishdan iborat. Zero fuqarolik jamiyati fuqaroviy ongi va faolligi yuksak bo‘lgan fuqarolar yordamida barpo etilishi mumkin. Fuqaroviylik mamlakatning rivojlanish bosqichlarida, boshqacha aytganda o‘tish davrida yaqqol namoyon bo‘ladi. Bugungi kunda ham ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarni boshidan kechirayotgan, aniqrog‘i fuqarolik jamiyati barpo etayotgan turli mamlakatlarda fuqaroviylik muhim ahamiyat kasb etmoqda.
  • Fuqaroviylik bir davlatga mansublikni anglash, davlatga sodiqlik hamda vatanparvarlik hissi sifatida talqin etilishi mumkin. Bunda davlatni, konstitutsiyani, davlat ramzlarini hurmat qilish, davlat tuzumini va qonun ustuvorligini himoya qilishga tayyorlik nazarda tutiladi. Fuqaroviylikni insonga huquqiy, ijtimoiy, ma’naviy va siyosiy jihatdan layoqatli ekanligini his etishni ta’minlovchi jamlovchi tushuncha sifatida ham talqin etish mumkin.
  • V.Dalning qayd etishiga qaraganda, “fuqaroviylik fuqarolik jamiyatini tuzish uchun jamiyatning ongi va bilimi darajasini ifoda etgan holatdir”1

Fuqaroviylikning tugal yoki to‘kis ekanligini :

  • Agar fuqaroviy pozitsiya hali shakllanmagan, fuqaroviy xususiyatlar, o‘z haq-huquqlari uchunkurashish istagi to‘liq namoyon bo‘lmasa fuqaroviylikning eng quyi darajasi namoyon bo‘ladi. Fuqaro o‘z haq-huquqlari uchun kurashishga moyil bo‘lsa, u haqda o‘z bilim va qobiliyatini namoyon qilishga tayyor bo‘lsa, bunda fuqaroviylikning o‘rta darajasi namoyon bo‘ladi. Agar fuqaroda fuqaroviy xususiyatlar hamda faol fuqarolik pozitsiyasi to‘liq shakllangan, o‘z haq-huquqlari uchun amaliy harakatga kirish ishtiyoqi yaqqol namoyon bo‘ladigan bo‘lsa uni yuqori darajada fuqaroviylik sifatida talqin etish mumkin.
  • Fuqarolik ongi iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy sohalarda me’yoriy, shakllantiruvchi, yo‘naltiruvchi, muloqotga etaklovchi singari rang barang vazifalarni bajaradi. Bu vazifalar ta’sirlashgan holda o‘zaro kesishadilar va bir-birini to‘ldiradi. Ularning ko‘pchiligi davlat va uning institutlariga xosdir. Ammo davlat organlari qonunlar, me’yoriy hujjatlar, qoida va talablardan iborat huquqiy doirada faoliyat yuritsa, fuqarolik ongi erkin shakllanadi. Fuqaroviy ong me’yorlari ijtimoiy-siyosiy jarayonlar natijasida shakllanadi, uni muvofiqlashtiradigan yoki uni amalga oshiradigan maxsus tuzilmalar bo‘lmaydi. Fuqarolik ongining vazifalari alohida individ emas, balki butun jamiyat faoliyati bilan bog‘liq.

Vatanparvarlik 

  • kishilarning ona yurtiga, oʻz oshyoniga muhabbati va sadoqatini ifodalaydigan tushuncha. V. barcha kishilar, xalq, millatlar uchun umumiy boʻlgan, asrlar davomida sayqallanib kelgan umuminsoniy tuygʻu, maʼnaviy qadriyatlardan biri. Tarixiy jihatdan V. kishilarning oʻz vatanlari taqdiri bilan bogʻliq ijtimoiy rivojlanish, xalqlarning oʻzlari yashayotgan hududning daxlsizligi va mustaqilligi yoʻlidagi kurashi jarayonida takomillashib kelgan his-tuygʻular jamlanmasi hamdir..
  • Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati” shiori ostidagi vatanparvarlik oyligi bu boradagi amaliy ishlar tasdigʻi boʻlmoqda. Bunda Prezidentimizning 2019-yil 13-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoyishi asos qilib olingan.

VATANPARVARLIK OILADAN BOSHLANADI

  • Vatanparvarlik – ulug‘ fazilat. Vatan – insonning tug‘ilgan, kindik qoni to‘kilgan joydir, bolalik, yoshlik davri o‘tadigan, ta’lim-tarbiya topadigan joydir, safar qilsa, mudom qo‘msaydigan joydir.
  • Vatan tuyg‘usi tufayli inson o‘zi yashaydigan uyni, o‘zi yashaydigan mahallani, shahar-qishloqni, Vatanni sevadi, uni obod qiladi, uning sha’nini ulug‘laydi, himoya qiladi. Oila – jamiyatning tayanchi sifatida farzandlarimiz ongida elu yurtga, Vatanga muhabbat tuyg‘ulari shakllanadigan maskandir.
  • .

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish