ko‘chmas mulk haqida tuzilgan bitimlar — fuqaro va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni o‘rnatishga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga (boshqa shaxsga o‘tkazish, ipotekaga qo‘yish, uzoq muddatli ijaraga olish, merosni qabul qilish va boshqalar) qaratilgan xatti-harakatlari;
servitut — begona yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi;
inshoot — har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga, materiallar, buyumlar, asbob-uskunalarni saqlashga, odamlarning vaqtincha bo‘lishiga, odamlar, yuklar va boshqa narsalarni olib o‘tishga mo‘ljallangan, tayanch, to‘sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat, yer tepasida, yer yuzasida va yer ostida hajmli, yassi yoki chiziq tarzida joylashgan qurilish tizimi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining (keyingi o‘rinlarda davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ deb ataladi) davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organning rahbari tomonidan tayinlanadigan mas’ul shaxslar (keyingi o‘rinlarda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi deb ataladi) tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun qonun hujjatlarida belgilanadigan miqdorda yig‘im undiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquq hamda ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan boshqa ashyoviy huquqlar, shu jumladan ushbu huquqlar va ular bilan bog‘liq bitimlarning vujudga kelishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishi va bekor bo‘lishi haqidagi axborot va hujjatlarni 2019-yil 1-fevraldan boshlab, axborot-kommunikatsiya tizimlari vositasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga mahalliy davlat hokimiyati organlari, notarial idoralar, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy bo‘linmalari, shuningdek boshqa vakolatli organlar tomonidan tegishli harakatlar sodir etilgan kundan boshlab bir kun muddatda taqdim etiladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
71. 2019-yil 1-sentabrdan boshlab Toshkent shahrida joylashgan ko‘chmas mulkka, 2020-yil 1-yanvardan boshlab esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan ko‘chmas mulkka nisbatan notarial harakatlar asosida vujudga keladigan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar haqidagi ma’lumotlar Reyestrga faqat notarius orqali taqdim etilgan talabnomaga asosan huquq egasini o‘zgartirish shaklida kiritiladi va Reyestrdan ko‘chirma beriladi;
(71-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
2020-yilning 1-yanvaridan boshlab qurilgan uy-joyga mulk huquqini hamda qonun asosidagi ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun uy-joyni foydalanishga qabul qilib olish dalolatnomasi va boshqa zarur hujjatlar tijorat banklari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar) filiallariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuboriladi;
2020-yil 1-yanvardan boshlab ko‘chmas mulk obyektini “E-IJRO AUKSIO№” yagona elektron savdo maydonchasida auksion orqali sotish (davlat aktivlari qismida) va rieltorlik xizmatlari ko‘rsatish natijasida vujudga keladigan unga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar tegishlicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va rieltorlik tashkilotlari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuboriladi;
Reyestrdan ko‘chirma Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, rieltorlik tashkilotlari va tijorat banklari tomonidan mulkdorning xohishiga ko‘ra elektron va (yoki) qog‘oz shaklida ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar va qonun asosidagi ipoteka davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin ushbu bandda nazarda tutilgan muddatlarda beriladi.
Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni tashkilotlarning ma’lumotlari asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida ariza talab etilmaydi.
(71-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun 2019-yil 1-fevraldan keyin vujudga keladigan asoslar mazkur Nizomning 7 va 71-bandlarida ko‘rsatilgan organlar tomonidan axborot-dasturiy majmua vositasida beriladigan axborot asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizomning 7 va 71-bandlarida ko‘rsatilgan organlar axborot-dasturiy majmuaga kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun javobgar bo‘ladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
9. Kadastr yig‘majildini birlamchi shakllantirishda ko‘chmas mulk obyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan joyga chiqib xatlovdan o‘tkaziladi. Kadastr yig‘majildini shakllantirish natijalari bo‘yicha kadastr pasporti beriladi.
Kadastr pasportini berish tartibi va shakli O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ko‘chmas mulk obyektini kadastr pasportini tayyorlash davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan jismoniy yoki yuridik shaxslarning buyurtmasi asosida amalga oshiriladi. Buyurtmalar Internet tarmog‘i yoki Davlat xizmatlari markazlari (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) orqali qabul qilinadi.
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquq turi yoki egasi o‘zgarganda, ushbu Nizomga asosan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng kadastr pasporti faqat ko‘chmas mulk obyekti mulkdorining ixtiyori va so‘roviga ko‘ra rasmiylashtiriladi.
Bunda ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki unda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lganda, obyektni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kadastr pasporti rasmiylashtirilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
2-bob. Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
11. Ko‘chmas mulk obyekti mulkdorlari yoxud ushbu obyekt bo‘yicha ashyoviy huquqlar egalari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning vakolatli vakillari ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelganda, boshqa shaxsga o‘tganda, cheklanganda yoki bekor bo‘lganda yoxud ko‘chmas mulk obyektining huquqiy holati o‘zgargan kundan boshlab bir oy muddatda mazkur Nizomning 21, 22, 23, 30, 31, 32, 35, 38, 39, 40, 41, 42, 43-bandlarida ko‘rsatilgan huquqni belgilovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona davlat xizmatlari portali orqali, garov xati rasmiylashtirilganda esa — ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga murojaat qilishlari shart.
Arizada ko‘chmas mulk obyektining turi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan huquq, unga kadastr yig‘majildi tayyorlangan yoki qayta rasmiylashtirilgan ko‘chmas mulk obyektining nomi va u tayyorlangan sana (mavjud bo‘lsa) ko‘rsatiladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
12. Markaz ariza to‘ldirilgandan keyin bir soat mobaynida uni ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiradigan organga yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizomning 71-bandida ko‘rsatilgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, rieltorlik tashkilotlari va tijorat banklari (keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb ataladi) ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur ma’lumotlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga yuboradi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
13. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda:
arizani va ushbu ko‘chmas mulk obyektiga kadastr hujjatlarini o‘rganadi, ularni Reyestrda mavjud axborot bilan taqqoslaydi;
ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar hamda ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan boshqa ashyoviy huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos mavjudligini, uning yuridik yoki jismoniy shaxsga o‘tkazilishining qonuniyligini aniqlaydi;
umumiy ulushli mulk huquqi ishtirokchilarining sonini va tegishli hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ularning ulushlarini aniqlaydi;
huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi uchun to‘sqinlik qiladigan omillarni, bu ko‘chmas mulk obyekti huquqning boshqa shaxslarga o‘tkazilishi uchun to‘sqinlik qiluvchi garovga qo‘yilganligi va huquqni cheklash borligini aniqlaydi;
boshqa shaxslardan aynan shu ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ariza bor yoki yo‘qligini Reyestrdan aniqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
ko‘chmas mulk obyekti bilan bog‘liq bitim notarial tartibda tasdiqlanmasdan taqdim etilganda, mulkdor va xaridorning shaxsini aniqlashtirish uchun qo‘shimcha ma’lumotlarni talab qilish huquqiga ega.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
14. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni hujjatlar kelib tushgan kundan e’tiboran ikki ish kuni davomida davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar, taqdim etilgan hujjatlarda texnik tusdagi ahamiyatsiz kamchiliklar va ularni bartaraf etish imkoniyati bor bo‘lsa yoki qo‘shimcha hujjatlar talab qilinsa, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi ro‘yxatdan o‘tkazishni uch kungacha to‘xtatib turish to‘g‘risida bir kun mobaynida qaror qabul qiladi va qarorni Markazga yoki tegishli tashkilotga yuboradi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Markaz yoki tegishli tashkilot davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organdan ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazishni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarorni olgandan keyin yuridik yoki jismoniy shaxsni bir soat mobaynida ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda hujjatlarni taqdim etish haqida xabardor qiladi.
(14-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Hujjatlar ko‘rsatilgan kamchiliklar bartaraf etilgan holda taqdim etilganda, ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Tuzatilgan hujjatlarni ko‘rib chiqishda huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilganligi haqida xabarnomada ilgari ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, vakolatli organlar tomonidan ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilgan holatlar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar, xabarnomada ko‘rsatilgan kamchiliklar xabar berilgan paytdan boshlab uch ish kuni mobaynida bartaraf etilmagan bo‘lsa, davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ ikki ish kuni mobaynida ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va bu haqda markazni yoki tegishli tashkilotni yozma ravishda xabardor qiladi.
(14-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
15. Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu ko‘chmas mulk obyektining mansubligi masalasida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlarining mavjudligi;
vakolatli organ tomonidan ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi;
taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri, qarama-qarshi yoki buzilgan ma’lumotlar topilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
birlamchi kadastr yig‘majildining (kadastr pasporti) mavjud emasligi;
(15-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilganligi haqidagi ma’lumotlarning mavjudligi;
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tomonidan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘xtatib turilgan hollarda, taqdim etilgan materiallardagi kamchiliklarning uch ish kuni mobaynida bartaraf etilmasligi;
yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda bekor qilinganligi;
huquqlarning vujudga kelishini belgilamaydigan hujjatlarning taqdim etilishi.
Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun belgilangan yig‘im miqdori ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) tashkilotlarga, Markazga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron ravishda yuboriladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
17. Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar Reyestrga tegishli yozuvni kiritish yo‘li bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi, u mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha elektron ko‘rinishda yuritiladi.
Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqning vujudga kelishini va boshqa shaxsga o‘tishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuridik shaxsning nomini, jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini va ko‘chmas mulk obyektlari to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlarni Reyestrga navbatdagi raqam bilan kiritish orqali amalga oshiriladi. Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi va bekor qilinishi unga bo‘lgan huquqlarni cheklash yoki bekor qilish haqidagi yozuv orqali amalga oshiriladi va buning uchun asos bo‘lgan hujjatning nomi, sanasi va raqami ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi yozuv kiritilgan Reyestr satriga kiritiladi.
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning (u mavjud bo‘lgan taqdirda) vujudga kelishi va boshqa shaxsga o‘tishi birinchi navbatda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Ushbu yer uchastkasida qurilgan yoki barpo etilgan binolar, inshootlar va ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqlarning vujudga kelishi va boshqa shaxsga o‘tishining keyingi ro‘yxatdan o‘tkazilishi binolar, inshootlar va ko‘p yillik dov-daraxtlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yer uchastkasiga huquq ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi yozuv kiritilgan satrga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
171. Markazlar yoki tashkilotlar yig‘im summasi ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) kelib tushganidan so‘ng real vaqt rejimida bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali ariza beruvchini xabardor qiladi.
Ariza beruvchi xabarnomada ko‘rsatilgan miqdorda yig‘im summasini to‘laydi.
Reyestrdan ko‘chirma berish uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda ushbu bandda ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
(171-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Oldingi tahrirga qarang.
172. Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Markazlar orqali murojaat etganda:
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk davlat korxonalari hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
b) ko‘chmas mulk “E-IJRO AUKSION” Yagona elektron savdo maydonchasida auksion orqali sotilganda va rieltorlik xizmatlari ko‘rsatilganda:
10 foizi — Davlat aktivlarini boshqarish agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk davlat korxonalari hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
v) tijorat banklari tomonidan uy-joyga nisbatan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda, shu jumladan qurilishi tugallangan uy-joyni rasmiylashtirishda:
10 foizi — tijorat banklarning bank hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk davlat korxonalari hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
g) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
qolgan mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk davlat korxonalari hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
d) notarial idora orqali murojaat etilganda:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk davlat korxonalari hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
(172-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Xabarnomada ko‘rsatilgan yig‘im to‘liq to‘langanidan so‘ng real vaqt rejimida markazlar yoki tashkilotlar xodimi tomonidan tizimdan mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda tegishli huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi elektron ko‘rinishdagi Reyestrdan ko‘chirma yuklab olish imkoni paydo bo‘ladi va ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra unga reyestrdan ko‘chirma elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda berilishi mumkin.
Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
19. Noto‘g‘ri yoki buzilgan ma’lumotlarni taqdim etganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
3-bob. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xususiyatlari
20. Yer uchastkalariga bo‘lgan quyidagi huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaxslarga o‘tishi va bekor bo‘lishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, dehqon xo‘jaligi, jamoa bog‘dorchiligi va uzumchilik xo‘jaligini yuritish uchun, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda berilgan yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;
yuridik va jismoniy shaxsga qishloq va o‘rmon xo‘jaligini (qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlari) va fermer xo‘jaliklari bundan mustasno) yuritish va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar uchun berilgan yer uchastkalariga doimiy egalik qilish huquqi;
yuridik va jismoniy shaxsga qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyojlar uchun foydalanish muddatlari ko‘rsatilmay berilgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi;
yuridik va jismoniy shaxslarga qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyojlar uchun foydalanishning muayyan muddati belgilab berilgan yer uchastkalaridan muddatli (vaqtincha) foydalanish huquqi;
yuridik va jismoniy shaxs, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxs tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xususiylashtirilgan yoki sotib olingan yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi;
yuridik va jismoniy shaxsga ijaraga berilgan yer uchastkalarini ijaraga olish huquqi.
21. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning vujudga kelishi quyidagi hujjatlar asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi:
yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun — davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasini berish to‘g‘risidagi, o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori yoki meros qilib olish huquqi to‘g‘risidagi notarial idora tomonidan berilgan guvohnoma yoxud bu huquq auksion asosida sotib olinganligi to‘g‘risidagi tuman (shahar) hokimi tomonidan berilgan davlat orderi;
yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, doimiy va muddatli (vaqtincha) foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun — joylardagi davlat hokimiyati organlarining muayyan yuridik va jismoniy shaxsga yer uchastkasi berish to‘g‘risidagi, o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida o‘tkazilgan elektron auksion natijalari haqida bayonnoma;
yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun — davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organlari tomonidan berilgan davlat orderi;
yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun — joylardagi davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasini ijaraga berish to‘g‘risidagi o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari asosida vakolatli organlar tomonidan tuzilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi.
Oldingi tahrirga qarang.
211. “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasiga qo‘yish uchun tayyorlangan yer uchastkasi haqidagi materiallar ushbu yer uchastkasi bo‘yiicha kadastr yig‘majildi shaklida qabul qilinadi.
(211-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining “Yer to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni amal qilgan davrda (1990 — 1998-yillarda) olingan yer uchastkalariga bo‘lgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat arxivlari tomonidan tasdiqlangan quyidagi hujjatlar asos bo‘ladi, shuningdek, mazkur hujjatlar davlat arxivlari saqlovida mavjud bo‘lmagan yoki ularni topish imkoni qolmagan taqdirda, o‘rnatilgan tartibda sudning qarori bilan belgilanadi:
(22-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
shaharlar (tumanlar) hokimlarining O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun shaharlar yerlaridan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqida yer uchastkalari berish to‘g‘risidagi qarorlari;
shaharchalar va qishloqlar (ovullar) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun shaharchalar va qishloq aholi punktlarining sobiq kolxozlar, sovxozlar hamda boshqa qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hududida bo‘lmagan yerlaridan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqida yer uchastkalari berish to‘g‘risidagi qarorlari;
qishloqlar (ovullar) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga qishloq joylarida shaxsiy yordamchi xo‘jalik yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqida yer uchastkalari berish to‘g‘risidagi qarorlari.
Oldingi tahrirga qarang.
23. O‘zbekiston SSRning Yer kodeksi amal qilgan davrda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining olingan yer uchastkalariga bo‘lgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat arxivlari tomonidan tasdiqlangan quyidagi hujjatlar asos bo‘ladi, shuningdek, mazkur hujjatlar davlat arxivlari saqlovida mavjud bo‘lmagan yoki ularni topish imkoni qolmagan taqdirda, o‘rnatilgan tartibda sudning qarori bilan belgilanadi:
(23-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
tegishli tumanlar, shaharlar va shaharchalar xalq deputatlari Kengashlari ijroiya qo‘mitalarining yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish to‘g‘risidagi qarorlari;
tegishli qishloqlar (ovullar) xalq deputatlari Kengashlari ijroiya qo‘mitalarining kolxozlar a’zolarining umumiy majlislari bayonnomalarini hamda sovxozlar va boshqa qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari direktorlarining fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish haqidagi buyruqlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorlari.
24. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yoki viloyatlar xalq deputatlari Kengashlarining (Qoraqalpog‘iston Respublikasida — Jo‘qorg‘i Kengesning) qarorlari bilan qishloq aholi punktlari yoki ularning qismlari shaharlar va posyolkalar chegaralariga kiritilgan hollarda jismoniy shaxslarga dehqon (shaxsiy tomorqa) xo‘jaligini yuritish uchun belgilangan tartibda ilgari berilgan yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi mazkur Nizomning 21, 22 va 23-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar asosida davlat hokimiyati organlarining qarorlarida ko‘rsatilgan o‘lchamlarda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
25. O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga yoki huquqni belgilovchi hujjatlarsiz foydalanilayotgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi.
26. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan huquq turi mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasi berish to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq qabul qilinadi.
Agar joylardagi davlat hokimiyati organining qarorida huquq turi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda yuridik va jismoniy shaxs uchun quyidagi huquqlar tan olinadi hamda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim:
yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaligi hamda jamoa bog‘dorchiligi va uzumchilik xo‘jaligini yuritish uchun foydalaniladigan yer uchastkalariga bo‘lgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi (agar, davlat hokimiyati organlarining qarorlarida boshqa huquq turi ko‘rsatilgan bo‘lsa ham);
binolar va inshootlar qurish uchun berilgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi;
qishloq va o‘rmon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasiga doimiy egalik qilish huquqi.
27. Binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqining hamda boshqa ashyoviy huquqlarning boshqa shaxsga o‘tishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ko‘rsatilgan obyektlar bilan egallangan va ulardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkasiga egalik qilish huquqi yangi huquq egasining nomiga oldingi huquq egasidagidek shaklda rasmiylashtiriladi.
Turar joy binosiga, bog‘ uychasiga bo‘lgan mulk huquqi boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda, jismoniy shaxslarga ushbu imoratlarga bo‘lgan mulk huquqi bilan birga belgilangan tartibda berilgan va unda ushbu imoratlar joylashgan butun yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi ham o‘tadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yakka tartibdagi turar-joy noturar joy toifasiga o‘tkazilgan taqdirda, yer uchastkasi doimiy foydalanish huquqida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Noturar joy yakka tartibdagi turar-joy toifasiga o‘tgazilganda, yer uchastkasi meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qaroriga asosan uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar uylarni notariuslar tomonidan tasdiqlangan oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomalari va boshqa hujjatlar asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
(27-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 1-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2020-y., 09/20/195/0391-son)
Yuridik va jismoniy shaxs boshqa shaxsga o‘tkaziladigan bino va inshootlar joylashgan yer uchastkasining mulkdori bo‘lgan hollarda, yangi huquq egasi nomiga butun yer uchastkasiga yoki uning ko‘chmas mulk obyekti egallagan hamda undan foydalanish uchun zarur bo‘lgan qismiga bo‘lgan mulk huquqi, agar boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomasi bilan boshqasi nazarda tutilmagan bo‘lsa, qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Yer uchastkasida joylashgan barcha binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqning boshqa shaxsga o‘tishi munosabati bilan yer uchastkasiga egalik qilish yoki undan doimiy foydalanish huquqining o‘tishi:
oldi-sotdi va boshqa shaxsga o‘tishning boshqa turlariga oid shartnoma;
mulkdorlarning yoki ular tomonidan vakolatlangan shaxslarning qarorlari;
sud qarori yoxud davlat ijrochisining qarori;
qarz undiruvchi hamda qarzdor o‘rtasida bino va inshootlarni topshirish to‘g‘risidagi davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma;
bino va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar undan boshqaga o‘tadigan shaxsning yer uchastkasiga oid huquq belgilovchi hujjatlari asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Ayrim binolar va inshootlarga yoki ularning bir qismiga bo‘lgan huquqning boshqa shaxsga o‘tishi munosabati bilan vujudga kelgan yer uchastkasiga egalik qilish yoki undan doimiy foydalanish huquqining boshqa shaxsga o‘tishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan tuzilgan, tuman (shahar) qurilish bo‘limi va huquq egasi bilan kelishilgan yer uchastkasini bo‘lish hamda uning yangi chegaralarini belgilash haqidagi dalolatnoma asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Nizo mavjud bo‘lgan taqdirda bo‘lish davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan amalga oshirilib, tuman (shahar) hokimi qarori bilan tasdiqlanadi va keyinchalik yer uchastkasiga egalik qilish yoki undan doimiy foydalanish huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi va Reyestrdan tegishli ko‘chirma beriladi.
Bunda yer uchastkasiga bo‘lgan huquq yangi huquq egasiga imorat va inshootlarga bo‘lgan huquqning oldingi egasida bo‘lgan shaklda o‘tadi.
Bo‘lingan yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi va shaharsozlik faoliyati qoidalariga rioya etilishi uchun javobgarlik huquq egalariga yuklatiladi.
28. Yer uchastkasining umumiy maydoni va chegaralari, unga bo‘lgan ilgari ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquq turi o‘zgargan taqdirda, axborot-dasturiy kompleks orqali axborot beradigan organlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish haqida ma’lumotlarni yuboradi.
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish jarayonida quyidagi ishlar bajariladi:
axborot bergan organ tomonidan yuborilgan hujjatlar tekshiriladi;
huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda saqlanadigan mavjud reja-kartografik materiallardan foydalanib, yer uchastkasining yangi kadastr rejasi chiziladi;
Reyestrga, shuningdek, kadastr yig‘majildiga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
Ishlar natijalariga ko‘ra, yuridik va jismoniy shaxsga Reyestrdan ko‘chirma beriladi.
29. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda belgilangan cheklovlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni cheklash meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini garovga qo‘yishda, yer uchastkasiga ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv qaratilganda va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda amalga oshiriladi.
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi Reyestrga huquqlarning cheklanishi haqidagi hujjatning nomini hamda uning rekvizitlarini ko‘rsatgan holda tegishli yozuv kiritish orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni garovga (ipotekaga) qo‘yishda cheklovlar mazkur Nizomning 6-bobida tutilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
30. Yer uchastkasiga bo‘lgan servitut davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Servitutni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish servitut belgilanishidan manfaatdor yuridik yoki jismoniy shaxsning arizasi asosida, servitut belgilanishidan manfaatdor yuridik yoki jismoniy shaxs va yerlarida servitut belgilanadigan yuridik yoki jismoniy shaxs o‘rtasida tuzilgan yozma kelishuv asosida yoki sud qarori bo‘yicha amalga oshiriladi.
Servitutni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Reyestrga servitut belgilanishi haqidagi hujjatning nomini hamda uning rekvizitlarini ko‘rsatgan holda tegishli yozuv kiritish va Reyestrdan ko‘chirma berish orqali amalga oshiriladi.
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda servitut saqlanib qolinadi va belgilash uchun asoslar bekor bo‘lgan hollarda bekor qilinishi mumkin.
31. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda bekor qilinishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishi uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yoki yer qonunchiligining buzilishi munosabati bilan olib qo‘yilishi yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni unda joylashgan bino va inshootlar boshqa shaxsga o‘tishi munosabati bilan qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi qarori;
vakolatli organning yuridik shaxs Korxonalar va tashkilotlar yagona reyestridan chiqarilganligi to‘g‘risidagi axboroti;
uy-joylarining boshqa shaxsga o‘tganligi munosabati bilan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar ham o‘zga shaxsga o‘tishi bo‘yicha hujjatlar;
yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar.
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishi Reyestrga huquqning bekor qilinganligi haqidagi hujjatning nomini hamda uning rekvizitlarini ko‘rsatgan holda tegishli yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi.
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishi munosabati bilan yuridik va jismoniy shaxslar yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida ilgari berilgan hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga qaytarishga majbur va ushbu hujjatlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.
Ushbu band mulk huquqida bo‘lgan yer uchastkalariga tatbiq etilmaydi.
4-bob. Bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xususiyatlari
32. Yer yuzida, yer tepasida va yer ostida joylashgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi, xo‘jalik yuritish huquqi va operativ boshqarish huquqi, bu huquqlarning vujudga kelishi, o‘zga shaxsga o‘tishi, cheklanishi va bekor qilinishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Shuningdek bino va inshoot yoki ularning qismlari ijarasi huquqi ham bir yildan ortiq muddatga tuzilgan shartnoma asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
Yer ostida joylashgan inshootlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ularning tavsifi ushbu inshootlarning qurilish loyihasi ma’lumotlari bo‘yicha qabul qilinadi.
33. Muayyan yuridik yoki jismoniy shaxsning alohida yer uchastkasida joylashgan, alohida kadastr raqamiga ega bo‘lgan bino va inshootlarga, jumladan ular yonidagi qo‘shimcha xo‘jalik imoratlariga bo‘lgan huquqi ro‘yxatdan o‘tkazish obyekti hisoblanadi.
Turli qo‘shimcha xo‘jalik imoratlariga bo‘lgan huquqlar asosiy bino yoki inshootdan alohida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi.
34. Ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralarga va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish har bir mulkdor bo‘yicha alohida amalga oshiriladi.
Uy-joy-qurilish shirkatlariga tegishli uy-joylarga bo‘lgan huquqlar tegishli shirkat nomiga, ushbu shirkat a’zolari ro‘yxati ilova qilingan holda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
35. Qurilishi tugallangan va foydalanishga belgilangan tartibda qabul qilingan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlar tegishli loyiha tashkiloti tomonidan ularning qurilishi boshlanganligi tasdiqlangan taqdirda, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi mumkin. Bunda bino va inshootning poydevor va birinchi qavati devorlarining qurilish ishlari yakunlanganligi qurilishni boshlangan deb topish uchun asosi hisoblanadi.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qurilishi tugallanmagan turar va noturarjoy binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlar:
(35-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
yer uchastkasiga bo‘lgan huquq belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilganligi;
qurilish qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan loyiha asosida boshlanganligi sharti bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
“E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida sotib olingan, elektron auksion g‘oliblarida ularga nisbatan qabul qilingan majburiyatlar mavjud bo‘lgan yer uchastkalarida, shuningdek o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasida joylashgan qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi.
(35-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
36. Qurilishi tugallanmagan bino va inshootlarni boshqa shaxsga o‘tkazishda huquq egasining buyurtmasi bo‘yicha yer uchastkasini berish to‘g‘risidagi hujjatlar, yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida kadastr yig‘majildi tayyorlanadi, shuningdek, qurilishi tugallanmagan bino va inshootga bo‘lgan mulk huquqi ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
37. O‘zboshimchalik bilan qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlar, shuningdek, qurilish davrida foydalanish uchun qurilgan vaqtinchalik imoratlarga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi, qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno.
38. Yuridik va jismoniy shaxslarning mulki bo‘lgan binolar va inshootlar yuridik shaxslarning ustav fondiga kiritilgan taqdirda, ushbu bino va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi yuridik shaxslar nomiga ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Korxonaga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi order asosida mazkur xususiylashtirilgan korxonaning quyidagi ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqi (qonunga muvofiq xususiylashtirilmaydigan obyektlar bundan mustasno) davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi:
xususiylashtirilgan korxonalardagi davlat mulkini xususiylashtirishda aniqlanmagan ko‘chmas mulk;
xususiylashtirishda tasarruf etish huquqisiz foydalanishga berilgan, korxona hududida joylashgan ko‘chmas mulk.
39. Bino va inshootlarga mulk huquqining vujudga kelishini va boshqa shaxsga o‘tishini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi;
notarial tartibda tasdiqlangan bino, inshootning oldi-sotdi shartnomasi;
Oldingi tahrirga qarang.
bino va inshoot bo‘yicha topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bilan birga oldi-sotdi shartnomasi;
(39-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
korxonaning topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bilan birga notarial tartibda tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasi;
Oldingi tahrirga qarang.
lizing shartnomasi;
(39-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
bino, inshoot, turar joyni hadya etish to‘g‘risidagi notarial tartibda tasdiqlangan shartnoma;
bino, inshoot, turar joyni ayirboshlash to‘g‘risidagi notarial tartibda tasdiqlangan shartnoma;
turar joyni boshqa shaxsga renta to‘lovi sharti bilan o‘tkazilishi nazarda tutiladigan notarial tartibda tasdiqlangan renta shartnomasi;
Oldingi tahrirga qarang.
xususiylashtirilgan davlat binosi, inshooti, turar joyini mulk huquqini beruvchi davlat orderi;
(39-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
notarial tartibda tasdiqlangan meros qilib olish huquqi va er-xotinlarning umumiy mulki bo‘lgan bino, inshootning tegishli qismiga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
ko‘chmas mulk obyektini yuridik shaxslarning ustav jamg‘armasiga ulush sifatida berish (turar joy obyekti bo‘lsa, notarial tasdiqlangan) shartnomasi;
(39-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ko‘chmas mulk obyektini muassisga uning ulushini qaytarib berish (turar joy obyekti bo‘lsa, notarial tasdiqlangan) sifatida shartnomasi;
(39-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda ko‘chmas mulk obyektini realizatsiya qilish bo‘yicha auksion natijalari haqida bayonnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
tuman (shahar) qurilish bo‘limlarining turarjoyni noturarjoy toifasiga o‘tkazishga ruxsati;
(39-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
tuman (shahar) qurilish bo‘limining noturar joy binosini turarjoy toifasiga o‘tkazishga ruxsati;
sud qarori yoki davlat ijrochisining qarori yoxud davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan undiruvchi va qarzdor o‘rtasida tuzilgan bino va inshootni berish dalolatnomasi.
Xorijiy yuridik yoki jismoniy shaxsning mulki bo‘lgan binolar va inshootlar sotilgan taqdirda binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish binolar va inshootlarni sotishdan olingan daromadlar bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i yoki jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi, binolar va inshootlar O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuridik shaxsga sotilgan hollar bundan mustasno.
Binolar va inshootlarni sotishdan olingan daromadlar bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i yoki jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘langanligi to‘g‘risidagi axborot soliq organlari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga axborot-kommunikatsiya tizimi orqali bir kunlik muddatda taqdim etiladi.
40. O‘zbekiston SSRning qonun hujjatlari amal qilgan davrda bunyod etilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
davlat hokimiyati organlarining kapital qurilish va keyinchalik foydalanish uchun yer uchastkalarini muddatsiz foydalanishga berish to‘g‘risidagi qarorlari;
vakolatli organlarning binolar va inshootlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi hujjatlari, qarorlari, farmoyishlari;
oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, mulkni bo‘lish, ko‘chmas mulkni umrbod ta’minlash sharti bilan boshqaga o‘tkazish, imorat solish, shaxsiy mulk huquqida uylarni qurish uchun yer uchastkalari berish, yakka tartibdagi imorat soluvchilar uy-joy-qurilishi jamoalariga uylarni qurish uchun yer uchastkalari berish, er-xotin o‘rtasida uylarni bo‘lish to‘g‘risida notarial tasdiqlangan shartnomalar;
shahar va tuman Xalq deputatlari kengashlari ijroiya qo‘mitalarining imoratlarga bo‘lgan mulk huquqini tan olish (mavjud hujjatlar asosida) to‘g‘risidagi qarorlari;
umumiy mulk bo‘lgan imoratning tegishli ulushiga bo‘lgan meros qilib olish huquqi to‘g‘risidagi va mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnomalar hamda uy kimoshdi savdosida xarid qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar;
binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari va ajrimlari;
Oldingi tahrirga qarang.
shartnomalarning dublikatlari, nusxalari yoki oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan boshqaga o‘tkazish bitimlari amalga oshirilganligi, shuningdek, meros qilib olish to‘g‘risidagi guvohnoma hamda binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqining boshqaga o‘tganligini belgilovchi boshqa notarial hujjatlar berilganligi haqidagi notariuslarning reyestrlaridan ko‘chirmalar.
(40-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 1-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2020-y., 09/20/195/0391-son)
41. Binolar va inshootlarga bo‘lgan xo‘jalik yuritish huquqini va operativ boshqarish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
vakolatli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining davlat tashkilotlarini tashkil etish va ularga ko‘chmas mulkni xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqida berish haqidagi qarorlari;
vakolatli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining binolar va inshootlarni muayyan davlat korxonalari hamda muassasalariga berish to‘g‘risidagi qarorlari;
muassislarning binolar va inshootlarni ular tomonidan tashkil etiladigan muassasalarga berish to‘g‘risidagi qarorlari.
Moddiy-madaniy meros obyektlariga bo‘lgan huquqlar qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
42. Binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqining cheklanishini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
binolar va inshootlar xatlab qo‘yilgani to‘g‘risidagi xabarnoma;
binolar va inshootlarning boshqa shaxsga o‘tkazilishini taqiqlash to‘g‘risidagi xabarnoma;
binolar va inshootlar ipotekasi to‘g‘risidagi shartnoma.
Oldingi tahrirga qarang.
tasarruf etish huquqisiz berilgan davlat orderi;
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Huquqlarning cheklanishi binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Reyestrga kiritish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
43. Binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqining va boshqa ashyoviy huquqlarning bekor qilinishini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga oluvchi organlarning yuridik shaxs Korxonalar va tashkilotlar yagona reyestridan chiqarilgani haqidagi ma’lumotlari;
tegishli joylardagi davlat hokimiyati organlarining yer uchastkalarini ularda joylashgan binolar va inshootlar bilan birga jamoat va davlat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish va berish to‘g‘risidagi qarorlari;
bino va inshootlarni, turar joylarni oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, turar joyni renta to‘lash sharti bilan boshqa shaxsga o‘tishi nazarda tutilgan, notarial tasdiqlangan shartnomalar;
mulkdor yoki boshqa vakolatli organlarning binolar va inshootlarga bo‘lgan xo‘jalik yuritish huquqini hamda operativ boshqarish huquqini bekor qilish to‘g‘risidagi qarori;
mulkdorning bino va inshootni buzib tashlash va balansdan chiqarish to‘g‘risidagi qarori;
bino va inshootning tabiiy ofatlar natijasida barham topganini tasdiqlovchi hujjatlar;
sud qarori yoki davlat ijrochisining qarori yoxud undiruvchi va qarzdor o‘rtasida bino va inshootni berish to‘g‘risida davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma.
Huquqning bekor bo‘lishi binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarning bekor bo‘lgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Reyestrga kiritish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
44. Ushbu Nizomning 38 — 41-bandlarida ko‘rsatilgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, shuningdek, taqdim etilgan hujjatlarning haqiqiyligi yoki to‘g‘riligi haqida shubha tug‘ilgan hollarda bino, inshootga bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq masalasi sud tartibida hal etiladi.
45. Bir nechta yuridik va jismoniy shaxslarga umumiy ulushli mulk huquqida tegishli bo‘lgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlar mulkdorlar nomiga huquq belgilovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan ulushlarda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Agar, ulushli mulk huquqi ishtirokchilari o‘zaro kelishuv bo‘yicha umumiy bino va inshootning (xonalardan, kvartiralardan va h.k.) alohida qismlaridan (xonalardan), o‘zlarining ulushlariga muvofiq ravishda foydalanish tartibini belgilagan bo‘lsalar va bu kelishuv notarial tasdiqlangan bo‘lsa, u holda bunday kelishuv ularning murojaati bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
46. Huquq belgilovchi hujjatlar sud tomonidan bedarak yo‘qolgan yoki o‘lgan deb topilgan mulkdorlarning oila a’zolari yoki merosxo‘rlari tomonidan taqdim etilgan hollarda, binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlar ularga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risidagi taqdim etilgan hujjatlarga muvofiq meros qilib olish tartibida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
47. Binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini va boshqa ashyoviy huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Reyestrga ushbu obyektlarga bo‘lgan muayyan yuridik va jismoniy shaxsning tegishli huquqlari to‘g‘risida yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi.
5-bob. Ko‘p yillik ekinlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xususiyatlari
48. Yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘p yillik ekinlarga bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
49. Qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari) va fermer xo‘jaliklari uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalarida ijaraga beruvchining ruxsati bilan o‘z mablag‘lari hisobiga ularning mulki bo‘lgan ko‘p yillik daraxtlarni, o‘rmon daraxtlarini ham ekish huquqiga egadirlar va ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
50. Ijarachi agar shartnomada yerlarni bog‘dorchilik, uzumchilik, tutchilik yoki ko‘p yillik daraxtlar ekish bilan bog‘liq boshqa faoliyatni amalga oshirish nazarda tutilgan bo‘lsa, mustaqil ravishda ko‘p yillik daraxtlar ekish huquqiga ega.
Agar ijaraga olingan yer uchastkasida ijaraga beruvchining ruxsati bilan ko‘p yillik daraxtlar ekilgan bo‘lsa, unda shartnoma muddati o‘tishi yoki uni muddatidan oldin bekor qilinganda ijarachi ushbu maqsad uchun amalga oshirilgan xarajatlarni qoplashni talab qilish (shartnomada boshqacha tartib ko‘zda tutilmagan bo‘lsa) huquqiga ega.
Ijaraga olingan yer uchastkasida ijaraga beruvchining ruxsatisiz ekilgan ko‘p yillik daraxtlar shartnomaning muddati o‘tganda yoki u bekor qilinganda ijaraga beruvchiga bepul o‘tadi.
51. Quyidagi ko‘p yillik daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi:
ko‘chatzorlardagi ko‘chatlar;
yuridik shaxslarning balansiga olinmagan hamda hosilga kirmagan va foydalanishga qabul qilinmagan ko‘p yillik daraxtlar;
ko‘p yillik butazorlar va rezavor o‘simliklar;
o‘rmon xo‘jaliklari va boshqa o‘rmon xo‘jaligi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining o‘rmonlari va ko‘p yillik daraxtlari;
ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining ko‘p yillik daraxtlari;
aholi punktlari, shuningdek tashkilotlarning yerlarini ko‘kalamzorlashtirish maqsadida o‘stirilgan ko‘p yillik daraxtlar;
uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalarida ijaraga beruvchining ruxsatisiz o‘stirilgan ko‘p yillik daraxtlar;
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkasiga bo‘lgan huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganda.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qaroriga asosan to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
52. Quyidagilar:
qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi kooperativlarining (shirkat xo‘jaliklarining) bog‘ va tokzorlarini fuqarolarga fermer xo‘jaligi tashkil etish uchun auksion asosida sotish to‘g‘risidagi komissiya bayonnomasi hamda tuman (shahar) hokimi va ijarachi o‘rtasida tuzilgan shartnoma;
bog‘dorchilikka, uzumchilikka, tutchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi tashkil qilish uchun yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga berish to‘g‘risida tuman (shahar) hokimi va ijarachi o‘rtasida tuzilgan shartnoma;
bog‘dorchilikka, uzumchilikka, tutchilikka ixtisoslashmagan fermer xo‘jaligi tashkil qilish uchun yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga berish to‘g‘risida tuman (shahar) hokimi va ijarachi o‘rtasida tuzilgan va ko‘p yillik ekinlar ekishga ruxsat berilgan shartnoma;
yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga berish to‘g‘risidagi shartnomaga ko‘p yillik daraxtlar o‘tqazish huquqini berish to‘g‘risida tuzilgan qo‘shimcha bitim;
sotuvchi va sotib oluvchi o‘rtasida yozma ravishda tuzilgan ko‘p yillik ekinlarning oldi-sotdi shartnomasi va tuman (shahar) hokimining yer uchastkasini ko‘p yillik daraxtlarni sotib oluvchiga qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi qarori;
tegishli davlat organining bog‘dorchilikka, uzumchilikka va tutchilikka ixtisoslashgan hamda ko‘p yillik ekinlar ekish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatni yuritish uchun yer uchastkalarini berish to‘g‘risidagi qarorlari;
sud qarori yoki davlat ijrochisi qarori yoxud davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan undiruvchi va qarzdor o‘rtasida tuzilgan ko‘p yillik ekinlarni berish dalolatnomasi ko‘p yillik ekinlarga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.
Yakka tartibda uy-joy qurish, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaligini yuritish va jamoat bog‘dorchiligi va uzumchilik xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalarida o‘stirilgan ko‘p yillik ekinlarga bo‘lgan mulk huquqi joylardagi davlat hokimiyati organlarining ushbu maqsadlar uchun yer uchastkalari berish to‘g‘risidagi qarorlariga asosan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
53. Ko‘p yillik ekinlarga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Reyestrga ko‘chmas mulkning mustaqil turi sifatida ekinlarning turi va sonini ko‘rsatgan holda kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
6-bob. Ipoteka, bino va inshootlar, shuningdek, yer uchastkasiga bo‘lgan ashyoviy huquqlar ipotekasi to‘g‘risidagi shartnomalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
54. Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi kerak (bundan birlamchi bozordan olinadigan ko‘chmas mulk olish chog‘idagi ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma mustasno) va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
(54-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 1-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2020-y., 09/20/195/0391-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya Milliy markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran tuzilgan deb hisoblanadi va kuchga kiradi.
(54-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Ipoteka to‘g‘risidagi shartnomani notarial tartibda tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalariga rioya etmaslik uning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. Bunday shartnoma haqiqiy hisoblanmaydi.
Ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Reyestrga tegishli yozuvni kiritish yo‘li bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma ipotekani shartnoma asosidagi davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos hisoblanadi.
Qonun asosidagi ipotekani vujudga keltiradigan kredit shartnomasi yoki qarz shartnomasi qonun asosidagi ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos hisoblanadi. Qonun asosidagi ipoteka alohida ariza bermasdan hamda ro‘yxatga olish uchun yig‘im to‘lamasdan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
55. Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma asosida vujudga keladigan ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda notarial idoralar va tijorat banklari tomonidan Markazga elektron shaklda tuzilgan ipoteka shartnomasi haqida axborot taqdim etiladi.
Markaz ipoteka to‘g‘risidagi shartnomani yuridik va jismoniy shaxslar arizalari, shuningdek notarial idoralar va tijorat banklari tomonidan elektron shaklda tuzilgan qonun asosida ipoteka shartnomasi haqida axborotlar asosida ro‘yxatga oladi va ipoteka taqiqi qo‘yadi.
2020-yil 1-yanvardan boshlab, qarz oluvchining qurilgan uy-joyga mulk huquqini hamda qonun asosidagi ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlarda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni ta’minlash, shuningdek, uy-joyga bo‘lgan ro‘yxatdan o‘tkazilgan mulk huquqi haqidagi hujjatning va kredit shartnomasining nusxalarini qonun asosidagi ipoteka davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida shtamp bosilgan holda bankka taqdim etish majburiyati bekor qilinadi.
(55-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Oldingi tahrirga qarang.
56. Ipoteka to‘g‘risidagi shartnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ariza Markaz tomonidan ko‘rib chiqish uchun qabul qilingan kundan boshlab bir kun mobaynida amalga oshiriladi.
Markaz tomonidan Reyestrga ipoteka shartnomasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida yozuv amalga oshirilgan sana ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma davlat ro‘yxatiga olingan kun hisoblanadi.
(56-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
57. Agar, ipoteka to‘g‘risidagi shartnomada ipotekaga oluvchining huquqlari garov xati bilan tasdiqlanishi nazarda tutilgan bo‘lsa, bu to‘g‘rida Reyestrda ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Bunda Reyestrga “Garov xati berilgan” so‘zlari kiritiladi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar tomonidan garov xatini dastlabki ipotekaga oluvchiga berish sanasi ko‘rsatiladi.
58. Ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning amalga oshirilganligini tasdiqlash maqsadida ariza beruvchiga Reyestrdan ko‘chirma beriladi.
59. Ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat mazmuni navbatdagi ipoteka bilan o‘zgartirilganda, shuningdek ipoteka predmetiga bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar bu mulkning haq evaziga yoxud haq olmasdan tasarrufdan chiqarilishi natijasida yoki universal huquqiy vorislik tartibida ipotekaga qo‘yuvchidan boshqa shaxsga o‘tkazilganida ipoteka qo‘shimcha ravishda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Mazkur talabning bajarilmasligi ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatda amalga oshirilgan o‘zgarishlar haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
60. Markaz ipotekani qo‘shimcha ravishda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda quyidagilarni amalga oshiradi:
(60-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Reyestrga shartnoma, ipoteka to‘g‘risida yozuvlar ipoteka shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasi va tartib raqami, ko‘chmas mulk obyektiga nisbatan yangi egalik qiluvchining huquqlarini tasdiqlovchi hujjat (oldi-sotdi, hadya shartnomalari, merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma va h. k.) rekvizitlarini kiritadi;
Reyestrning tegishli ustunlarida dastlabki ipotekaga qo‘yuvchining huquqlarini cheklash (ularga shartlar belgilash) to‘g‘risidagi avvalgi yozuvlar belgilangan tartibda, ipoteka to‘g‘risidagi yangi yozuv inobatga olingan holda o‘zgartiriladi.
61. Ipotekaga qo‘yuvchi va ipotekaga oluvchi tomonidan nobud bo‘lgan yoki shikastlangan ko‘chmas mulk obyektini tiklash yoki almashtirish to‘g‘risida bitim tuzilganda Reyestriga ushbu bitim rekvizitlari kiritiladi va avvalgi yozuvlar belgilangan tartibda bekor qilinadi.
62. Qonun asosidagi ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, qaysi shaxsning huquqlari ipoteka bilan cheklangan bo‘lsa, shu shaxsning mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Qonun asosidagi ipoteka bo‘yicha ipotekaga oluvchining huquqlari garov xati bilan tasdiqlanishi mumkin.
63. Qonun asosidagi ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda Reyestrning tegishli ustunlariga yozuvlar kiritiladi.
64. Agar bitta ko‘chmas mulk obyekti bir nechta ipotekaga oluvchilarda qonun asosidagi ipotekada bo‘lsa, u holda Reyestrga ipoteka davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida tegishli yozuv kiritiladi.
65. Qonun asosidagi ipotekaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlash maqsadida ariza beruvchiga Reyestrdan ko‘chirma beriladi.
66. Bir majburiyat bajarilishini ta’minlash uchun ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulk obyekti (oldingi ipoteka) shu yoki boshqa qarzdorning boshqa majburiyati bajarilishini ta’minlash uchun o‘sha ipotekaga oluvchining o‘ziga yoxud boshqa ipotekaga oluvchiga garovga berilishi mumkin (navbatdagi ipoteka).
67. Keyingi ipotekaga ayni ushbu ko‘chmas mulk obyektining oldingi ipotekalari to‘g‘risidagi barcha qayd yozuvlari haqida belgi qo‘yiladi.
Bunda ariza beruvchiga keyingi ipotekani ko‘rsatgan holda Reyestrdan ko‘chirma beriladi.
68. Navbatdagi ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Reyestrga mazkur ko‘chmas mulk obyektining oldingi ipotekalari to‘g‘risida yozuvlar bo‘lgan tegishli ustunlariga “Navbatdagi ipoteka” so‘zlarini kiritish orqali amalga oshiriladi.
69. Ipotekaga oluvchining ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat bo‘yicha va ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha huquqlari, qonun hujjatlarida boshqacha tartib o‘rnatilmagan bo‘lsa, garov xati bilan tasdiqlanishi mumkin.
70. Ipoteka davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin garov xati davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan ipotekaga qo‘yuvchi bilan ipotekaga oluvchi ishtirokida rasmiylashtiriladi va dastlabki ipotekaga oluvchiga beriladi.
Garov xatining barcha varaqlari bir butun hujjatni tashkil qiladi, ular raqamlanishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organning muhri bilan tasdiqlanishi lozim.
71. Garov xati bekor qilingan va shu bilan bir vaqtda yangi garov xati berilgan taqdirda, ipotekaga qo‘yuvchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va bu haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi ariza bilan birga yangi garov xatini beradi, ushbu garov xati ipotekaga oluvchiga uning qonuniy egaligida turgan garov xati o‘rniga topshiriladi.
72. Garov xatining mazmuni ipoteka to‘g‘risidagi shartnomaga yoki ipoteka bilan ta’minlangan shartnomaga majburiyatga muvofiq kelmasa, amaldagi garov xati ipotekaga qo‘yuvchi tomonidan bekor qilinadi va yangi garov xati tuziladi, u rasmiylashtirish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga beriladi.
73. Yangi garov xati ipotekaga qo‘yuvchi tomonidan kiritiladigan ma’lumotlardan tashqari, yangi garov xati berilgan sanani o‘z ichiga olishi, unda davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan garov xati ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqida belgi qo‘yilishi va muhr bilan tasdiqlanishi lozim.
74. Bekor qilingan garov xati birinchi varag‘ining old tomoniga ro‘yxatdan o‘tkazish yozuvini bekor qilish haqida “Bekor qilindi” shtampi bosiladi, unda bekor qilingan garov xatining bekor qilish sanasiga mos keladigan sana, davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ rahbarining familiyasi, ismi va otasi ismining bosh harflari va imzosi ko‘rsatiladi va muhr bilan tasdiqlanadi.
Bekor qilingan garov xati davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ipoteka to‘g‘risidagi ro‘yxatdan o‘tkazish yozuvini Reyestrdan chiqarib tashlash vaqtigacha saqlanadi.
75. Garov xati yo‘qolgan taqdirda ipotekaga qo‘yuvchi tomonidan garov xatining dublikati tuziladi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga garov dublikatini rasmiylashtirish uchun topshiriladi, rasmiylashtirish bir kun mobaynida amalga oshiriladi.
76. Garov xatining mazmuni o‘zgargan taqdirda uning egasi yangi garov xatini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga murojaat qilishi kerak.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ garov xati mazmunining o‘zgargani to‘g‘risidagi bitim davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani haqidagi yozuvni Reyestrga kiritadi.
77. Garov xatining mazmunini o‘zgartirish to‘g‘risidagi bitimning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani bitimga hujjatlardagi ro‘yxatdan o‘tkazilganlik ustxati shtampi bosish yo‘li bilan tasdiqlanadi, unda “Davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi” so‘zlaridan oldin “Garov xatining mazmunini o‘zgartirish to‘g‘risidagi bitim” so‘zlari ko‘rsatiladi.
78. Garov xatining ajralmas qismi bo‘lgan mazmunini o‘zgartirish to‘g‘risidagi bitimning asl nusxasi garov xatiga ilova qilinadi va unga tikiladi.
79. Garov xatining qonuniy egasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organdan o‘zining ipotekaga oluvchi sifatida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishini talab qilishga haqlidir.
80. Garov xatining qonuniy egasi bir ish kuni mobaynida quyidagilar asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi:
garov xati bo‘yicha huquqni belgilangan tartibda boshqa shaxsga o‘tkazish hamda garov xatiga belgi qo‘yish asosida, agar bunday yozuvni kiritgan shaxs garov xatining qonuniy egasi yoki ipotekaga oluvchi bo‘lsa, garovga o‘tkazishga doir maxsus yozuv uning nomiga yozilgan va garov xatini belgilangan tartibda sotgan bo‘lsa;
garov xati bo‘yicha huquqlar yuridik shaxs qayta tashkil etilganligi natijasida yoki meros tartibida boshqa shaxslarga o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
garov xati bo‘yicha huquqlar ariza beruvchiga tegishli deb topilgani to‘g‘risidagi sud qarori asosida.
81. Garov xatining qonuniy egasini ro‘yxatdan o‘tkazish Reyestrning dastlabki ipotekaga oluvchi yoki garov xatining oldingi qonuniy egasi ko‘rsatilgan ustuniga garov xatining yangi qonuniy egasi to‘g‘risida yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi. Reyestrdagi oldingi yozuv belgilangan tartibda bekor qilinadi.
82. Garov xatining egasiga Reyestrga tegishli ro‘yxatdan o‘tkazish yozuvi kiritilganligini tasdiqlash maqsadida uning arizasi asosida belgilangan tartibda Reyestrdan ko‘chirma berilishi mumkin.
Bunda ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquq cheklovlari (shartlari) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirishda mazkur ko‘chirmaga ipoteka ko‘rsatilgandan so‘ng “Garov xatining qonuniy egasi” so‘zlari va yangi ipotekaga oluvchi (garov xatining yangi qonuniy egasi) to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlar kiritiladi.
83. Garov xatining garovini Reyestrga tegishli yozuvlar kiritish orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
7-bob. Reyestrdan ko‘chirmalarni tayyorlash tartibi
84. Yuridik va jismoniy shaxslar Reyestrdan ko‘chirmalarni elektron shaklda Davlat xizmatlarining yagona portali yoki O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi rasmiy saytidan olishlari mumkin.
85. Bitta yer uchastkasida joylashgan alohida binolar va inshootlar yoxud ularning bir qismi boshqa shaxslarga o‘tkazilganda, notarial idoralar so‘rovi bo‘yicha Reyestrdan ko‘chirma tayyorlashdan oldin ikki ish kuni mobaynida joyga chiqib boshqa shaxslarga o‘tkazilayotgan binolar, inshootlar yoki ularning bir qismi tarkibi aniqlanadi, shundan so‘ng mazkur bobda belgilangan tartibda Reyestrdan tegishli ko‘chirma tayyorlanadi.
86. Yuridik va jismoniy shaxslarda Reyestrda ro‘yxatga olingan huquqlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ro‘yxatdan o‘tkazilgan ko‘chmas mulk obyektining yo‘qligi haqida Reyestrdan ko‘chirma beriladi, bu ko‘chirma yuridik yoki jismoniy shaxsda ko‘chmas mulk obyekti yo‘qligining tasdig‘i (ma’lumotnoma) bo‘lib xizmat qiladi.
87. Ko‘chirmada:
davlat yer kadastrida hamda binolar va inshootlar davlat kadastrida mavjud ko‘chmas mulk obyektining texnik parametrlari haqida;
ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquq egalari haqida;
Reyestrda mavjud ro‘yxatga olingan huquqlar haqida;
sudlar, tergov organlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi haqida, sanani, qaysi hujjat asosida va qaysi organ tomonidan taqiqlar yoki xatlov qo‘yilganini, shuningdek, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish sanasi va raqamini ko‘rsatgan holda;
ipoteka hamda binolar va inshootlar ipotekasi shartnomasini, shuningdek yer uchastkalariga bo‘lgan ashyoviy huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish haqida;
yer uchastkasiga bo‘lgan servitutning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida;
binolar va imoratlar yoki ularning qismlari ijarasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida;
joylardagi davlat hokimiyati organlarining qarori bo‘yicha mo‘ljallanayotgan bino, inshootni buzish haqidagi ma’lumotlar aks ettiriladi.
88. Vakolatli davlat organlari, huquq egalari yoxud huquq egasining ishonchnomasi asosida harakat qiluvchi shaxslar murojaatlari bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga huquqlarni belgilovchi va texnik hujjatlarning nusxalari berilishi mumkin.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
89. Yuridik va jismoniy shaxslar ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan taqdirda, davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ va Markazning qarori yuzasidan sud tartibida shikoyat qilish huquqiga egadirlar.
(89-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
90. Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi nizolar:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalari huzuridagi komissiyalar tomonidan, ariza beruvchi ularning xulosalaridan norozi bo‘lgan hollarda — O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi huzuridagi komissiya tomonidan;
sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
91. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar davlat reyestri