9.
|
Litsenziya talablari va shartlari:
|
a) dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishda ularning narxini davlat tomonidan tartibga solishning belgilangan tartibiga rioya qilish;*
b) dori vositalari va tibbiy buyumlarni muvofiqlik sertifikatlarisiz saqlash va (yoki) realizatsiya qilish, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan, sifatsiz, qalbakilashtirilgan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini saqlash va (yoki) realizatsiya qilish, dori vositalari va tibbiy buyumlarning farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan realizatsiya qilinishiga, faoliyatni litsenziyada ko‘rsatilmagan manzilda amalga oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik;*
v) dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga majburiy rioya etish;
g) yuridik shaxs shtatida kamida bir xodim — oliy farmatsevtik yoki oliy farmatsevtika ta’lim muassasasida maxsus tayyorlov kursini tugatgan oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan, qonunchilik hujjatlarining aniqlangan buzilishi, shu jumladan, dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini belgilash tartibi qo‘pol buzilganligi oqibatida litsenziyasining amal qilishi bekor bo‘lgan dorixonalarning xodimlari reyestriga kiritilmagan dorixona mudirining mavjudligi;*
d) litsenziat tomonidan dorixona filiali ochilishida — yuridik shaxs shtatida kamida bir xodim — oliy farmatsevtik ma’lum�tga yoki farmatsevt assistenti (yordamchisi) ixtisosligi bo‘yicha o‘rta maxsus kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan dorixona filiali mudirining mavjudligi;*
e) dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini belgilash tartibi qo‘pol buzilganligi oqibatida litsenziyasining amal qilishi bekor bo‘lgan dorixonalarning xodimlari reyestriga kiritilmagan shaxslardan dorixona va dorixona filiali xodimlari tarkibini shakllantirish;
j) belgilangan tartibda dorixona va/yoki dorixona filiali mudiri malakasini oshirish;
z) dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana sotish uchun mo‘ljallangan, egalik qilish huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq (ijara shartnomasi va boshqalar) asosda tegishli bo‘lgan, qonunchilik hujjatlarining aniqlangan buzilishi, shu jumladan, dori vositalari va tibbiyot buyumlarining narxini belgilash tartibi qo‘pol buzilganligi oqibatida litsenziyasining amal qilishi bekor bo‘lgan dorixona, dorixona filialining manzillari reyestriga kiritilmagan bino (xonalar)ning mavjudligi;
i) dorixona mudiri o‘zgarishi, dorixona filiali mudiri o‘zgarishi, dorixona filiali yopilishi haqida mazkur holat yuz bergandan so‘ng o‘n kun muddatda litsenziyalovchi organga xabarnoma yuborish;
y) dori vositalari va tibbiy buyumlarni realizatsiya qilish jarayonini uzluksiz ravishda videoga yozib olish va bir oy davomida video-yozuvlarni saqlash (qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari hududida joylashgan dorixonalar va ularning filiallari bundan mustasno);
k) dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishda nazorat kassa-mashinasi hamda to‘lov terminallaridan foydalanish talablariga rioya etish;
l) dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun binoga (xonaga) qo‘yiladigan talablar:
dorixona va uning filiallari alohida binolarda (faqat birinchi qavatda), turar joy binolari yoki noturar joy xonalariga taqab qurilgan binolarga (faqat birinchi qavatda) qurilgan binolarda yoki ko‘p qavatli jamoat binolari va turar joy binolarining birinchi qavatida joylashtirilishi mumkin;
dorixona va ularning filiallari turar joy binolari va jamoat binolarining birinchi qavatida joylashganda, ular dorixonaga tashrif qiluvchilar uchun alohida ko‘chadan kirish eshigi hamda tovarlarni qabul qilish va bo‘sh idishlarni olib ketish uchun mo‘ljallangan, hovli tomonga qaratilgan xizmat eshigi bo‘lishi kerak;
dorixona xonalari ishlab chiqarish (tovarlarni qabul qilish, tayyorlash, saqlash va berishga jalb etilgan barcha xonalar) va ma’muriy-maishiy (idora, kiyinish xonasi, hojatxona va shu kabilar) xonalarga bo‘linadi;
dorixona va uning filiallari xonalarining minimal zarur tarkibi va maydoni:
|