30Конун устуворлигини таъминлаш механизмларининг ишлаб чикилиши.
Huquqiy demokratiyaga asoslangan jamiyatda qonun ustuvorligi prinsipini ta’minlovchi asosiy shartlar quyidagilardan iborat.
Birinchidan, hokimiyatlar bo‘linishi prinsipining real joriy etilganligi. Bu prinsipga ko‘ra qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati bo‘g‘inlari o‘zlarining Konstitutsiyada va qonunda belgilangan vakolatlari doirasida faoliyat yuritadilar.
Konstitutsiya va qonunlarga nafaqat fuqarolar, uni qo‘llovchi davlat idoralari va mansabdor shaxslar ham, shuningdek, qonunlarni yaratuvchi hokimiyat organi ham itoat etishga majbur. Hokimiyatlarning oqilona taqsimlanishi davlat tuzilmalarining samarali ishlashi, suiste’mollarning bartaraf etilishi, inson huquq va erkinliklari amalda ta’minlanishi, umuman, demokratiya va qonun ustuvorligining muhim garovidir.
Ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93- moddasining birinchi bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiya va qonunlariga rioya etilishining kafilidir. Prezident o‘z farmonlari va huquqiy qarorlari bilan Konstitutsiyaviy tamoyillarning qonunlarda mustahkamlangan qoidalarining hayotga to‘la joriy etilishi uchun yo‘l ochadi, tegishli huquqiy mexanizmlarni yaratadi. Prezidentning o‘zi qonunlarga qat’iy amal qilishi bilan davlat idoralari va mutasaddi shaxslar uchun ibrat, namuna ko‘rsatib, ularni ham Konstitutsiya va qonunlarga og‘ishmay rioya etishga safarbar etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2002 yilning 4 yanvarida “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida” farmoyish qabul qilinganligi jamiyatda aholining huquqiy bilimdonligi va madaniyatini oshirish bilan birga Konstitutsiyaning mavqei va nufuzini ko‘tarishga qaratilgan siyosiy-huquqiy tadbirda aytilgan
31.Erkin saylovlar fuqarolik jamiyatining asosiy belgisi. Saylov tushunchasi va turlari
O’zbekistonda “Saylov kodeksi”ni kabul kilish zaruriyati.1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatimiz saylov tizimining mustahkam huquqiy negizidir. Uning 117-moddasida «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o‘z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi.Saylovlar umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasining o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar» degan muhim konstitutsiyaviy norma mustahkamlab qo‘yilgan.1994 yilning 5 mayida qabul qilingan «Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonun milliy saylov tizimida va fuqarolarning saylov huquqlarini to‘liq ta’minlashda prinsipial ahamiyatga ega. Ushbu qonunning 1-moddasiga ko‘ra «O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bu huquq fuqarolarning referendumlarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida va hokimiyatning vakillik organlari saylovida qatnashishi orqali amalga oshiriladi». Mazkur qoida fuqarolarning demokratik huquqiy davlatga xos bo‘lgan siyosiy huquqlaridan biri — davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda bevosita va bilvosita ishtirok etish huquqlarini nazarda tutadi. YA’ni, «Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir» degan konstitutsiyaviy normaning mantiqiy davomi sanaladi.Qonunning 2-moddasida O‘zbekiston fuqarolarining Konstitutsiya, ushbu qonun va boshqa qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan saylov huquqlari davlat muhofazasida ekanligi belgilangan.SHuningdek, ushbu norma Konstitutsiyaning 43-moddasidagi davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi degan qoidani yanada rivojlantiradi. CHunki fuqarolar saylov huquqlarining to‘liq va qonuniy asoslarda ta’minlanishidan davlatning o‘zi manfaatdordir. Bu bilan yuqorida ta’kidlangan xalq hokimiyatchiligi tamoyili o‘zining amaliy ifodasini topadi.Bundan tashqari, ushbu normada saylovga oid xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan norma va qoidalarida mustahkamlangan huquqlarni himoya qilish bilan bog‘liq kafolatlar ham ko‘zda tutilgan. Masalan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 21-moddasi 3-bandida «Xalq irodasi hukumat hokimiyatining negizi bo‘lmog‘i lozim, bu iroda vaqti-vaqti bilan o‘tkaziladigan va soxtalashtirilmagan saylovlarda o‘z aksini topishi, ushbu saylov yalpi va teng saylov tamoyili asosida yashirin ovoz berish usulida yoki erkinlikni ta’minlaydigan boshqa maqbul shakllar vositasida o‘tkazilishi kerak» deb mustahkamlab qo‘yilgan.SHuningdek, 1966 yilda qabul qilingan «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida»gi xalqaro paktning 25-moddasida «Har bir fuqaro hech bir kamsitishlarsiz va asoslanmagan cheklashlarsiz quyidagi huquq hamda imkoniyatlarga ega bo‘lishi, ya’ni ham bevosita, ham erkin saylangan vakillar orqali davlat ishlarini boshqarishda qatnashish; yalpi va teng saylov huquqi asosida, yashirin ovoz berish orqali o‘tkaziladigan va saylovlarning erkin holdagi xohish-irodasini ta’minlovchi chinakam davriy saylovda ovoz berish va saylanish; o‘z mamlakatida umumiy shartlarda davlat xizmatiga kirishda tenglikka yo‘l qo‘yish» degan qoidalar o‘z aksini topgan.Fuqarolarning saylov huquqlarini muhofaza qilish vazifasi O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq davlat organlari va ularning mansabdor shaxslariga yuklatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |