110. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash.Millatlararo totuvlik g‘oyasi — umumbashariy qadriyat bo‘lib, turli xil xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotini belgilaydi, shu joydagi tinchlik va barqarorlikning kafolati bo‘lib xizmat qiladi. Dunyodagi barcha davlatlar aholisi milliy tarkibiga ko‘ra 2 guruhga bo‘linadi. Birinchisi monoetnik (aholisi asosan bir millat vakillaridan iborat) va ikkinchisi polietnik (ko‘pmillatli) davlatlardiO‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 8-moddasida "O‘zbekiston xalqini millatidan qat’iy nazar O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi", deb aniq belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyasining 4-moddasida esa "O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini taminlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi", deyilgan.O‘zbekistonda yashab faoliyat ko‘rsatayotgan turli din vakillarining ma’naviy dunyosi, e’tiqod erkinligi uchun istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab keng yo‘l ochildi. YOsh davlatimiz din ma’naviy-madaniy haetning uzviy qismi ekanidan kelib chiqib, unga bo‘lgan munosabatni tubdan o‘zgartirdi. Mamlakatimiz rahbari dinga bo‘lgan yangicha munosabatni «dunyoviylik-dahriylik emas» degan tamoyil asosida aniq va ravon belgilab berdi. 1998 yilda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar» to‘g‘risidagi qonun yangi tahrirda qabul qilinib, davlat va din munosabatlari qonuniy tartibga solindi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 31-moddasida "Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan diniga e’tiqod qilishi yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaelik huquqiga ega. Diniy karashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi", deb yozib qo‘yilgan. Demak, dinga e’tiqod qilish yoki qilmaslik har kimning shaxsiy ishidir.
O‘zbekistondagi barqarorlikni hamda davlat va jamiyat taraqqiysini mamlakatda istiqomat qiladigan 130dan ortiq millat va elatning o‘zaro totuvligisiz, rasman ro‘yxatdan o‘tgan 16 diniy konfessiya vakillari o‘rtasida bag‘rikenglik munosabatlarisiz tasavvur eib bo‘lmaydi. SHu bois, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan qabul qilingan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ning beshinchi “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar”i 5.1 bandida ayni “Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar”, deb belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |