1. Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish to’g’risida tushuncha Ochiq usulda qazib olish texnologiyasi


– rasm. Konni ochiq ususlda qazib olish sxemasi



Download 280,21 Kb.
bet2/2
Sana15.01.2022
Hajmi280,21 Kb.
#368191
1   2
Bog'liq
mavzu 1 resurs

10.1 – rasm. Konni ochiq ususlda qazib olish sxemasi.

1 – ekskavator; 2 – avtosamosval; 3 – bul’dozer; 4 – burg’ulash stanogi; 5 – ishchi gorizontlar; 6 – portlatilgan massa; 7 – foydali qazilma uyumi; 8 – burg’u qudug’ilar; 9 – kiruvchi transheya;10 – bo'sh tog’ jinslar ag’darmasi.
Ochiq usulda qazib olish texnologiyasi

“Texnologiya” termini umumiy holatda qandaydir bir texnik ishlab chiqarish ishlarini bajarishni tashkil etish usullari, vositalari to’g’risidagi bilimlar majmuidir.

Texnik vositalarning quvvatini hisobga olgan, fundamental bilimlar qonuniyatlariga asoslangan usullar bilan qazib olinadigan va mexanizatsiyalashtirilgan qabul asosida tashkil etilgan, bir-biri bilan aloqador kon ishlari jarayonlari yig’indisiga konlarni qazish texnologiyasi deb aytiladi.

Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish texnologiyasi ikkita aspektni o'z ichiga oladi:

• ishlab chiqarish jarayonlari texnologiyasi (qazib olish, tashish va tog’ jinslarini g’aramlash);

• ochiq kon ishlari texnologiyasi (kon laqimlari kompleksi sifatida kar’er muhiti va vaqti bo'yicha konni qazib olish qurilishi va rivojlanishi).

Ishlab chiqarish texnologiyasi qo'yidagilarni o'z ichiga oladi: asosiy ishlab chiqarish jarayonlari printsiplari, vositalari, mexanizatsiyalash komplekslari va tashkil etish sxemalarini; tog’ jinslarini qazib olishga tayyorlash, qazish-yuklash ishlari, tashish, g’aramlash va kon massasini bo'shatish.

Ochiq kon ishlari texnologiyasi kar’er parametrlari, kon lahimlarini o'tish usullari, kar’erda kon ishlarini rivojlanish sxemasini, ochish usullari va qazib olish sistemalarini, mahsulot sifatini boshqarish usullari va vositalari, kon ishlarini rejalashtirish va tashkil etish printsiplarini qarab chiqadi.

Aytib o'tilgan ishlar ma'lum bir tartibda o'tkazilishi kerak. Har bir ish orasida texnik sharoitlarni ta'minlay oladigan kerakli vaqt oralig’idagi ochish va qazib olish ishlari frontini, asbob uskunalar va konni butunligicha ishlatishda ishlab chiqarish va xavfsizlik ishlarini to'qri taqsimlashni tashkil etish lozim. Kar’er maydoni chegarasida yoki uning uchastkasida tartibli va ketma-ket bajariladigan ochiq kon ishlariga qazish tizimi deb aytiladi. Qabul qilingan qazish tizimi qo'yidagilarni ta'minlashi kerak:


  • ishning borishidagi xavfsizlik;

  • ularning rejalashtirilishi va iqtisodiy samaradorligi;

  • kar’erning ko'zda tutilgan ishlab chiqarish quvvati;

  • zaxiralarning to'liq olinishi;

  • barcha foydali qazilmalardan kompleks foydalanish;

  • kon-zaxira (nedr) va atrof muhit muhofazasi.

Uzoq vaqt ishlatiladigan kon laximlariga (xandak va er osti laximlari), qoplovchi jinslarni tashishga, foydali qazilma boyliklarini yerning ustki qismida joylashgan qabul qilish punktlariga etkazishga, yerning ustki qismidan ishlab turgan gorizontga materiallarni, asbob-uskunalarni va odamlarni ta shib keltirishni ta'minlab turuvchi ya'ni yerning ustki qismidan kar’er va zaboyning ishlab turgan joyigacha transportning kelishini ta'minlanishiga konni ochish tizimi deb aytiladi. Quvvati va unumdorligi katta bo'lgan kon mashina mexanizmlarini va uskunalarini ishlatish uchun, ochiq kon ishlari ishlab chiqarishida kon laximlari (keng maydonchalar, katta uzunlikdagi pog’onalar va h.) katta o'lchamlarda bo'lishi kerak. Kar’erda ishlatiladigan ekskavatorning unumdorligi yiliga 10 million tonnagacha tog’ jinslarini yuklashga erishishi uchun, yuqori malakali kadrlar bilan ta'minlanishi va ishlab chiqarishni aniq tashkil qilish kerak.

Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish uchun foydali qazilma koni yer sathidan unchalik ham katta chuqurlikda yotmasligi yoki qazib olish iqtisodiy samaradorligi yer osti usuliga qaraganda katta bo'lganda qo'llaniladi. Ochiq kon ishlarini olib borishda yana quyidagi shart-sharoitlarga e'tibor qaratiladiki, ular orqali ishlab chiqarish xavfsizligiga erishiladi: yer ustki va yer osti suvlarini chetlashtirish, qordan himoya qilish, ko'chib ketishi va qulab tushishi mumkin bo'lgan pog’onalarning qiyaligini ta'minlash va mustahkamlash, hamda boshqa bir qancha tadbirlar. Kar’erlarda atmosferadagi changning va gazning ko'payishi ko'p hollarda burg’u quduqlarni qaziganda, ekskavatorlar yordamida kon massasini ko'p marta yuklaganda, joylarda yong’in bo'lganda (ko'mirni qazib olishda), dizel yonilg’ili mashinalar ishlaganda, kar’er yuk mashinalari muntazam harakat qilganda va boshqa kamchiliklar tufayli yuz beradi. Bunday hollarda ish joylarini shamollatish, changga va yong’inga qarshi tadbirlar o'tkazish kerak.


Mazkur Nizom “Yer osti boyliklari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va “Sanoatgeokontexnazorat” — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi Nizom talablari hisobga olingan holda ishlab chiqilgan.

(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)

Nizom foydali qazilmalarni qazib olish uchun respublika hududida O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan foydali qazilmalarni* qazib olish uchun kon ajratishning yagona tartibini belgilaydi.

* — Ushbu o‘rinda va so‘ngra matnda “kon” atamasiga, shuningdek vujudga kelgan texnik-iqtisodiy konyunktura sharoitida ishlash maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin bo‘lgan texnogen hosilalar, ruda bor joylar va mayda tarqoq uchastkalar ham kiritiladi.

(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)

Litsenziyaga muvofiq va yer osti boyliklaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyada ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanishga berilgan maydoni va chuqurligiga ko‘ra cheklangan yer osti boyligining geometriklashtirilgan uchastkasi kon ajratish deb ataladi.

Kon ajratish kon ajratish dalolatnomasi (Nizomga 1-ilova) asosida amalga oshiriladi. Dalolatnoma litsenziya egasining litsenziya bilan berilgan yer osti boyligidan foydalanish huquqini amalga oshirish huquqini tasdiqlaydi.

2. Nizom, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, foydali qazilmalarni, shu jumladan texnogen hosilalarni qazib oluvchi korxonalarni loyihalashtiruvchi, quruvchi, rekonstruksiya qiluvchi, kengaytiruvchi yer osti foydalanuvchilarining barchasi uchun majburiy hisoblanadi.

3. Foydali qazilmalar konini yoki uning bir qismini litsenziyasiz va kon ajratilmasdan yoki uning chegarasidan tashqarini ishlatish yer osti boyliklaridan o‘zboshimchalik bilan foydalanish hisoblanadi va ishlab chiqarish xarajatlari qoplanmagan holda belgilangan tartibda to‘xtatiladi.

4. Foydali qazilmalarni qazib olish uchun kon ajratish yer ostining mazkur uchastkasidan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnoma (litsenziya)ni qonunda belgilangan tartibda rasmiylashtirgan (olgan) O‘zbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslariga, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga berilishi mumkin.

5. Foydali qazilmalarni qazib olish uchun ajratiladigan yoki uning bir qismi asosiy qazilma va u bilan birgalikda joylashgan foydali qazilmalar va ularning tarkibidagi komponentlar zaxiralari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha Davlat komissiyasi (O‘R ZDK) yoki Davlat geologiya qo‘mitasi huzuridagi foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha Markaziy komissiyasi (ZMK) tomonidan tasdiqlangan va kon belgilangan tartibda sanoat yo‘li bilan o‘zlashtirilishi uchun berilgan, shuningdek yer osti boyliklarini muhofaza qilish va litsenziya hamda ishlarni bexatar olib borish qoidalari va normalari talablari hisobga olingan holda bajarilgan foydali qazilmalarni qazib oluvchi korxonalarni qurish, rekonstruksiya qilish yoki kengaytirishning tasdiqlangan loyihasi mavjud bo‘lgan taqdirda beriladi.

6. Yer ajratmasi loyihasiga quyidagilar ilova qilinishi kerak:

sanoat yo‘li bilan o‘zlashtirish uchun foydali qazilmalar konini berish-qabul qilib olish to‘g‘risidagi dalolatnoma nusxasi — neft va gaz konlari uchun, bundan tashqari ularni qazish loyihasi tasdiqlanganligi to‘g‘risidagi hujjatlar nusxasi;

foydali qazilmalarni qazib olish korxonasini qurish, rekonstruksiya qilish yoki kengaytirishning belgilangan tartibda kelishilgan va tasdiqlangan loyihasi (kon ajratmasi berish loyihasi ko‘rib chiqilgandan keyin foydalanuvchiga qaytariladi);

yerdan foydalanuvchining yer ajratishga roziligi to‘g‘risidagi dastlabki xulosasi;

bo‘ysunuviga ko‘ra yuqori tashkilotning yer ajratmasi berish to‘g‘risida iltimosnomasi (tabiatdan foydalanuvchi mustaqil bo‘lsa ushbu iltimosnoma talab qilinmaydi).

O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi kon ajratmasi berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.

(6-bind O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)

7. Foydali qazilmalarni qazib olish uchun qurilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan va kengaytirilayotgan korxonalar uchun kon ajratish ushbu korxonalar qurilishi, rekonstruksiya qilinishi yoki kengaytirilishi boshlanishidan oldin rasmiylashtiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)

8. Foydali qazilmalarni qazuvchi va foydali qazilmalar konlarini ishlatuvchi korxonalar qurilishi uchun yer uchastkasi ajratish kon ajratilgandan keyin O‘zbekiston Respublikasining yer qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

9. Yer osti boyliklaridan foydalanuvchining unga ajratilgan konni boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berishi taqiqlanadi.

Korxonaning nomi o‘zgargan taqdirda kon ajratish dalolatnomasi va topografiya rejasi nusxasidagi yozuv qayta rasmiylashtiriladi.

10. Korxonalar, binolar, inshootlar, shaharlar va boshqa aholi punktlari, kurortlar, o‘rmonzor bog‘lar, qo‘riqxonalar, suv ta’minoti manbalari, daryolar, suv havzalari, tarix, madaniyat va san’at yodgorliklari, qimmatli qishloq xo‘jaligi ekinlari, chegara zonalari, aerodromlar, maxsus vazifali poligonlar, ajratib olingan zonalar, mustahkamlangan rayonlar, qabristonlar va boshqa obyektlar joylashgan joy hududi ostidagi foydali qazilma konlarini ishlatish uchun kon ajratish manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar hamda mahalliy hokimiyat organlari bilan kelishilgandan keyin amalga oshiriladi.

11. Maxsus vazifali yerlar doirasida kon ajratish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

12. Yer uchastkasidan foydalanish (egalik qilish) huquqining mavjudligi ushbu uchastkada joylashgan foydali qazilmalarni ishlatish huquqini bermaydi, mazkur bo‘limning 15-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasnodir.

13. Foydali qazilmalarni qazib olish bo‘yicha korxonalarni qurish, rekonstruksiyalash va kengaytirish ishlarini mablag‘ bilan ta’minlashga faqat kon ajratishni tasdiqlovchi dalolatnoma mavjud bo‘lganda yo‘l qo‘yiladi va u olib qo‘yilganda to‘xtatiladi.

14. Yer egalari va yerdan foydalanuvchilar ularga berilgan yer uchastkalari doirasida yer osti boyliklaridan keng tarqalgan foydali qazilmalarni, yer osti suvlarini xo‘jalik va maishiy ehtiyojlar uchun qazish maqsadida litsenziya berilmagan va kon ajratilmasdan quyidagi shartlarga rioya qilish sharti bilan foydalanish huquqiga ega bo‘ladilar:

keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olish ochiq usulda, bir o‘yiqning balandligi ikki metrdan va maydoni bir gektardan ko‘p bo‘lmagan holda amalga oshirilishi kerak;

ish xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilingan holda olib borilishi kerak;

unumdor qatlamni olib tashlash va saqlash, shuningdek buzilgan yerni keyinchalik qayta tiklash masalasi hal etilishi kerak;

kon ishlari boshlanishidan 10 kun oldin mahalliy hokimiyat organlari va O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi xabardor qilinishi kerak;

(14-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)



qazib olingan keng tarqalgan foydali qazilmalar va yer osti suvlaridan yer uchastkasi egasi (foydalanuvchi)ning xo‘jalik yoki maishiy ehtiyojlari uchungina foydalanilishi kerak. Foyda olish maqsadida qazilgan foydali qazilmalarni boshqa korxonalar, tashkilotlar va fuqarolarga sotish yoki berishga yo‘l qo‘yilmaydi.

15. Foydali qazilmalarni qazuvchi korxonalarni qurish, rekonstruksiya qilish va kengaytirish ishlarini mablag‘ bilan ta’minlashga kon ajratilganligini tasdiqlovchi dalolatnoma mavjud bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi hamda dalolatnoma olib qo‘yilgach to‘xtatiladi.
Download 280,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish