1. Forobiyning "Fozil odamlar shahri" asari sharhi. "Lider" va "boshliq" tushunchalari oʻrtasidagi farqlar



Download 39,09 Kb.
bet1/5
Sana08.03.2022
Hajmi39,09 Kb.
#486184
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Microsoft Office


I4-variant
1. Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asari sharhi.
2. “Lider” va “boshliq” tushunchalari oʻrtasidagi farqlar.
3. “Superlider” tushunchasi. Superlider kim va qachon oddiy lider superga aylanadi?
Butun Sharqu-G'arb olamiga "Al-muallim-as-soniy", "Sharq Arastusi" degan nomlar bilan mashhur alloma Abu Nasr Farobiyning “Fozil odamlar shahri” deb nomlangan asari sharq ilmida, ma'naviyatida yangi sahifa ochdi, Farobiyni O'rta asrning buyuk mutafakkiri nomiga sazovor qildi. Asarda jamiyatning (insonlar jamoasi) kelib chiqishi, adolatli jamiyatga erishish yo‘llari, fozil shahar hokimi va aholisining fazilatlari, davlat hokimiyati va boshqaruvchi kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish kabi masalalar bayon etilgan. Bundan ming yilcha muqaddam yaratilganiga qaramasdan, bugungi o’quvchi ham bu asardan hozirgi hayotning murakkab muammolarini hal qilishda asqotadigan muhim fikr va yo’l-yo’riqlarni topa oladi. Abu Nasr Forobiy – ushbu ismni eshitmagan, bilmagan inson bo’lmasa kerak. Ammo men bu ism va u yaratgan ilmiy boylik haqida juda kech bildim. Bilasizmi, odatda siyosat haqida gap ketganida, men o’zimni bu sohada juda yaxshi deb hisoblardim. Keyin bilsam faqat faktlargagina tayanib fikr yuritgan ekanman. Aslida, davlat, jamiyat haqida hech narsani bilmas ekanman. Odatda ko’pchilik va shaxsan o’zim eski asarlarni o’qishni unchalik ham xush ko’rmaymiz. Sababi, ushbu asarlarda hech qanday ilmiy yangilik yo’q, asarlar bugungi kundan ancha orqada, ulardan faqatgina ma’naviy ozuqa olish mumkin deb o’ylardim. Afsuski adashgan ekanman.
Kunlardan bir kun dinshunoslik fanidan ma’ruza darsida professor Nigina Shermuhammedova shunday savolni o’rtaga tashladi: “Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asarida odamlar faqat baxtsiz bo’lishi haqida yoziladi va bu baxtsiz insonlar ham ikki toifaga bo’linadi. Savol usha ikki toifa qanday edi?”. Bu savoldan so’ng mantiqiy fikrlab javobni topishga harakat qildim. Ammo topa olmadim. Yaxshisi asarni o’qib chiqishga qaror qildim. Dastlab asardan, aynan mana shu qismga oid jumlalarni qidirishga tushdim. Ammo asarda shunday kulminatsion nuqtalar mavjud ediku, bu meni fikrlash doiramni o’zgartiribgina qolmay borliq haqidagi falsafamni ham o’zgartirishga olib keldi. Asarda mantiq, siyosat, jamiyatshunoslik, iqtisodiyot, din, falsafa fanlarini o’zida mujassamlashtirgan edi. Meni o’ziga jalb qila olgan jihati asardagi inson tafakkuri va din haqidagi qarashlar edi. Men hayratdaman. Qanday qilib, ming yil oldin yozilgan asar bugungi zamon va kelajak haqida bashorat qila olishi mumkin. Bu mistik qarashlar emas edi. Bu aniq dalillar asosida yaralgan ilmiy maqola kabi edi.
Bilasizmi, agar asarni o’qish niyatida bo’lsangiz uning asl variantini topishingizni iltimos qilaman. Sababi asar juda ko’p nashriyotlar tomonidan o’zgartirilib ko’p qismi olib tashlangan. Men asar haqida boshqa birov bilan munozara qilayotganimda shunga amin bo’ldim. Ko’pchilik asarni faqatgina mavzusidan kelib chiqgan qismlarini o’qigan. Asardagi ayrim qismlar olib tashlangan ekan. “Fozil odamlar shahri” nafaqat davlat haqida yozilgan balki umumiy fan haqida ham yozilgan asardir. Bizga ma’lumki ilk va o’rta asr olimlarlari faqat bitta yo’nalishda emas ko’plab yo’nalishlarni ham qamrab olishgan va shunga yarasha qomusiy asarlar yaratishgan. Shu bilan birga Forobiy ham shular jumlasidandir.
Forobiy inson tafakkurining yetuk davrini qiyomatgacha tasvirlaydi. Bu tafakkur insoniyatni ham kelajagi ham oxiri bo’lishi haqida yozadi. Atrofga nazar soling, sizningcha biz qayerga qarab ketmoqdamiz? Insoniyat o’smoqda, shu darajada ketmoqdaki bu o’sish bir paytlar arifmerik progressiya bo’lgan bo’lsa hozir geometrik progressiyani tashkil qilmoqda. Agar sizga asarda faqat davlat haqida va unda yunon olimlarining asarlariga taqrizlar mavjud deyishsa, sizni aldashgan yoki asarni tub mohiyatini anglab yetishmagan.
Men o’zim o’qigan asardan shuni xulosa qildimki, asar borliqni anglash haqidagi fan. Forobiy buni fizika yoki matematika bilan emas buni insonlarning yashash sharoiti va ularning qiladigan amallari yuzasidan kelib chiqib javob topishga intilgan. Qonunlar nima uchun yaratiladi? Bizning turmush sharoitimizni yaxshilash va o’zgartirishga xizmat qiladi. Agar qonun to’g’ri tashkil etilsa bizning kelajagimiz ham yorqinlashadi.
Abu Nasr mantiqni izohlashda har bir so’zni undagi beshta modda аsosida tahlil qiladi, shu yo’l bilan uni foydalanib bo’ladigan darajada keltiradi, ularni ishlatish yo’llarini tushuntirib beradi. Shuning uchun ham al-Forobiy kitobi fanda g’oyatda yetuk, barkamol asar sanaladigan bo'ldi.
Abu Nasrning Aflotun va Arastu falsafasidagi g’oyalariga bag’ishlangan kitobi uning falsafa sohasida peshqadamligidan va hikmat fanlarini chuqur tahlil qilishidan darak beradi. Bu kitob hikmatdagi nazariy yo’llarni o’rganishda juda katta dastak bo’ldi va u orqali muallif barcha ilm sirlari va uning natijalarini alohida-alohida egallash yo’llarini bildirdi. Ilmlar qanday qilib soddalikdan murakkablik darajasiga o’sib rivojlanib yetganini bayon qildi. Keyin shu vosita bilan Aflotun falsafasidagi g’oyalarni bildirishga kirishdi, uning ta’riflarini bir-bir sanab o’tdi. Keyin u shu yo’lni Arastu falsafasini izohlashda davom ettirdi, unga kattagina muqaddima yozdi va tadrijiy ravishda u yerda uning falsafasini bayon qilib berdi.
Guruhlardagi o`zaro munosabatlar yuqoridan pastga yoki aksincha bo`lib, guruh a’zolarining konkret mavqelari, boshliq bilan bo`ysunuvchilar o`rtasidagi munosabatlarni o`z
ichiga oladi. Bu borada ''lider" va ''boshliq" tushunchalari 
o`rtasidagi farqlar hakida gapirish lozim. B.D. Parigin bu ikki tushunani farqlab shunday yozadi: 
1) lider asosan guruxdagi shaxslararo munosabatlarni boshqarsa, rahbar — shu guruhdagi rasmiy munosabatlarni boshqaradi; 
2) liderlik kichik guruhlargagina xos bo`lgan hodisa bo`lsa, rahbarlikning haq-xuquqlari katta guruhlar doirasida ham 
sodir bo`lishi, amalga oshirilishi mumkin; 
3) agar liderlik stixiyali, betartib jarayon bo`lsa, rahbarlik maqsadga qaratilgan, jamiyatda ishlab chiqilgan normalar,tartiblar asosida saylovlar oqibatida sodir bo`ladigan hodisadir; 
4) liderlik rahbarlikka nisbatan vaqtinchalik hodisa bo`lib, guruh a’zolarining kutishlari, ularning kayfiyatlari, faoliyat yunalishiga qarab, uzoqroq muddatda yoki qisqa muddatda ro`y beradi; 
5) rahbarning liderdan farqi yana shundaki, u liderda yo`q bo`lgan jazolash va ragbatlantirish tizimiga ega bo`lib, shu asosda o`z xodimlariga ta’sirini o`tkazishi mumkin; 
6) lider guruhda u yoki bu qarorlar,ko`rsatmalar, tashabbuslarni o`z 
ixtiyoricha, bevosita chiqarishi mumkin, rahbarda esa bu yo`nalishda ko`plab rasmiy ko`rsatmalar, rejalar, normalar, buyruqlar mavjudki, ular doirasidan chiqib ketishi kiyin; 
7) liderning faoliyati faqat kichik guruhlar doirasida amalga oshirilsa, rahbar shu guruhdagi, kengroq ijtimoiy doiradagi, jamiyatdagi vakili bo`lganligi uchun, uning vakolatlari ham keng, faoliyat imkoniyatlari ham ortiqdir. 
Lider hech qachon yolg`iz bo`lmaydi, u doimo guruh a’zolari orasida bo`ladi, u shu guruh a’zolarini u yoki bu harakatlarga chorlaydi.Chunki lider guruh a’zolarining psixologiyasi,ularning kayfiyatlari, intilishlari, qiziqishlari va hokazolarni hammadan ham yaxshi biladi, ular ichida eng tashabbuskoridir. Agar sinf doirasida olib qaral adigan 
bo`lsa, turli xil lider borliginaniqlash mumkin. 
Masalan, guruh a’zolari ichida eng bilag`oni, aql o`rgatuvchisi, topqiri,
intellektual lideri, bolalar ichida eng hazilkashi, dilkashi, xushchaqchag`i, ko`ngil so`rovchisi, o`zgalarni tushuna oladigan —emotsional lider, 
guruhni ish faoliyatga chorlay oladigan, dadil, qatiyatli, irodali-irodaviy liderlar bo`lishi mumkin. Ular ayni vaziyatlarda vaziyat talabiga ko`ra paydo bo`ladilar hamda bolalar ongida o`z sifatlariga ko`ra obro` qozonadilar. Lider sifatlari ichida yaxshi va yomonlari ham 
bo`lishi mumkin, lekin guruh liderga ergashganda, uni ibrat sifatida tanqidsiz qabul qiladi va shuning uchun ham barcha ishlariga ergashib, ko`rsatmalariga amal qiladi. Maktabda bolalar yoshida xulqi maktab normalariga to`g`ri kelmaydigan liderlarning borligi, ular ma’lum
guruh ichida so`zsiz obro`ga ega ekanligi ham shu bilan tushuntiriladi. Masalan, lider ''ketdik" deb ko`rsatma bersa, unga ergashganlarning darsni ham tashlab keta olishi shu bilan tushuntiriladi. 
Shuning uchun ham sinf rahbari o`z sinfidagi rasmiy liderlar bilan ishlash bilan cheklanmaydi, balki norismiy liderlarni ham aniqlay bilishi, ular bilan hamkorlikda ishlashi zarur. To`g`ri, ba’zi hollarda rasmiy va norasmiy lider bir shaxs bo`lishi ham mumkin. Bu juda qulay, lekin liderlik vaziyatga bog`liq bo`lgani uchun ham ularning 
o`zgarib turishini hisobga oladigan bo`lsak o`qituvchining boshqarishmaxorati yoki san’ati uning norasmiy liderlar bilan samarali ishlash usulidir. Shunday qilib, har qanday lider obro`ga ega. Obro`lilik shaxsning shunday xususiyatiki, u boshqa shaxslarga ham hissiy-emotsional, ham irodaviy ta’sir ko`rsata olish qobiliyatiga egadir. Norasmiy obro`lilik ya’ni shaxslararo munosabatlar mahsuli sifatida orttirilgan obro`juda samaralidir. Odamlar ko`ngliga yo`l topish, ularni turli vaziyat-larda tushuna olish, ishonch va shunga o`xshashlar obro` orttirish mezonlaridandir. 

Download 39,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish