Pnevmatik flotatsiya mashinalari
Pnevmatik (aerolift) flotatsiya mashinalari sodda tuzilishga ega, ishlatish vaqtida tejamh, mineral tarkibi bo'yicha uncha murakkab bo'lmagan rudalarni boyitishda ishlatiladi. Bu mashinalar aerolift prinsipi bo'yicha (havo yordamida ko'tarilishi) ishlaydi va shuning uchun aerolift mashinalar deb ataladi.
Vannaning chuqurligiga qarab, aerolift mashinalar 2 ga bo'linadi:
mayda (vannaning chuqurligi 0,9m)
chuqur (vannaning chuqurligi 2,4 m dan 3 m gacha).
Chuqur aerolift mashina vanna, aerolift, aeratordan iborat (3-rasm). Aerolift vannaning markaziy bo'limi hisoblanib, mashinaning tubiga yetmagan 2 ta vertikal to'siq orqali hosil qilingan.
Aerator po'latdan payvandlangan quticha holida tayyorlanib, pastki qismida aeroliftga havo kiradigan teshik bilan tamomlanadi. Aeratorga
105
havo markaziy kollektordan ikkita havo o'tkazuvchi quvurlar orqali berilib, teshikning butun kengligi bo'yicha tarqaladi. Havo o'tkazuvchi quvur yuqorida zuffin (surma qopqoq) ga ega. Bo'tana mashinaning bosh tarafida joylashgan qabul qiluvchi cho'ntak orqali vannaga beriladi. Havo aeroliftga ikki tomondan beriladi. Mashinaning yonbosh bo'lmalaridagi bo'tana havo bilan kam to'yingani uchun markaziy bo'lmadagi bo'tanaga nisbatan kattaroq zichlikka ega bo'ladi va u aerolift kameraga tomon intiladi.
Aerolift kamerada havo pufakcha- larining maydalanishi bo'tana-havo aralashmasining turbulent harakati tufayli yuzaga keladi. Minerallashgan havo pufakchalari aerolift kamerada yuqoriga ko'tariladi va yo'naltiruvchi to'siqlar yordamida yonbosh bo'lmalarga otiladi. Bu maqsadda aerokamera ustiga ushlovchi (otboynik) o'rnatiladi. Bo'tanani aralashtirish, tashish, bo'tana-havo aralashmasini aerohft kameradan chiqarish uchun kerak bo'lgan havo teshik orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi.
Pnevmatik flotatsiya mashinasi ФП-100 rangli, nodir, kamyob va qora metall rudalarini hamda ko'mir va shu kabi foydali qazilmalarni boyitishda ishlatiladi (4- rasm). Hoziigi vaqtda ishlatilayotgan mexanik va pnevmatik flotatsion mashinalardan tuzilishining soddaligi, harakatlanuvchi va tez ishdan chiquvchi qismlarining yo'qligi, kam metall va elektrenergiya ishlatilishi, kam joy egallashi bilan ajralib turadi.
Mashina konus shaklidagi asosli (30—55' burchak ostida) po'lat listdan tayyorlangan vertikal silindrik kameradan iborat. Mashina konus qismining pastida mashinaning o'qi bo'ylab yordamchi shaybali aerator o'matilgan. Bu aerator rezinadan tayyorianib, mashina devoriga mah- kamlanadi va mashina uzoq vaqt ishlamay turib qolganda uni ichidagi mahsuloti bilan birga ishga tushirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |