1. Fiziologiya fanining predmeti, vazifalari, mohiyati


Harakatlarni boshqarilishi. Motoneyron funksiyasi. Lokal reflekslar, muskul duklari, Goldji pay organi. Miogen faoliyat



Download 66,01 Kb.
bet6/25
Sana16.01.2022
Hajmi66,01 Kb.
#371722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
oraliq nazorat savollari

12.Harakatlarni boshqarilishi. Motoneyron funksiyasi. Lokal reflekslar, muskul duklari, Goldji pay organi. Miogen faoliyat.

Silliq mushak ham yakka ta’sirotlarga yakka qisqarish bilan javob beradi. Ammo,qo‘zg‘aluvchanligi past bo‘lganidan silliq mushakni qo‘zg‘atib, qisqartirish qobiliyatiga egabo‘lgan bo‘sag‘a kuch ko‘ndalang - targ‘il mushakka nisbatan anchagina Yuqori bo‘ladi.YAkka qisqarishning latent davri ham silliq mushaklarda uzoqroq davom etadi. quyonme’dasining silliq mushagi impuls berilganidan so‘ng 0,25-1 cekund o‘tgach, qisqara
boshlaydi va 5-6 sekund davom etadi. Baqa medasining yakka qisqarishi esa 60 sekund va undan ko‘proq davom etadi. Silliq mushaklar sekin qisqarganligi sababli, chastotasi juda ham kam bo‘lgan ritmik impulslar ularda tetanussimon, uzoq davom etuvchi turg‘un qisqarishni Yuzaga keltiradi. Bunday qisqarishga energiya juda kam sarflanadi
13.Silliq va Yurak muskullari. Silliq muskullarning qisqarish xususiyatlari. Silliq muskullar qisqarishiga ta’sir etuvchi omillar. YUrak muskullari. Muskul harakatini boshqaruvida markazmiy nerv tizimining ishtiroki.

Umurtqali hayvon va insonlarning ichki kovak a’zolarida, tomirlarida va terisida silliq mushaklar joylashgan. Bu mushaklarning nisbatan oxista - oxista qisqarishlari kovak a’zolari bo‘shlig‘idagi suYuqliklarni va qayta ishlanayotgan ovqatlarni harakatga keltiradi. Silliq mushaklarning kuchli va davomli tonik qisqarishlari (masalan sfinkterlar tarkibidagi mushaklar) tufayli - o‘t pufagida o‘t, qovuqda siydik, to‘g‘ri ichakda ma’lum miqdorda najas ancha vaqtgacha yig‘ilib, chiqmay turadi, qon tomirlardagi mushaklarning uzluksiz tonik qisqarishi qon bosimining bir me’yorda saqlanishi uchun katta ahamiyatga ega.
14.Nerv tizimidagi hujayralar. Neyron va gliya. Markaziy va periferik nerv tizimi. Neyronlarning turlari. Glial hujayralarning turlari. Nerv markazi va nerv tarmoqlari haqida tushuncha.

Tirik mavjudotlar murakkab va ajoyib tuzilgan bo‘lib, o‘zini-o‘zi boshqarish va o‘zidan ko‘payish kabi xususiyatlarga ega. Nerv tizimi bu xususiyatlarni ro‘yobga chiqishida asosiy rolni o‘ynaydi. MAT faoliyati tana va uning a’zolari vazifalarini boshqarish va ularni umumlashtirish, yaxlitligini ta’minlash, ya’ni integratsiyalash hamda tashqi va ichki muhit o‘zgarishlariga moslashtirishdan iborat. MAT ning o‘ziga ham tana va uning a’zolarini tashqi va ichkita’sirlariga bergan javoblarning natijalari to‘g‘risidagi impulslar doimo teskari yo‘nalishli afferent aloqa, ya’ni ikkilamchi afferent aloqa orqali o‘tkaziladi. Nerv to‘qimasi asab va gliya hujayralaridan tuzilgan. Asab hujayra tanasi va uning o‘simtalari birgalikda neyron deb ataladi. Neyron yadroli bo‘lib, uning quyidagi qismlari: hujayra tanasi, tanadan chiqqan sershoxlangan kalta o‘simtalar - dendrit-lar va uzun o‘simtalari - akson, tananing akson chiqqan joyi - akson tepaligi yoki aksonning boshlang‘ich qismi (segmenti) hamda aksonning oxirgi uchlari - terminallar farqlanadi.
15.Markaziy nerv tizimida qo‘zg‘alishlar integratsiyasi va koordinatsiyasi. Summatsiya, okklYuziya, Tormozlanish, Dominanta mezoni.Miyaning himoyasi va oziqlanishi. Miyani o‘rab turuvchi qavatlari. Gematoensefalik barer.

Irradiatsiya natijasida kuchli va biologik muhim qo‘zg‘alishlar MATning ko‘pgina neyronlariga o‘tishi sababli boshqa asab markazi motoneyronlari ham qo‘zg‘aladi; 3) Izchil va fazoviy summatsiyalar. Asab markazlarini yakka, kuchsiz tasirotga kuchsiz, ammo takroriy kuchsiz va siyrak impulslarga kuchli javob qaytarish qobiliyatiga ega. Agar yakka tasirot juda ham kuchsiz bo‘lsa, reflektor javob hosil bo‘lmaydi. Ammo u ketma - ket, takroran tasir etdirilsa, ketma - ket qisqa intervalli impulslar malum vaqt ichida asab markazida jamlanadi va javob hosil bo‘ladi. Bu xodisani ketma - ket yoki izchil summatsiya deb ataladi. Agar kuchsiz tasirot yonma-yon joylashgan bir xil retseptorlarning katta guruhiga bir vaqtda tasir etdirilsa, fazoviy summatsiya sodir bo‘ladi. Summatsiya zaminida alohida neyronlarda hosil bo‘layotgan maxalliy qo‘zg‘alishning asab markazida jamlanishi yotadi. Izchil va fazoviy summatsiya tufayli asab markazlarida harakat potensialini vujudga kelishini qo‘zg‘alish hosil bo‘lishini engillashishi hodisasi bilan tushuntiriladi; 4) OkklYuziya. Bir asab markazining har bir neyroniga o‘zining afferent tolalaridan tashqari qo‘shni markazning afferent tolalari ham sinaps hosil qiladi



Download 66,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish