Matbuot konferensiyasi darsi
- Darsda Prezidium 8-10 kishidan iborat bo’lib "davlat rahbarlari", vazirlik va tashkilotlardan vakillar o’tirishadi
- Muhokama etiladigan masala shior shaklida yoziladi.
- 4 kishidan iborat "Matbuot markazi" vakillari Prezidiumga tushgan savollarni qayd etib boradilar va yozma tushgan savollarni tegishli mutaxassislarga yetkazib turishadi.
Darsning borishi:
- Tanlangan mavzu bo’yicha 10-15 minut asosiy ma’ruza qilinadi.
- Jurnalistlar 30-35 minut davomida o’zlarini tanishtirib, ularni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishadi
- Darsning so’nggida o’qituvchi 15 daqiqada xulosa qilib yakunlaydi.
Quyida biz "No’ananaviy energiya manbalaridn foydalanish dolzarb masala" mavzusiga bag’ishlangan matbuot konferenstiyasi ishtirokchilari bo’lgan talabalar o’rtasida "rollar taqsimotini" keltirmoqchimiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |