Daromad – iste’mol chizigʻi. Daromadning oʻzgarishi byudjet chizigʻini oʻziga parallel ravishda siljishiga olib keladi, nima uchun deganda, narxlar nisbati oʻzgarmaydi. Daromad oshganda, byudjet chizigʻi oʻngga-yuqoriga siljiydi, kamayganda pastga-chapga siljiydi. Xuddi shunday siljishlar ne’matlar narxi bir xil oʻzgarganda ham sodir boʻladi. Narxlarning pasayishi real daromadni oshiradi, natijada byudjet chizigʻi oʻngga-yuqoriga siljiydi. Xuddi shunday narxlarning oʻsishi, real daromadni kamaytiradi - byudjet chizigʻi pastga-chapga siljiydi.
Real daromadning oʻsishi natijasida byudjet chizigʻi holatlarga ketma-ket siljiydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |