7-seminar.
1.Fe’lning munosabat shakllariga nimalar kiradi?
Fe’lning munosabat shakllariga zamon,mayl,shaxs-son qo’shimchalari kiradi.Zamon shakllari- fe’l asosidan anglashilgan harakat-holatning uch zamondan biriga mansubligini bildiruvchi shakllar.Mayl shakllari - fe’l asosidan anglashilgan harakat-holat haqidagi xabar,buyruq,istak,shart ma’nolarini ifodalovchi shakllar. Shaxs-son shakllari - fe’l asosidan anglashilgan harakat-holatni bajaruvchi shaxsni bildirib,fe’lni kesim sifatida shakllantiruvchi va ega bilan bog’lab keluvchi shakllar.
2.Shaxs-son qo’shimchalarini aytib bering?
-m,-k,-ng,-ngiz,lar,-man,-san,-di,-miz,-siz,-dilar,-y(ay),-gin,-sin,-ylik(aylik),-ng,-sinlar.
3.Termoq,aytmoq,ishlamoq,tozalamoq,chizmoq so’zlarini shaxs-sonning uchala shakliga qo’yib aytib bering?
Terdim,terding,terdi,terdik,terdingiz,terdilar,tersam,tersang,tersa,tersak,tersangiz,tersalar,terganman,tergansan,tergan,terganmiz,tergansiz,terganlar,teryapman,teryapsan,teryapti,teryapmiz,teryapsiz,teryaptilar,teraman,terasan,teradi,teramiz,terasiz,teradilar,termoqchiman,termoqchisan,termoqchi,termoqchimiz,termoqchisiz,termoqchilar,teray,tergin,tersin,teraylik,tering,tersinlar.
Aytdim,aytding,aytdi,aytdik,aytingiz,aytdilar,aytsam.aytsang,aytsa,aytsak,aytsangiz,aytsalar,aytganman,aytgansan,aytgan,aytganmiz,aytgansiz,aytganlar,aytyapaman,aytyapsan,aytyapti,aytyapmiz,aytyaptilar,aytaman,aytasan,aytadi,aytamiz,aytasiz,aytadilar,aytmoqchiman,aytmoqchisan,aytmoqchi,aytmoqchimiz,aytmoqchisiz,aytmoqchilar,aytay,aytgin,aytsin,aytaylik,ayting,aytsinlar.
Ishladim,ishlading,ishladi,ishladik,ishladingiz,ishladilar,ishlasam,ishlasang,ishlasa,ishlasak,ishlasangiz,ishlasalar,ishlaganman,ishlagansan,ishlagan,ishlaganmiz,ishlagansiz,ishlaganlar,ishlayapman,ishlayapsan,ishlayapti,ishlayapmiz,ishlayaptilar,ishlayman,ishlaysan,ishladi,ishlaymiz,ishlaysiz,ishladilar,ishlamoqchiman,ishlamoqchisan,ishlamoqchi,ishlamoqchimiz,ishlamoqchisiz,ishlamoqchilar,ishlay,ishlagin,ishlasin,ishlaylik,ishlang,ishlasinlar.
Tozaladim,tozalading,tozaladi,tozaladik,tozaladingiz,tozaladilar,tozalasam,tozalasang,tozalasa,tozalasak,tozalasangiz,tozalasalar,tozalaganman,tozalagansan,tozalagan,tozalaganmiz,tozalagansiz,tozalaganlar,tozalayapman,tozalayapsan,tozalayapti,tozalayapmiz,tozalayaptilar,tozalayman,tozalaysan,tozaladi,tozalaymiz,tozalaysiz,tozaladilar,tozalamoqchiman,tozalamoqchisan,tozalamoqchi,tozalamoqchimiz,tozalamoqchisiz,tozalamoqchilar,tozalay,tozalagin,tozalasin,tozalaylik,tozalang,tozalasinlar,
Chizdim,chizding,chizdi,chizdik,chizdingiz,chizdilar,chizsam,chizsang,chizsa,chizsak,chizsangiz,chizsalar,chizganman,chizgansan,chizgan,chizganmiz,chizgansiz,chizganlar,chizyapman,chizyapsan,chizyapti,chizyapmiz,chizyaptilar,chizaman,chizasan,chizadi,chizamiz,chizasiz,chizadilar,chizmoqchiman,chizmoqchisan,chizmoqchi,chizmoqchimiz,chizmoqchisiz chizmoqchilar,chizay,chizgin,chizsin,chizaylik,chizing,chizsinlar.
4.Fe’l zamonlarini aytib bering?
Fe’llarning zamon shakllari – fe’l asosida ifodalangan harakat-holatning uch zamondan birida sodir bo’lishini bildiruvchi shakllar.Fe’l uchta zamon shakllariga ega:O’tgan,hozirgi va kelasi zamon shakllari.
O’tgan zamon shakllari harakat va holatning nutq so’zlanib turgan paytdan oldin bo’lganini bildiradi.Bu zamon shakllari fe’l asoslariga – di, -ib,-gan (-kan,qan) qo’’shimchalarini va ulardan so’ng shaxs-son qo’shimchalarini qo’shish bilan hosil qilinadi.
Hozirgi zamon shakllari – harakat va holatning nuq so’zlanib turgan paytda yuz berishini ifodalaydi.Bu zamon shakllari fe’l asoslariga –yap,- moqda,-(a)yotib qo’shimchalarini qo’shish bilan hosil qilinadi.
Kelasi zamon shakllari – harakat yoki holatning nutq so’zlanib turgan paytdan so’ng yuz berishini bildiradi.Bu zamon shakllari fe’l asoslariga –a,-y , -ar qo’shimchalarini va shaxs-son qo’shimchalarini qo’shish bilan hozil qilinadi.
5.Termoq,aytmoq,ishlamoq,tozalamoq,chizmoq so’zlarini uchala zamonga qo’yib aytib bering?
Terdi,terib,tergan,teryapti,termoqda,terayotib,teradi,teray,terar.
Aytib,aytdi,aytgan,aytyapti,aytmoqda,aytyotib,aytadi,aytay,aytar.
Ishladi,ishlab,ishlagan,ishlayapti,ishlamoqda,ishlayotib,ishladi,ishlay,ishlar.
Tozaladi,tozalab,tozalagan,tozalayapti,tozalamoqda,tozalayotib,tozaladi,tozalar,tozalay.
Chizdi,chizib,chizgan,chizayapti,chizmoqda,chizayotib,chizadi,chizay,chizar
6.Mayl shakllari – fe’l asosidan ifodalanagan harakat-holat haqidagi xabar,buyruq-istak,shart ma’nolarini ifodalovchi fe’l shakllari.Fe’llarning to’rtta mayl shakli mavjud:1.xabar mayli 2.buyruq-istak mayli 3.shart mayli 4. Maqsad mayli
7.Buyruq-istak maylining ma’nolarini aytib bering?
Buyruq-istak mayli – harakat va holatni bajarish yoki bajarmaslik haqidagi buyruq,istak iltimos maslahat ma’nolarini bildirgan fe’l shakli.Harakatni bajarishga da’vat etish ma’nosini bildiradi.Buyruq-istak mayli shakllari fe’l asoslariga quydagi qo’shimchalarni qo’shish yo’li bilan hosil qilinadi -(a)y,-(a)yin,-gin,-(i)ng,-sin,(a)ylik,-(i)nglar.
8.Fe’lning lug’aviy shakllariga nimalar kiradi?
-la,-kila,-qila,-g’ila,-qi,-g’i,-ish,-imsira,-nqira kabi lug’aviy shakl yasovchilar bor.
9.Bo’lishli va bo’lishsiz fe’l shakllarini tushuntiring?Bo’lishsiz fe’llarni qanday hosil bo’lishini ayting?
Fe’llar bo’lishli va bo’lishsiz fe’llarga bo’linadi.Bo’lishli fe’llar harakat yoki holatning bajarilganini ko’rsatadi,Grammatik shakli ya’ni qo’shimchasi yo’q.Masalan,yurdi, o’qigan,yozmoqchi kabi.Bo’lishsiz fe’llar esa harakat yoki holatning bajarilmaganini ko’rsatadi. – ma lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha orqali hosil qilinadi.Masalan:keldi,kelmadi kabi. Bo’lishsiz fe’llarning shaxs-son qo’shimchalari bilan o’zgarishi o’ziga xos xususiyatiga ega.Bo’lishsizlik ma’nosi emas yordamida ifodalangan shaxs-son qo’shimchasi undan so’ng, yo’q yordamida ifodalanganda esa oldin qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |