Inson mehnat faoliyatining turlari, fiziologik ta’siri.
Reja:
1. Faoliyat shakllari va ko’rinishlari.
2. Har xil shakldagi faoliyatni energiya sarfi.
3. Mehnat faoliyati sharoitining klassifikasiyasi.
4. Mehnat faoliyatini og’irligi va kuchlanganligini baholash.
1.Faoliyat shakllari va ko’rinishlari
Har bir insonning va butun jamiyatning mehnat faoliyati quyidagi ikki asosiy turga bo’linadi: jismoniy va aqliy. Har qanday faoliyat ma’lum bir ijtimoiy, ruhiy jarayonni nazarda tutadi. Hammaga ma’lumki, inson faoliyati natijasida har doim biror moddiy narsaga erishiladi. Zero moddiy narsa natijasida faoliyatning doirasi doimiy kengayib, murakkabligi ortib boradi. Insonni bir vaqtda faoliyati bilan ehtiyoji ham rivojlanib boradi.
Inson faoliyati - bu har doim hayot uni oldiga qo’yilayotgan muammolarni hal etilishidir. U bu muammolarni aqliy va jismoniy faoliyati natijasida yechadi. Umuman olganda inson faoliyatini aqliy va jismoniy faoliyatlarga bo’lish ko’p jihatdan shartli hisoblanadi. Aqliy faoliyat markaziy asab sistemasiga sezilarli darajada yuklanish beradi va mehnatni kuchlanganligi sifatida xarakterlanadi. Jismoniy faoliyat insonni mushaklariga, skelet mushaklariga, yurak-qon tomir sistemalariga va boshqa fiziologik sistemalariga yuklanish beradi.
Zamonaviy hayot ishlab chiqarishda jismoniy faoliyatga nisbatan aqliy faoliyat ulushini oshib borishini xaraktyerlaydi. Bunday holatlar aqliy mehnat bilan shug’ullanuvchi odamlarda yog’ bosish, qon tomir kasalliklari, umurtqa, oshqozon-ichak va boshqa kasalliklarni paydo bo’lishiga olib keladi.
Zamonaviy ishlab chiqarishda kasblar to’rt guruhga bo’linadi: jismoniy, mexanizasiyalashgan, avtomatlashgan va aqliy mehnat. O’z navbatida oxirgi ikkitasini ulushi doimiy o’sayotgan bo’lsa, birinchi ikkitasiniki esa doimiy kamaymoqda. Mos ravishda ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish sohasi kengaymoqda. Ammo insonni yuqori mehnat unumdorligini taminlash uchun aqliy va jismoniy faoliyatini ma’lum darajada birgalikda olib borish zarur. Shu maqsadda har xil trenajyorlar, ayerobika mashg’uloti, jismoniy tarbiya, yugurish, sportcha yurishlardan foydalanish zarur.
Mehnat gigiyenistlari va fiziologlarining qayd qilishicha inson o’zining har qanday faoliyatida uning organizmini bioritmi mehnat va dam olish rejimlari bilan mos kelsa u eng yuqori samaradorlikka erishishi mumkin.
Aqliy mehnat bilan shug’ullanadigan odamlarni bioritmini tadqiqotini ko’rsatishiga ularning mehnat samaradorligi ertalab yaxshilanib, yarim tunda o’zining eng yuqori darajasiga yetadi, so’ngra esa asta-sekin yomonlashib boradi.
2. Har xil shakldagi faoliyatda energiya sarfi
Ko’p sonli olimlarning tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, inson ishlash jarayonida ma’lum energiyani sarflaydi va uning miqdori faoliyat shakliga bog’liq bo’ladi. Sarflanadigan energiyaga turli kasb va undagi qo’l mehnatini solishtirma og’irligi ko’proq ta’sir qiladi. Aqliy mehnat bilan shug’ullanadiganlarda jismoniy mehnat bilan shug’ullanadiganlarga nisbatan 2 baravar ko’p energiya sarf qilinishi tadqiqotlar natijasida aniqlangan. Olimlar energiya sarfini 2 turga bo’ladi:
1) Rostlanmaydigan.
2) Rostlanadigan.
Rostlanmaydigan yoki inson ixtiyoriga bo’ysunmaydigan energiya sarflari birinchi o’rinda insonning barcha organlarini, faoliyatini ta’minlovchi asosiy moddalar almanishuvi bilan bog’liq. O’rtacha statik inson uchun asosiy moddalar almashinuvini shartli o’lchov birligi qilib 1 kg og’irlik uchun soatiga 1 kkal qabul qilinadi. O’rta yoshdagi 70 kg og’irlikdagi yerkak kishi asosiy moddalar almashinuviga sarflanadigan energiya sarfi organizm holatiga va tashqi muhit holatiga bog’liq holda o’zgarib turadi. Kasallanganda, tushkunliklarda asosiy modda almashinuvi faollashadi va shunga mos ravishda energiya sarfi ham oshadi. Inson ixtiyori bilan sarflanadigan energiya sarfi ovqatni o’zlashtirishi jarayoni bilan bog’liq bo’lib, bunda bir kunda energiyaning umumiy sarfi 10-15 % ga ortadi. Bu holatda oqsilning asosiy modda almanishinuvi eng ko’p faollashadi (30-40%), yog’lar kamroq (4-14 %) va uglevodlar yanada kamroq (4-7 %) asosiy moddalar almashinuvi yuz beradi. Rostlanadigan energiya sarflari kasbiy ishlar, uy ishlari, har xil qiziqishlar, jismoniy tarbiya va boshqa jismoniy mehnatlar bilan bog’liq bo’lib ularni hajmini inson ongli ravishda rostlashi mumkin.
Insonning jismoniy yuklanmaganligi qancha yuqori bo’lsa, energiya sarfi shuncha yuqori bo’ladi va shunga ko’p ovqatlanish kerak bo’ladi. Fan texnika taraqqiyoti oxirgi yillarda jismoniy mehnat hajmini nafaqat sanoat ishlab chiqarishda, ishlab chiqarish sferasida balki, uy xo’jaligida ham sezilarli darajada qisqarishi imkonini yaratdi. Tadqiqotlar natijasida 18 yoshdan 59 yoshgacha bo’lgan sog’lom xotin-qizlardagi energiya sarfi ularning mehnati intensivligiga bog’liq bo’lib, ko’proq aqliy mehnat bilan shug’ullanadigan ishchilar ish kuni davomida 2300-2600 kkal, yyengil jismoniy mehnat bilan band bo’lganlar 2650-2750 kkal, o’rtacha og’irlikdagi ishlarda ishlovchilar 2750-2850 kkal, og’ir jismoniy mehnat bilan shug’ullanadigan ishchilar 2900-3200 kkal energiya sarflashi aniqlangan.
18 yoshdan 59 yoshgacha bo’lgan erkaklarda esa ish kuni davomida energiya sarfi quyidagini tashkil etadi: aqliy mehnat bilan shug’ullanadigan ishchilar 2600-2850 kkal, yengil jismoniy mehnatda 2850-3050 kkal, o’rtacha og’irlikdagi ishda 2950-3250 kkal, og’ir jismoniy mehnatda 3450-3750 kkal, o’ta og’ir jismoniy mehnatda esa 3950-4350 kkal. Sarflangan energiyani qoplovchi kalloriyadagi ovqatni organizm uchun iste’mol qilish zarur bo’ladi. Agar ovqatni kalloriyasi organizm energiya sarfini qoplamasa salbiy energiya balansi sodir bo’ladi.
Hozirgi vaqtda energiya va oqsillarni etishmasligi enyergetik balans deb hisoblanadi. Buning natijasida esa og’ir kasalliklar kelib chiqishi mumkin. Ijobiy enyergetik balansni xavfsizligi ham kam emas. Ijobiy balansda insonni ovqatlanishdan olgan energiyasi uning yo’qotgan energiyasidan ortiq bo’ladi. Bunday holat ortiqcha ovqatlanishdan o’ta kalloriyali taomlarni iste’mol qilish natijasida sodir bo’lib og’irlikni oshishiga, ichki organizmni yog’ bosishiga va boshqa kasalliklarni, jumladan yurak-qon tomiri kasalliklarini kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |