Dasturning informasion uslubiy ta’minoti
Mazkur fanni o’qitish jarayonida zamonaviy axborot, pedagogik va kommunikasion texnologiyalarni qo’llash nazarda tutilgan. Bularning asosini zamonaviy kompyuterlar, bilim berish dasturiy vositalari, prezentasiya, vizual laboratoriya, elektron didaktik texnologiyalar tashkil qiladi.
Fanning uslubiy asoslari sifatida amaliy mashg’ulotlarida aqliy xujum, guruhli fikrlash, “ish uyinini” tashkil qilish va boshqa pedagogik texnologiyalardan foydalanish nazarda tutiladi.
«Axborot tizimlar va texnologiyalari» fanidan talabalar bilimini reyting tizimi asosida baxolash mezoni
Fan bo’yicha reyting jadvallari, nazorat turi, shakli, soni, hamda xar bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarning saralash ballari haqidagi ma’lumotlar birinchi mashg’ulotda talabalarga e’lon qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: