1. falsafiy dunyo qarash va uning o`z-o`zini anglashdagi roli


Dunyoqarash subyektiv voqe’likni baholovchi qarorlar to‘plamidir. Tarof-olamni anglashga harakat qilish natijasi o‘laroq kelib chiqadi. Dunyoqarash diniy, falsafiy, ilmiy bo‘lishi mumkin



Download 0,75 Mb.
bet3/30
Sana17.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#812664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
falsafa2524512

Dunyoqarash subyektiv voqe’likni baholovchi qarorlar to‘plamidir. Tarof-olamni anglashga harakat qilish natijasi o‘laroq kelib chiqadi. Dunyoqarash diniyfalsafiyilmiy bo‘lishi mumkin.

Dunyoqarash — dunyoga va insonning undagi oʻrniga, kishilarning oʻz tarofidagi voqelikka va oʻz-oʻziga munosabatiga boʻlgan umumiy qarashlar tizimi, shuningdek, bu qarashlarga asoslangan odamlarning eʼtiqodlari, ideallari, bilish va faoliyat tamoyillari. Dunyoqarash kishining yoshi, hayotiy tajribasi, bilimi, mafkurasi bilan bogʻliq. Dunyoqarashda jamiyatda shakllangan falsafiy, ilmiy, diniy, siyosiy, axloqiy, huquqiy, estetik bilimlar, qarashlar oʻz aksini topadi. Shaxsning dunyoqarashi ijtimoiy munosabatlar bilan chambarchas bogʻlangan. Dunyoqarash insonning oʻzini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi hamda baholashi asosida shakllanadi. Bu jihatdan dunyoqarash voqelikning inson ongidagi subʼyektiv inʼikosidir. Ayrim individning ongi bilan boglangan individual dunyoqarash, muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, sinf, millat va jamiyat miqyosidagi ijtimoiy ong bilan bogʻlangan ijtimoiy dunyoqarash mavjud. Bular bir-birini toʻldiradi, bir-biriga taʼsir qiladi, bir-birini rivojlantiradi. Dastlab individ dunyoni hissiy sezadi (dunyoni his qilish). Bunda individ voqelikni bevosita hissiy inʼikos etish natijasida anglaydi. Keyin voqelik xaqida toʻplagan bilimlari asosida individning dunyoqarashi paydo boʻladi. Bu dunyoni anglash deyiladi. Shaxsning dunyoni anglashi orqali uning oʻzini anglashi ham shakllanib boradi.







  1. FAN ILMIY DUNYOQARASH SHAKLI

Falsafiy dunyoqarashning shakllanishi va rivojlanishi falsafa fanining paydo bo’lishi bilan uzviy bog’liq holda yuz beradi. Zotan falsafiy dunyoqarashning asosini falsafiy qarashlar va tasavvurlar tashkil etadi.
Falsafiy dunyoqarash kundalik faoliyat, dunyoviy, diniy, ilmiy bilimlar, hayotiy kuzatishlar va ijtimoiy tarbiya ta’sirida shakllanadi hamda rivojlanadi. Falsafiy dunyoqarash murakkab tuzilishga ega. U muayyan bilimlar, kelajakka qaratilgan g’oya va maqsadlar, tabiiy va ijtimoiy fan yutuqlari, diniy tasavvurlar, qadriyatlar, ishonch, e’tiqod, fikr, hissiyot kabi tarkibiy qismlardan iborat. Bularning ichida e’tiqod muhim ahamiyat kasb etadi. U dunyoqarashning mazmunini tashkil etadigan asoslardan biridir. E’tiqod insonning o’z qarashlari va g’oyalari to’g’riligiga, orzu-umidlarining asosli ekaniga, faoliyati va xatti-harakatining umumiy maqsadlarga va talablarga mosligiga bo’lgan chuqur ishonchidan paydo bo’ladi. U insonning hissiyoti, irodasi va faoliyatini belgilaydi, ularni boshqaradi, shaxsni omilkorlikka, samarali faoliyatga undaydi.
Falsafiy dunyoqarash tarkibida hissiyot va aql muhim o’rin tutadi. Hissiyot dunyoqarashning emosional-ruhiy jihati bo’lib, dunyoni tushunish esa, dunyoqarashning aqliy shaklidir. Hissiyot – quvonch, shodlik, zavqlanish, hayot va kasb-kordan mamnunlik yoki norozilik, hayratlanish, xavotirlanish, asabiylashish, yolg’izlik, zaiflik, ruhiy tushkunlik, g’am-g’ussa, nadomat, o’z yaqinlari va vatani taqdirini o’ylash kabi xilma-xil shakllarda namoyon bo’ladi. Ana shular barchasining uyg’unligi dunyoni his etishga olib keladi. Dunyoni his qilish esa, uni aqliy tushunishga, muayyan dunyoqarashning shakllanishiga asos bo’ladi.Bunday fanlarning har biri faqat ularning o’zigagina xos bo’lgan maxsus qonunlar va metodlarga, mazkur fan uchun yagona bo’lgan til, kategoriyalar apparati va hokazolarga ega bo’ladiki, bu yuz bergan jarayonlarni to’g’ri tavsiflash va tushuntirish, hozirgi davrni to’g’ri tushunish va bilimlarning tegishli sohasida albatta yuz beradigan yoki muayyan sharoitda yuz berishi mumkin bo’lgan voqealar yoki jarayonlarni ma’lum darajada aniq bashorat qilish imkonini beradi. U yoki bu fanning mazmuni ham, u erishgan natijalar ham barcha madaniyatlar va xalqlar uchun yagona bo’lib, ayrim olimning yondashuvi, nuqtai nazari yoki dunyoqarashiga mutlaqo bog’liq emas. Ular mazkur sohada olg’a siljish uchun o’zlashtirish lozim bo’lgan, vaqt va amaliyot sinovidan o’tgan bilimlar yig’indisi sifatida avloddan-avlodga o’tadi.
Falsafada esa qadimda donishmandlik muxlislarining son-sanoqsiz savollariga tajriba yo’li bilan olingan ba’zi bir oqilona javoblar mavjud bo’lgan. Bu javoblarni haqqoniy, ya’ni amaliyot sinovidan o’tgan, kundalik hayotda o’z tasdig’ini topgan, aniq bilim deb nomlash mumkin. Bunday javoblar masala ««yopilishi», kun tartibidan chiqarilishiga sabab bo’lgan, boshqacha aytganda, aniq ta’riflangan va boshqa javoblarni istisno etgan.
Bunga juda ko’p misollar keltirish mumkin. Masalan, har qanday uchburchak burchaklarining yig’indisi 180 gradusga tengligi yoki suyuqlikka solingan jismga siqib chiqarilgan suyuqlik og’irligiga teng kuch ta’sir ko’rsatishi aniqlangani zahoti bu masalalar o’zining ««ochiq» xususiyatini yo’qotgan, ya’ni ular o’zining boshqa variantlarni istisno etadigan aniq echimini topgan. Bu mazkur masalalar tarofida har qanday qo’shimcha mushohada yuritish foydasizligi tufayli o’zining har qanday ahamiyatini yo’qotganligini anglatgan. Echilgan masalalar va muammolar esa aniq, ishonchli bilim darajasiga o’tgan va shu davrdan e’tiboran o’zining falsafiy tusini yo’qotgan. XX asrda taniqli nemis faylasufi K.Yaspers bu muhim qoidani ta’riflar ekan, shak-shubhasiz asoslardan birini har kim e’tirof etgudek bo’lsa, u shu tariqa ilmiy bilishga aylanadi va bundan buyon falsafa hisoblanmaydi, balki bilimning muayyan sohalariga tegishli bo’ladi, deb qayd etdi.
Shunday qilib, azaldan yaxlit va bo’linmas dastlabki bilim sifatida amal qilgan falsafa zaminida o’sha zamonlardayoq amaliy xususiyat va tegishli yo’nalishga ega bo’lgan bilim sohalari faol shakllana boshladi. Shu tariqa asta-sekin tabiatshunoslik vujudga keldi, muayyan fanlar (matematika, geometriya, fizika, tibbiyot, astronomiya, tarix va boshqalar) shakllanib, o’z shakl-shamoyilini kasb etdi va mustaqil tus oldi. Ayni shu ma’noda falsafa barcha fanlarning asosi hisoblanadi.




  1. Download 0,75 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish