1. Falsafa tushunchasining kelib chiqishi


Qadriyat tushunchasining tasnifi va mohiyati



Download 37,23 Kb.
bet6/7
Sana29.04.2022
Hajmi37,23 Kb.
#592051
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Falsafa Hemis

4.Qadriyat tushunchasining tasnifi va mohiyati

YAngi davrda qadriyatlar haqidagi ta’limotga nisbatan yondashuvlar ratsionalizm nuqtai nazaridan tavsiflana boshlanganki, bu hol fanning rivojlanishi va yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi bilan izohlanadi. Bu davrda qadriyatlar va ularning mezonlari muammosi Rene Dekart, Benedikt (Barux) Spinoza, Klod Adrian Gelvetsiy, Pol Anri Golbax, A.Avloniy, A.Donish, Furqat, Muqimiy va boshqa mutafakkirlarning asarlarida o‘z aksini topgan. Jumladan, A.Avloniy «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida, «yaxshi xulqlar» – muhabbat, yaxshilik, adolat, haqiqat, shijoat, ibrat kabi ijobiy qadriyatlarni va razolat, g‘iybat, jaholat, adovat kabi «yomon xulqlar»ni farqlaydi. Keyinroq, XX asrda, o‘zbek faylasufi S.SHermuxamedov Avloniy g‘oyasini davom ettirib, insonga tabiat 36 ta ijobiy fazilat va 36 ta salbiy illat ato etganligini, ularning qay darajada namoyon bo‘lishini, inson o‘z hayotining qadriga etishida ko‘rinishini e’tirof etadi.


XX asrning boshida fransuz faylasufi P.Lapi qadriyatlar nazariyasini ifodalash uchun «aksiologiya» (yunon. «axios» – «qadriyat», «logos» – «fan», «ta’limot») atamasini muomalaga kiritdi. Keyinchalik, aksiologiya muammolari fenomenologiya, germenevtika, ekzistensializm va boshqa falsafiy yo‘nalishlarning vakillari tomonidan tadqiq etildi.
Aksiologiya nimani o‘rganadi? Aksiologiya – falsafaning qadriyatlarni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi alohida bo‘limi (yunon. «axios» – «qadriyatlar», «logos» – «bilim»: qadriyatlar haqidagi fan). Qadriyatlar ulkan falsafiy ahamiyatga ega. Qadriyatlar tushunchasi insonning dunyoga bo‘lgan munosabatining alohida jihatini namoyon etadi. Ular inson faoliyati, jamiyat va madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlarini yanada teranroq anglab etish imkonini beradi.
Qadriyatlar inson va jamiyat hayotida muhim o‘rin egallaydi, chunki insonning hayot tarzini, uning hayvonot dunyosidan ajralish darajasini aynan qadriyatlar tavsiflaydi. Qadriyatlar shaxsning hayot faoliyatida fundamental ahamiyat kasb etadi. Qadriyatlar odamlarni jipslashtirish, ularni hamjamiyatlarga birlashtirishning muhim omili hisoblanadi. Umumiy qadriyatlarning mavjudligi fuqarolar, ijtimoiy birliklar va guruhlarning tinch-totuvligini ta’minlaydi. Qadriyatlar muammosi jamiyat rivojlanishining o‘tish davrlarida, tub ijtimoiy o‘zgarishlar jamiyatda mavjud bo‘lgan qadriyatlar tizimlarida o‘zgarishlar yasab, odamlarni yo o‘zlari ko‘nikkan eski qadriyatlarni saqlash, yo turli partiyalar, jamoat birlashmalari, diniy tashkilotlar, harakatlarning vakillari tomonidan taklif qilinayotgan, hatto majburiy tarqatilayotgan yangi qadriyatlarga moslashishga majbur etuvchi davrlarda alohida ahamiyat kasb etadi. Qadriyatlar va mo‘ljallarni yo‘qotish yoki vujudga kelgan qadriyatlar tizimi-dan voz kechish esa muqarrar tarzda jamiyatning tanazzulga yuz tutishi va parchalanishiga olib keladi. Qadriyatlar – madaniyatning tizim yaratuvchi muhim omili. Qadriyatlar mazmuniga qarab butun jamiyat haqida hukm chiqarish mumkin. SHu sababli, qadriyatlar nima, qadriyat va bahoning o‘zaro munosabati qanday,qaysi qadriyatlar inson uchun eng muhim va qaysilari ikkinchi darajali, degan savollar bugungi kunda olamshumul ahamiyat kasb etadi. Aksiologiyaning predmetini barcha turdagi qadriyatlar, ularning tabiati, turli qadriyatlarning bir-biri, ijtimoiy va madaniy omillar hamda shaxs strukturasi bilan aloqasi tashkil etadi. Aksiologiya ta’limotiga ko‘ra, qadriyatlar muayyan normativ kategoriya bo‘lib, ular maqsad, ideal, mayl, intilish, qiziqish predmeti sanalgan hamma narsani qamrab oladi. Quyidagilar bu nazariyaning asosiy tushunchalari va kategoriyalari hisoblanadi: yaxshilik, qadr-qimmat, foyda, ahamiyat, baho, g‘alaba,hayotning mazmuni, baht, hurmat va hokazo. «qadriyat» tushunchasining falsafiy mazmuni nimada? Qadriyat mohiyati va tabiatining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Qadriyat o‘z mohiyatiga ko‘ra ijtimoiydir va ob’ekt-sub’ektli xususiyat kasb etadi. Ma’lumki, jamiyat bo‘lmagan joyda qadriyatlar mavjudligi haqida gapirishning o‘zi behudadir. Zero, narsalar, voqealar, ularning inson Bilan, sotsium hayoti bilan aloqasisiz, o‘z holicha qadriyatlar bilan bog‘lanmaydi. Xullas, qadriyatlar doim insoniy qadriyatlar hisoblanadi va ijtimoiy xususiyat kasb etadi. Bu insoniylashgan tabiatga, ya’ni butun sivilizatsiyagagina emas, balki, hatto ko‘p sonli tabiat ob’ektlariga ham taalluqli. Masalan, kisloroddan iborat bo‘lgan atmosfera Erda inson paydo bo‘lishidan ancha oldin mavjud bo‘lgan, lekin kishilik jamiyati vujudga kelganidan keyingina atmosferaning odamlar hayoti uchun ulkan ahamiyati haqida so‘z yuritish imkoniyati tug‘ilgan.
2. Qadriyat insonning amaliy faoliyati jarayonida vujudga keladi. Insonning har qanday faoliyati muayyan maqsadni belgilashdan boshlanadi va mazkur faoliyat ayni shu maqsadga erishishga bag‘ishlanadi. Maqsad – individga o‘zining muayyan ehtiyojlarini qondirish imkonini berishi mumkin bo‘lgan faoliyatning pirovard natijasi haqidagi insonning tasavvuri. SHunday qilib, individ o‘z faoliyatining mo‘ljallangan natijasiga avval-boshdanoq qadriyat sifatida qaraydi. SHu sababli, inson natijaga erishishga qaratilgan faoliyat jarayonining o‘ziga ham o‘zi uchun muhim, qadrli bo‘lgan jarayon sifatida yondashadi.
Albatta, insonning har qanday faoliyati va uning har qanday natijalari emas, balki ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan, ijtimoiy ehtiyojlarga va odamlarning manfaatlariga mos keladigan faoliyat va natijalargina qadriyatlarga aylanadi. Qadriyatlar qatoriga narsalargina emas, balki g‘oyalar, munosabatlar, faoliyat usullari ham kiradi. Biz moddiy ne’matlarni ham, insoniy xatti-harakatlar ezguligini ham, davlat qonunlarining odilonaligini ham, olamning go‘zalligini ham, aqlning ulug‘vorligini ham qadrlaymiz.
3. «Qadriyat» tushunchasini «muhimlik» tushunchasidan farqlash lozim. qadriyat «muhimlik» tushunchasi bilan nisbatlashadi, lekin u bilan ayniy emas. Muhimlik qadriyatga bo‘lgan munosabatning faollik, qizg‘inlik darajasini tavsiflaydi. Nimadir bizni ko‘proq, nimadir kamroq ta’sirlantiradi, nimadir bizni o‘ziga nisbatan butunlay befarq qoldiradi. SHuningdek, muhimlik qadriyat xususiyatigagina emas, balki «aksilqadriyat», ya’ni ziyon xususiyatiga ega bo‘lishi ham mumkin. YOmonlik, ijtimoiy adolatsizlik, urushlar, jinoyatlar va kasallik lar jamiyat va shaxs uchun ulkan ahamiyatga ega, lekin bu hodisalarni qadriyatlar deb nomlash odat tusini olmagan.
Qadriyat tushunchasining yuqorida keltirilgan umumiy tavsifidan kelib chiqib, unga quyidagi ta’rifni berish mumkin: «Qadriyat – bu borliq rang-barang elementlarining ob’ektiv ahamiyati bo‘lib, ularning mazmuni jamiyat sub’ektlarining ehtiyojlari va manfaatlari bilan belgilanadi».



Download 37,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish