«Temur tuzuklari» dan ma’lum bo‘ladiki Amir Temur markazlashgan davlatida qonun-
qoidalar asosida o‘z-o‘zini boshqaruvchi tizim tashkil etishga harakat qilgan: «Saltanatim
martabasini qonun-qoidalar asosida shunday saqladimki, saltanatim ishlariga aralashib, ziyon
etkazishga hech bir kimsaning qurbi etmas edi»
25
.
Amir Temur davlatda adolat tamoyillarining ustun bo‘lishida har ishdan ogohlik va ichki
tartibga hushyor munosabatda bo‘lish katta rol o‘ynashini yaxshi tushungan, uning yozishicha:-
«Turli mamlakatlardagi sadrlar va qoziylarga shariatning asosiy talablari qanday
bajarilayotganligi xususida menga xabar qilib turishni buyurdim. Shunga o‘xshash har el va har
shaharda sipoh va raiyat orasida urf-odatlarga oid janjalli ishlar haqida menga ma’lumot berib
tursin deb adolat amirini tayinladim»
26
.
«Qiziq, bu tasodifmi yoki qonuniymi – bilmadim, «Temur tuzuklari» ham, O‘rta Osiyo
zaminida yaratilgan ko‘pgina ajoyib asarlar singari avval o‘zga yurtlarda, xususan Yevropada
shuhrat topdi», - deb yozadi Bo‘rivoy Ahmedov
27
. Bunga sabab tabiiyki, asarda davlat tuzumi va
boshqarilishiga oid ma’lumotlarning mukammalligida edi.
«Barcha ishlarda,— degan edi Amir Temur,— bu ishlar qaysi o‘lka xalqiga taalluqli
bo‘lmasin, hokimlarning adolat tomonida qattiq turishlariga buyruq berilgan. qashshoqlikni
tugatish maqsadida boshpanalar tashkil qildimki, kam-bag‘allar ulardan nafaqa olib turardilar».
Bundan tashqari, Temurning soliqlar haqidagi qoidasi juda muhim ahamiyatga egadir. Temur
yozadi: «Soliqdar yig‘ishda xalqni og‘ir ahvolga solishdan yoki o‘lkani qashshoqlikka tushirib
qo‘yishdan ehtiyot bo‘lish zarur. Negaki, xalqni xonavayron kilish davlat xazinasining
kambag‘allashishiga olib keladi, xazinaning bequvvatligi harbiy kuchlarning tarqoqlanishiga, bu
esa, o‘z navbatida hokimiyatning kuchsizlanishiga sabab bo‘ladi...»
Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Movarounnahrda mo‘g‘ullarning qariyb 140
yillik hukmronlik davrida bironta ham ko‘zga ko‘rinarli qurilish yoki suv inshootlari vujudga
kelmagan. Amir Temurning tashabbusi bilan 1365 yilda Qarshi, 1370 yilda Samarqand, 1380
yilda esa Keshning atrofi qaytadan mudofaa devorlari bilan o‘ralgan. Shuningdek, xalq
farovonligiyu, mamlakat obodonchiligi yo‘lida suv omborlari, to‘g‘onlar qurishga, ariqlar
qazishga, yangi yerlarni o‘zlashtirishga alohida e’tibor berilgan. Mamlakatning iqtisodiy ahvolini
ko‘tarishda savdoning ahamiyati beqiyos ekanligini tushungan hukmdor bozorlar, rastalar va
timlar, turli-tuman ustaxonalar barpo etib, xalq hunarmandchilik san’atini taraqqiy ettirgan.Sobiq
sovetlar mafkurasi, proletar dunyoqarashi hukmronlik qilgan sharoitda Temur faoliyatiga
nisbatan salbiy munosabatda bo‘lindi, o‘sha davr adabiyotlarida har doim qoralanib kelindi.
Lekin mafkuraviy to‘siq, taqiqlashlarga qaramay Temur haqida o‘zbek olimlari ob’ektiv
fikrlarni bildirdilar. 1968 yili akademik I.M.Mo‘minovning «Amir Temurning O‘rta Osiyo
tarixida tutgan o‘rni va roli» risolasining nashr etilishi muhim voqea bo‘ldi. Risola Temur
shaxsiga biryoqlamali qarashlarga qarshi yozilgan ilmiy asar sifatidagi dastlabki urinish edi.
O‘zbekistonning mustaqillikka erishuvi, eski mafkura siquvidan qutulish, tariximizga to‘g‘ri
munosabatda bo‘lish imkonini yaratdi. So‘nggi yillarda Amir Temur va uning davrini
o‘rganishga bag‘ishlangan qator manbalar, kitoblar, jumladan, Bo‘riboy Axmedovning Amir
Temur haqidagi katta roman-xronikasi nashr etildi. O‘zbekistan Prezidentining farmoni bilan
1996 yil — Amir Temur yili deb e’lon etilishi va bu sana jahon miqyosida nishonlanishi Amir
Temur nomi oqlanib, o‘zbek xalqiga butunlay qaytganiga yorqin dalildir.
Do'stlaringiz bilan baham: