1. Falsafa fani predmeti va bahs mavzulari 2



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/18
Sana03.02.2022
Hajmi1,02 Mb.
#427301
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
1 - mavzu boyicha maruza matni Falsafa

Abu Ali Ibn Sino 
(980-1037) buyuk alloma va mutafakkir. U Buxoro yaqinidagi 
Afshona qishlog‘ida tug‘ilib, Hamadon shahrida vafot etgan. Ibn Sinodan qolgan ma’naviy 
meros taxminan 280 nomdan ziyoddir. Ular tibbiyot, falsafa, mantiq, psixologiya, axloq, musiqa, 
farmakologiya va boshqa sohalarga bag‘ishlangan. Olimning “Shifo kitobi”, “Tib qonunlari”, 
“Bilimlar kitobi”, “Tabiat durdonasi” kabi asarlari mashhurdir. Ibn Sino asarlari Ovro‘poda XII 
asrdan boshlab lotin tiliga tarjima qilina boshlangan. Xususan, «Tib qonunlari» asarining o‘zi 
lotinchada 30 martadan ortiq nashr qilindi. «Kitob ush-shifo»ning ko‘p bo‘limlari, mantiq, 
musiqa, erning tuzilishi, geologik jarayonlar, metafizikaga oid qismlari ham lotinchada nashr 
etildi. So‘ngti ilmiy tadqiqotlar Ibn Sinoning Sharq adabiyotiga ham ta’sir ko‘rsatganligini, 
chuqur falsafiy mazmunni ifodalovchi ruboiy va falsafiy qissalar janrining taraqqiyotiga turtki 
berganligini ko‘rsatadi.
Ibn Sino dunyoqarashi Forobiy asarlari ta’sirida shakllandi, u ijtimoiy-falsafiy 
masalalarda Forobiy qarashlarini davom ettirdi, Sharq ilmini yangi tabiiy-ilmiy fikrlar bilan 
boyitib tizimlashtirdi va yangi bosqichga ko‘tardi. Uning fikricha, falsafaning vazifasiga 
mavjudotni — barcha mavjud narsalarni, ularning kelib chiqishi, tartibi, o‘zaro munosabati, 
biridan ikkinchisiga o‘tishini har tomonlama tekshirish uchun zaruriyat, imkoniyat, voqelik, 
sababiyatlarini asos qilib oldi. Borliqqa bo‘lgan qarashlarida Ibn Sino barcha mavjud narsalar 
ikkiga bo‘ladi: zaruriy vujud (vujudi vojib) va imkoniy vujud (vujudi mumkin). Zaruriy vujud 
hech narsaga bog‘liq bo‘lmagan bir butunlikni tashkil etuvchi Xoliqi olamdir. SHuningdek 
vujudi vojib kosmologik ongni ham tashkil etib olami kabirni o‘zida ifoda etadi. Qolgan hamma 
narsalar imkoniy tarzda mavjud bo‘lib, zaruriy vujud – ollohdan kelib chiqadi. Vujudi vojib va 
vujudi mumkin — sabab va oqibat munosabatidadir. Bu jarayon emanatsiya - tajalli tarzida, 
ya’ni quyoshdan chiqayotgan nur shaklida amalga oshadi. Shu tartibda imkoniyat shaklidagi 
mavjud bo‘lgan aql, jon (nafs) va jism, ular bilan bog‘liq holda osmon sferalari kelib chiqadi. 
Bular hammasi substansiya - javhardir. Bundan tashqari borliqda aksidensiya-oraz ya’ni 
narsalarning tashqi ko‘rinishini belgilovchi, narsalarning belgilari, rang, hajmi, hidi va boshqa 
hususiyatlarii mavjud. Jism shakl va moddadan tashkil topadi. Xudo abadiy, uning oqibati 
bo‘lmish materiya ham abadiydir. Uning o‘zi boshqa konkret jismlarning asosidir. Narsalarning 
konkret ko‘rinishlari, shakllari o‘zgaradi, lekin ularning moddiy asosi yo‘qolmaydi.
Materiyaning eng sodda, bo‘laklarga bo‘linmaydigan shakli to‘rt unsur: havo, olov, suv, 
tuprokdan iborat. Ularning turlicha o‘zaro birikuvi natijasida murakkab moddiy narsalar tashkil 
topadi. Murakkab narsalar o‘zgarib, turli shakllarga ega bo‘lishi mumkin, lekin ularning moddiy 
asosi bo‘lgan to‘rt unsur yo‘qolmaydi, abadiy saqlanadi. Ibn Sino falsafasida ma’lum darajada 
inson vujudga kelishi haqidagi evolyusion ta’limot mavjuddir. Uning fikricha, avval tog‘-toshlar, 
so‘ng o‘simlik, hayvonot va tabiat rivojining eng mukammal namunasi sifatida inson vujudga 


kelgan. Inson boshqa barcha hayvonot olamidan so‘zi, tili va aqli, tafakkuri bilan bilan farq 
qiladi. 
Inson bilimlari narsalarni bilish yordamida vujudga keladi. Bilish hissiy bilish va 
tushunchalar yordamida fikrlashdan tashkil topadi. «Sezish— bu shunday ta’sirki, u tashqi 
narsalarning o‘zi bo‘lmay, balki bizning hislarimizda vujudga keladi. His moddiy obrazning 
oynasi bo‘lib, moddiy shakllarning bo‘yi, eni bilan birga ifodalanganligi sababli, ularni inson 
moddiy asossiz in’ikos eta olmaydi va jismlarni bilolmaydi»,- deb yozadi Ibn Sino. Inson 
tafakkuri turli fanlarni o‘rganish yordamida boyiydi, rivoj topadi. Bunda, xususan, u mantiq 
ilmiga katta e’tibor beradi. Aql har qanday bilishning va amaliy faoliyatning mezoni sifatida 
talqin etiladi. «(Aql) tarozisida o‘lchanmagan har qanday bilim,— deb yozadi ibn Sino,— chin 
bo‘lolmaydi, demak, u haqiqiy bilim emas». Ibn Sino ijodida fanning strukturasini tekshirish, 
ilmlarning tartibini aniqlash, ularni tasnif qilishga e’tibor alohida o‘rin egallaydi. Bu masalada 
ham olim Forobiy boshlab bergan fan-ar tasnifi haqidagi masalani yanada taraqqiy ettirishga 
harakat qiladi. Ibn Sinoning falsafiy sistemasini ifodalovchi asarlarida («Kitob ush-shifo», 
«Kitob un-najot», «Donishnoma») falsafiy bilimlar: mantiq, fizika, matematika, metafizika 
tartibida beriladi. Bulardan mantiq — bilishning metodi, mavjudotni o‘rganish, u haqda fikr 
yuritishning ilmiy usuli sifatida talqin etiladi. Ibn Sino mantiq ilmini tadqiq etishga katta e’tibor 
beradi, unga maxsus risolalar bag‘ishlaydi. Xususan, u mantiqiy usullar, ta’riflash, hukm, xulosa 
chiqarish, isbotlash masalalarini o‘rganishga katta hissa qo‘shdi, mantiq fanini Forobiydan so‘ng 
bilishning to‘g‘ri metodi sifatida rivojlantirdi.
Ibn Sino ilmni nazariy va amaliy ilmga bo‘ladi.Nazariy ilmlar haqiqatni bilishga, amaliy 
ilmlar yaxshi ishlarni bajarishga qaratilgan. 
Falsafaning nazariy qismi quyi darajadagi ilm, ya’ni tabiatshunoslik, o‘rta darajadagi ilm 
— matematika va oliy darajadagi ilm — metafizikaga bo‘linadi. 
Falsafaning amaliy qismi ham uchga bo‘linadi:
a) shaxs haqidagi ilm;
b) insonning o‘zaro munosabatlari haqidagi ilm;
v) davlatni, mamlakatni boshqarish haqidagi ilm. Nazariy-falsafiy ilmlarga kiruvchi har 
uch turdagi ilmlar asosiy va yordamchi bo‘laklarga ajraladi; tabiatshunoslik ilmlari astrologiya, 
meditsina, alkimyo kabi etti xil tarmoqni o‘z ichiga oladi. Matematika esa arifmetika, 
geometriya, astronomiya, musiqa nomi bilan 4 tarmoqqa bo‘linadi. Asarda 29 ilm tarmog‘i tilga 
olinadi.Ibn Sino o‘z dunyoqarashida panteistik prinsipga asoslanadi: Tangri va borliq bir-biriga 
zid, bir-birini inkor etuvchi narsalar emas, aksincha, ular bir butun holda mavjudotni tashkil 
etadi. Abadiylik Tangriga xos. Tangri va tabiat ma’lum pog‘onalar yordamida bog‘lanadi. Uzun 
va yaxlit zanjirning bir tomonida yaratuvchi Tangri — zaruriy vujud, ikkinchi chekkasida tabiat 
yotadi. Ibn Sino haqiqiy axloqiy fazilatlarga va ideal jamoaga shu mavjud dunyoda erishuv 
mumkin, jamiyatda insonlar o‘zaro yordam asosida yashashlari kerak deb ta’kidlaydi. Jamiyat 
kishilarning o‘zaro kelishuvi asosida qabul qilinadigan adolatli qonunlar yordamida boshqarilishi 
lozimligini ta’kidlaydi. Jamiyat a’zolarining hammasi bu qonunga itoat etishlari, qonunni buzish 
va adolatsizlik jazolanishi, basharti podshoning o‘zi adolatsizlikka yo‘l qo‘ysa, xalqning unga 
qarshi qo‘zg‘oloni to‘g‘ri va jamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmog‘i lozim. 
Ibn Sino Zakariya ar-Roziy va Beruniy kabi jahon falsafiy tafakkuri tarixida 
birinchilardan bo‘lib kuzatuv va tajriba metodiga alohida e’tibor qaratdi. Mutafakkir o‘z 
asarlarida ilm va axloq-odob uyg‘unligi, inson kamoloti, baxt-saodat, ijtimoiy adolat, 
kishilarning o‘zaro hamkorligi, hukmdorning burchi to‘g‘risida qiziqarli g‘oyalarni ilgari surgan. 
Uning ta’kidlashicha, barchani bir xil ijtimoiy mavqega erishtirib bo‘lmaydi. Aslida ular uchun 
muayyan sharoit yaratib bermoq lozim. Barchaning boy va mansabdor bo‘lishi yoki hammaning 
qashshoq bo‘lishi jamiyatning tanazzuli va inqirozidir. Lekin inson o‘zgarlarga mehr-oqibatli, 
g‘amxo‘r bo‘lmog‘i, kerak vaqtda saxovat va muruvvat qo‘lini nochorlarga uzatishi zarurdir


Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish