Bahona va shart. Sabab, bahona va shartni farqlash lozim. Bahonani sub’ektiv sabablar qatoriga kiritish mumkin. Bunda voqea yoki sherikning harakati o‘zining, odatda, noto‘g‘ri javob harakatlarini oqlash maqsadida talqin qilinadi va baholanadi. SHartlar-amaldagi yoki ehtimol tutilgan sababning mavjudlik muhitini tashkil etadigan ichki omillar va tashqi munosabatlar majmuidir.
Zaruriyat va tasodif. Zaruriyat- bu hodisalar o‘rtasidagi ularning qonuniy o‘zgarishi va rivojlanishini belgilovchi barqaror, muhim ichki aloqalar.
Tasodif – ob’ektlarning vujudga kelishi yoki mavjudligining muammoliligini yoki muqarrar emasligini belgilovchi kategoriya; soddaroq qilib aytganda muayyan sharoitda bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin bo‘lgan narsa tasodifiy hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |