Etalonlarni qonuniy tasniflanishi
Mazkur hudud yoki tashkilotdagi etalonlardan eng yuqori metrologik xossalarga ega bo’lgan, birlikning o’lchamini o’ziga tobe o’lchash vositalariga beruvchi va belgilangan tartibda rasmiy tasdiqlangan etalon boshlang’ich etalon deyiladi. Qiyoslash sxemasida boshlang’ich etalondan keyin turadigan etalonlar, odatda tobe etalonlar deb ham ataladi. Davlat uchun boshlang’ich etalon sifatida xizmat qilishi rasmiy qaror bilan tan olingan etalon milliy (davlat) etalon deb ataladi. O’zbekistonda milliy etalonlarni ishlab chiqish tartibi, attestatlash, tasdiqlash, qayd qilish, saqlash va qo’llash davlat standartida O’z DSt 8.014:2002 belgilangan.
“Milliy etalon” tushunchasining ta’rifi, mohiyati jihatdan “davlat etaloni” tushunchasining ta’rifiga mos keladi. “Milliy etalon” ta’rifi “Metrologiyadagi asosiy va umumiy atamalar xalqaro lug’ati” ga mos keladi va bu “davlat etaloni” va “milliy etalon” atamalarining bir xil tushunchasini ifodalashini tasdiqlaydi.
Shu sababli mamlakatimizda “milliy etalon” atamasi alohida davlatlarga qarashli etalonlarni xalqaro etalon bilan solishtirishda yoki qator mamlakatlarning etalonlarini yalpi solishtirish ishlarini o’tkazishda qo’llaniladi.
Etalonlarning texnik infrastrukturasi, maxsus binolar, inshootlar,
uskunalar etalon komplekslarining ajralmas qismi bo’lib, ularning
tarkibi etalonlarning hujjatlarida beriladi. Milliy etalonlar davlatning strategik muhim va mutlaqo xususiyatlik ob’ekti bo’lib, uni sotish va sotib olish mumkin emas.
O’lchashlar birliligini global masshtabda ta’minlash uchun
O’lchashlar va tarozilar xalqaro byurosi (MBMV) da saqlanadigan
xalqaro etalonlar qo’llaniladi. Xalqaro etalonlar – Milliy etalonlar bilan qayta tiklanadigan va saqlanadigan birliklar o’lchamlarini muvofiqlashtirish uchun xalqaro kelishuv bo’yicha xalqaro asos sifatida qabul qilingan etalon.
Misol – O’lchovlar va tarozilar xalqaro byurosi (O’TXB) da saqlanadigan kilogrammning xalqaro timsoli 1-chi o’lchovlar va tizimlar bosh konferensiyasi (O’TBК) da tasdiqlangan. Rasmda massa birligi (kilogramm)ning xalqaro etalonining tashqi ko’rinishi keltirilgan. 1889 yili O’lchashlar va tarozilar bosh konferensiyasi (O’TBК) da tasdiqlangan kilogrammning xalqaro timsoli platina iridiyli qotishma toshidan tarkib topadi (90% Pt, 10% Ir). Birlamchi etalonni saqlashda uni muntazam ravishda tadqiq qilish, shu jumladan birlikni qayta tiklash va saqlash aniqligini oshirish va uning o’lchamini uzatish usullarini takomillashtirish maqsadida boshqa davlatlarning milliy etalonlariga solishtirish ishlari bajariladi. Davlat etalonlarini saqlash ishlariga rahbarlik qilish uchun
maxsus lavozimli shaxslar – mazkur sohada etakchi metrolog mutaxassislar ichidan tayyorlanadigan davlat etalonlarini saqlovchi olimlar toifasi belgilanadi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda milliy etalonlarning muhimligi (qiymatliligi) o’lchash birliligini ta’minlashda ularning roli bilan hamda ko’p holda aniq nushalash imkoniyatini yo’qligi bilan va birlamchi etalonlarni yo’qolgan hollarda qayta tiklash imkoniyatini yo’qligi bilan aniqlanadi. Etalonlarning qiymatliligi muntazam metrologik tadqiqot (izlanish) lar va xalqaro solishtirishlar natijasida ularning xususiyatlarini o’rganish va takomillashtirish bilan keskin oshadi.
Milliy etalonlarning ilmiy-texnikaviy darajasi davlatning ilmiy va texnikaviy potensialining ko’rsatkichi hisoblanadi va mamlakatning texnikaviy va iqtisodiy mustaqilligini va uning strategik maqsadlarini amalga oshirish, shu bilan bir qatorda milliy xavfsizligini ta’minlash uchun etarli darajada bo’lishi kerak.
Milliy etalonlar bilan bir qatorda MDH davlatlar doirasida davlatlararo etalonlar ham mavjud. Bu etalonlar kelishuv asosida ishtirokchi davlatlar uchun boshlang’ich etalon sifatida belgilangan tartibda tan olingan etalonlardir (bu etalonlar: “Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash-tirish sohasida kelishilgan siyosatni o’tkazish olib borish to’g’risida” gi bitimga asosan).
Davlatlararo etalon ikki va undan ortiq ishtirokchi davlatlar kelishuvi bo’yicha qabul qilingan milliy etalonlardan iborat bo’ladi. Etalonlarning turlarini ularning hususiyatlarini bilish metereologiyda juda muhim hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |