Yorug’likka munosabati. Kartoshka yorug’sevar o’simlik. Yorug’lik
yetishmasa, palaklarning o’sishi, gullashi, tuganak paydo bo’lishi susayib,
hosildorlik jiddiy kamayadi. Biroq yoz oylari respublikamizda quyoshning yerga
kuchli darajada nur sochishi (insolyasiyasi) o’simlikning o’sish va hosil
to’plashiga salbiy ta’sir etadi. Kartoshka bir gektar maydonida 40-50 ming kvadrat
metr barg sathi shakllantiradigan ekish qalinligi eng qulay hisoblanadi
(T.E.Ostonaqulov, 1991).
Kunning uzunligi ham kartoshkaning o’sish va rivojlanishiga katta ta’sir
etadi. Uzun kun o’simlik palagining, qisqa kun esa tuganak shakllanishi va
o’sishining jadal o’tishiga olib keladi. Lekin, bu holat shartli bo’lib, ko’pchilik
hozirgi ekiladigan navlar uchun uzun kun o’simlikning rivojlanishi va tuganak
hosil qilishi uchun ham yaxshidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |