Mundarija
KIRISh ....................................................................................................................
1.Adabiyotlar sharhi................................................................................................
1.1.Kartoshkaning axamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi va botanik ta’rifi................
1.2.Kartoshkaning biologik xususiyati.....................................................................
1.3. Ertagi kartoshka usishi, rivojlanishi, xosildorligiga tuganaklar o’stirib
olishning ta’siri bo’yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari va ularning
tahlili.........................................................................................................................
2.O’zbekistonda rayonlashtirilgan va keng tarqalgan kartoshka navlari.................
3.Ertagi kartoshka yetishtirish texnologiyasi............................................................
4. Ertagi kartoshka yetishtirish texnologik xaritasi....................................................
5. I.A.Karimovning mamlakatni modernizasiya qilish, kuchli fuqarolik jamiyati
barpo etishning asosiy yo’nalishlari va ustuvor vazifalari....................................
6.Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf
etishning yo’llari va choralari................................................................................
7.Hayot faoliyati xavfsizligi .................................................................................
Xulosa va takliflar.................................................................................................
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.......................................................................
Ilovalar....................................................................................................................
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
KIRISh
Kartoshka oziq-ovqat, yem- xashak va texnik ahamiyatga ega yuo’lgan
universal ekindir. U dunyo dehqonchiligida maydoni bo’yicha sholi,
makkajo’xoridan keyingi o’rinda turadi. Shuning uchun ko’pchilik Yevropa
mamlakatlarida “Ikkinchi non” deb yuritiladi. O’zbekiston kartoshka asosan oziq-
ovqat sifatida is’temol qilish uchun ishlatiladi . juda kam miqdordagi sifati past
qismi esa chorva ozig’iga ajratiladi. Kartoshkachilikni rivojlantirish va uni ilg’or
sohaga aylantirish bevosita yuqori navli moslanuvchan, kasallik va noqulay
sharoitlarga chidamli mashina mexanizmlari yordamida ekish yetishtirish hamda
yig’ishga mos va yaxshi saqlanuvchan navlarni tanlash va yaratishga bog’liq.
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz xukumati tomonidan respublikada kartoshka
ishlab chiqarishni ko’paytirishga alohida e’tibor yuyerilmoqda. Varirlar
Maxkamasi tomonidan 1996 yil 30 avgustda “Kartoshkachilikda bozor
munosabatlarini chuqurlashtirish va Respublikada kartoshka yetishtirishni
ko’paytirish chora tadbirlari to’g’risida” gi qaror qabul qilindi va bunga asosan
kartoshka ekini maydonlari kengaytiridlmoqda va uning hosildorligini
oshirishning barcha tadbirlari amalga oshirilmoqda. Bizning respublikamiz aholisi
kartoshkaga bo’lgan talabini qondirish, urug’lik fondini yaratish uchun ayni
kartoshka mahsulotlarni, ikki martaga ko’paytirish zarur bo’ladi.
Kartoshkachilik dunyo dehqonchiligida, shu jumladan O’zbekiston qishloq
xo’jaligida asosiy rivojlanayotgan sohalardan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda
respublikamizda “O’zkartoshka” firmasi tashkil etilib, boshqa davlatlar firma,
mutaxassislari bilan xamkorlik, tajriba almashish, turli urug’, texnika va kimyoviy
vositalar hamda o’stirish texnologiyalarini keltirib sinash, takomillashtirish va bir
qancha ijobiy ishlar amalga oshiriladi. Natijada hozirgi kelib kartoshka maydoni
50-55 ming gektarga yetkazilib, 0,7-0,8 mln. tonna yalpi hosil olinmoqda. Bunga
albatta respublika sharoitida bajarilgan ilmiy- tadqiqot natijalari, ilg’orlar tajribasi
va dunyoga mashhur texnologiya, fan texnika yutuqlarini joriy etish orqali
erishilmoqda. Kartoshkachilikni rivojlantirishning asosiy yo’llaridan biri
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
hosildorlikni oshirish, zamonaviy urug’chilikni tashkil etish va rentabellikni
oshirish hisoblanadi. Respublikamiz qishloq xo’jaligining asosiy tarmoqlaridan
biri bo’lgan kartoshkachilikni rivojlantirish aholini oziq-ovqatga bo’lgan talabini
qondirishda alohida ahamiyatga ega.
BMIning vazifalari - kartoshkaning mofologik, biologik xususiyatlari,
navlar, tuganaklar o’stirib olishni xosildorlikka ta’siri va uni oshirish bo’yicha
tahlil qilish hamda xulosalar qilib, ishlab chiqarishga tavsiyalar berish.
Mazkur bitiruv ishi referat talablari asosida bajarildi. Uni bajarishda yangi
adabiyotlar, internet ma’lumotlapridan foydalanidi. BMIni bajarishda Axborot
resurs markazi va yaqindan yordamlashga O’simlikshunoslik kafedrasining
professor-o’qituvchilariga o’zimnin samimiy minnatdorchiligimni bildiraman.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com