1. Eramizdan avvalgi faylasuflar talqinida ijtimoiy psixologik muammolarning hal qilinishi



Download 36,5 Kb.
Sana08.07.2022
Hajmi36,5 Kb.
#757937
Bog'liq
eramizdan avvalgi...ij.psix


1.Eramizdan avvalgi faylasuflar talqinida ijtimoiy psixologik
muammolarning hal qilinishi
G.M. Andreevaning yozishicha, ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida
shakllanish tarixini belgilash shuning uchun ham mushkulki, u bir vaqtning o‘zida
bir necha fanlar tarixiy rivojlanishiga aloqador bo‘lib, qaysi biri ko‘proq bu
jarayonning mohiyatini belgilashini bilish qiyin.1 Shuni alohida ta’kidlash joizki,
ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida oyoqqa turishiga ko‘plab nazariy
yondashuvlar turtki bo‘ldi. B. Pariginning fikricha, ijtimoiy psixologik g‘oyalar
dastlab boshqa fan sohalarida shakllanib oldi va so‘ngra mustaqil fan sifatida
ajralib chiqishi uchun zamin yaratdi. 2 Gap bu o‘rinda uning falsafiy qarashlar
doirasida shakllanishi to‘g‘risidadir. Ushbu jarayondagi bo‘linish yoki ajralib
chiqish asosan falfasadan psixologik va sotsiologik nazariyalarning ajralib chiqishi
hisobiga sodir bo‘ldi, desak bo‘ladi. Shu nuqtai nazarni yoqlagan olimlardan O.
KlaynbergvaG. Olportlar ham ijtimoiy psixologik g‘oyalar tarixi qadimgi grek
falsafasiga, xususan, Platon g‘oyalaridan, va nafaqat Platon, balki Aristotel
g‘oyalaridan boshlanganligini ta’kidlaydilar. Falsafaning yangi davrida paydo
bo‘lgan olimlardan Gobbs, Lokk, Galvesiy, Russo, Gegellarning jamiyat va shaxs
o‘zaro munosabatiga oid qarashlarida ham olimlar ta’kidlagan sof ijtimoiy
psixologik nuqtai nazarlarning shakllanganligini ta’kidlash mumkin.
Agar yuqoridagi allomalar asarlarida falsafa doirasida ijtimoiy psixologik
qarashlar mavjud bo‘lgan bo‘lsa, bevosita fan sifatida ijtimoiy psixologiyaning o‘z
predmetiga ega bo‘lish tarixiy anada diqqatga sazovordir.
Bu davrda ijtimoiy psixologiyaning rivojiga umuman jamiyatda sodir
bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlar sabab bo‘ldi. Masalan, 19
asrning o‘rtalariga kelib qator Evropa mamlakatlarida sanoat va savdo-sotiqning
rivojlanishi davlatlararo iqtisodiy aloqalarning keskinlashuviga, shu asnoda
millatlar va xalqlararo munosabatlarning tig‘izlashuviga olib keldi. Bu o‘z
navbatida tilshunoslikning rivoji va xalqlar psixologiyasining shakllanishiga olib
keldi. Lekin tilshunoslik fani o‘z imkoniyatlari darajasida turli xalqlar o‘rtasidagi
muomala va muloqotning samarali yo‘llarini belgilash, odamlarning samarali
hamkorligini ta’minlashga ojiz edi.
Aynan shunday shu davrga kelib antropologiya, etnografiya, arxeologiya
sohasida ham qator muvaffaqiyatlar qozonila boshlandiki, ular ham qo‘lga kiritgan
noyob natijalarni ijtimoiy psixologiya siz aniq ta’riflay va tavsiflay olmadi.
2.Sharq mutafakkirlarining asarlarida ijtimoiy psixologik qarashlarning
yoritilishi
Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatidagi tarixi uning ijtimoiy psixologik
qarashlar yok iijtimoiy psixologik tafakkur tarixidan anchagina yoshdir. Chunki
insoniyatning birgalikda yashash, mehnat qilish, bir-biriga ta’sir ko‘rsatishga
intilishi, ehtiyoji qanchalik qadimiy bo‘lsa, ijtimoiy tafakkur, odamlarning bir
birlarigao‘zaro hamjihatlik ko‘rsatishga bo‘lgan moyilligi va istaklari ham
shunchalik qadimiydir. Ikkinchi tomondan qadimgi tarixdan bilamizki, odamlar
turli marosimlar, aqidalar, an’analarni ham ma’lum ma’noda o‘zaro
munosabatlarni tartibga solish, hamkorlikda mehnat qilish va bir-birlarini turli
balo- qazolardan muhofaza qilish yo‘llarini o‘ylab topganlar. Qaysi bir xalq udumi
yoki qadimgi an’anasini olmaylik, unda jamoaviylik psixologiyasi xukm surishini
yaxshi bilamiz. Unda eng avvalo ahloq normalarining shakllanishi uchun real
asoslar mavjuddir. Masalan, turkistonliklarning ko‘plab udumlari, masalan, to‘y
maraka qilish va unda ommaning to‘planishi, xashar yo‘li bilan biror inshootni
bitirish va unda barcha mehnatga layoqatli odamlarning jam bo‘lib to‘planishi kabi
yuzlab udumlar qadimiy bo‘lib, unda muayyan ma’noda jamoa bo‘lib yashash va
hamkorlikning ahloqiy mezonlari namunasidir. Aynan shu kabi udumlar ijtimoiy
psixologik tafakkurning paydo bo‘lishi uchun asos bo‘lib xizmat qilgan. Shu bois
ham ijtimoiy psixologik tafakkur tarixi bilan ijtimoiy psixologiyaning fan
sifatidagi tarixida muayyan umumiylik va farqlar mavjud.
Download 36,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish