Innovatsiyalar diffuziyasi bir marta o’zlashtirilgan innovatsiyani yangi mintaqalar, yangi bozorlar va yangicha moliyaviy-iqtisodiy sharoitlarda tarqatishni ifodalaydi. Diffuziya moliyaviy innovatsiya tavsifnomasi yoki uni harakatlantirish shartlarining o’zgarishi (bank foiz stavkasi, depozit muddati va h.k.ning o’zgarishi), yangi sotuv bozoralrini egallab olish va hakozolar bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Innovatsion faoliyat, ayniqsa fundamental va amaliy tadqiqotlarni bajarishda noaniqlik va xatarning yuqori darajasi bilan ta’riflanadi. Yangilik kiritish loyihasini tanlash va qarorlar qabul qilishda ham xatar elementi juda katta. U axborotlarning to’liqligi ko’zda tutilgan loyihaning sifati, qarorlar qabul qilish usullari va yondashuvlarga bog’liq. Yangi tovarni seriyali ishlab chiqarish zarurati eng kam bo’ladi. Ammo bozorga chiqish va yangilik kiritish diffuziyasida yangiliklarning noaniqlik va xatar elementlari yana o’sadi, yangiliklarni sotishning barqaror hajmi va yuqori raqobatbardoshligida esa kamaya boshlaydi. Keyingilar innovatsiyalar yashash davrlarining har xil bosqichlarida ularni boshqarish xususiyatlaridir. Ko’pgina ijodiy g’oyalar bilimlar o’sishining mantiqiy izchil jarayoni va tafakkurning an’anaviy sharhi bo’lmaydi. Tijorat novatorlik tashkilotlari hamma vaqt ham beixtiyor ijodiy hodisalarga bog’liqdir. Korxonaning oddiy, an’anaviy faoliyatida “boshqarish usullari va yondashuvlari tasodifga juda kam joy qoldiriladi, ammo tadbirkorlik loyihalarining muvaffaqiyati ko’proq darajada bu loyihalar asoslangan g’oyalar va kontseptsiyalarning sifatiga bog’liq”, - deb yozadi yangiliklar bo’yicha mashhur mutaxassis Brayn Tviss. Yangilik diffuziyasi. Yangilik kolilersializatsiyasi jarayoni ularning iqtisodiyot sistemasida tarqalishi bilan kuzatiladi. Avval bu kabi tarqalish bir necha tashkilot doirasida bo‘lib o‘tadi, lekin keyinroq keng quloch oladi. Bu jarayon diffuziya deyiladi. Yangilik diffuziyasi – iqtisodiyotda ularning tarqalish jarayoni. Yanada aniqroq aytganda bu jarayon eski texnologiyalarni siqib chiqarilishi orqali, shuningdek, mijozlar tomonidan anologi bo‘lmagan yangi texnologiyalarni qabul qilish orqali ifodalanadi. Diffuziya jarayonlari, texnologiya rivojlanish jarayonlari kabi egri chiziq orqali ifodalanishi mumkin. Bu holatda ular almashtiruvchi egri chiziqlar deb atalishi mumkin. Almashtiruvchi egri chiziq parametrlari yangilik xususiyati, shuningdek, bir qator iqtsodiy parametrlarga bog‘liq. Bu kabi egri chiziq parametrlarni aniqlashning turli xil usullari mavjud. Tadqiqotlar jarayonida S shakl egri chiziq xususiy holati o‘rganiladi – bu Perla egri chizig‘i deyiladi. Bu egri chiziq quyidagi ko‘rinishga ega:
Bu yerda:
Yt – t vaqt nuqtasida o‘zgaruvchanlik hajmi.
t – vaqt faktori.
a, k, b – son parametrlari (konstantalar).
L – u o‘zgaruvchanlikning yuqori chegarasi.
e-son, natural logarifm.
Mashhur amerikalik innovatsiyalar targ‘ibotchisi E. Mensfild yangilik diffuziyasi jarayoni modulini AQSH iqtisodyotining bir necha tarmoqlarida ishlab chiqish uchun mazkur egri chiziqni qo‘llagan. O‘rganilayotgan diffuziya ko‘rsatkichi sifatida t-vaqtida bo‘lgandagi yangilikni qabul qilgan firmalar o‘rganib chiqilgan. Yuqori chegara sifatida yangilik qabul qila olgan tarmoq firmalar soni nazarda tutilgan. Misol uchun “Shishalarni tezkor to‘ldirgich” yangiligi uchun pivo sanoatida Perla egri chizig‘i Mensfildga ko‘ra quyidagi ko‘rinishga ega:
Parametr o‘lchovi b(0,36), iqtisodiy faktorlar bog‘liqligiga tayanadi, sotib olish muddati yangilik sotib olish muddati bilan munosabat, shuningdek, o‘rta birlamchi sarmoyaning tarmoq firmalar fondlari o‘rtacha hajmiga bo‘lgan munosabatidir.Innovatsiyalar diffuziyasi bir marta o`zlashtirilgan innovatsiyani yangi mintaqalar,yangi bozorlar va yangicha moliyaviy-iqtisodiy sharoitlarda tarqatishni ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |