5. Tarixiylik tamoyili. Leontiev, Asmolov. Bu tamoyilga ko‘ra, inson ongining rivojlanishi ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot jarayonida sodir bo‘lib, bu davrda kishilarning ijtimoiy mavjudligi ularning ongini, turmush tarzini, o‘z navbatida, ular tomonidan belgilab qo‘yilgan.
Ushbu tamoyilga ko'ra, shaxsni, kognitiv jarayonlarni, shaxslararo munosabatlarni o'rganish muayyan ijtimoiy-tarixiy shakllanishni hisobga olgan holda amalga oshirilishi va turli submadaniyatlarda sotsializatsiya xususiyatlarini hisobga olishi kerak.
6. Barqarorlik tamoyili. Lomov tomonidan ishlab chiqilgan. Prinsip shundan iboratki, psixik shakllanishlar (jarayonlar, sifatlar) ancha murakkab tuzilishga ega va bu strukturaning tarkibiy qismlari bir-biri bilan jamlangan va ular o'rtasida ma'lum munosabatlar mavjud. Misol sifatida biz tushunchalarni ko'rib chiqishimiz mumkin: VPF, shaxsiyat va boshqalar.
9.Eksperimental psixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi
Psixologiya falsafa fani bilan chambarchas bog’langan. Bu bog’liqlik ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini to’la anglash va rivojlantirish an'analarini belgilashdagi o’rni va ahamiyatidan kelib chiqadi.
Tabiat, jamiyat va inson tafakkurini rivojlanishiga oid bo’lgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarni psixologiya falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o’zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlar bilan falsafani boy ma'lumotlarga ega bo’lishiga yordam beradi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, mustaqillik mafkurasi va milliy ongni shakllanishiga taalluqli, umumiy, ilmiy qonuniyatlarni tizimlashda bu ikkala fan - falsafa va psixologiyaning hamkorligi bevosita sezilmoqda. Bu bog’liqlik avvalo yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantirish muammosi ko’ndalang turgan tarixiy davrda milliy istiqlol qoyalarini yurtdoshlarimiz ongi va tafakkurida shakllantirish kabi dolzarb vazifalarni bajarishga xizmat qilmoqda.
Sosiologiya fani ham yangicha munosabatlar sharoitida o’z taraqqiyotining muhim bosqichiga erishar ekan, psixologiya ushbu fan tomonidan qo’lga kiritilgan yutuqlardan foydalanadi hamda ularning qo’llanilishiga, ommalashishiga baholi qudrat xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda rivojlanib, ajralib chiqqan bugungi taraqqiyot davrimizda alohida ahamiyat kasb etgan ijtimoiy psixologiyaning sosiologiya bilan aloqasi uzviy bo’lib, ular jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va rivojlanishni ta'minlash ishiga xizmat qiladi. qolaversa, huquqiy-demokratik davlat qurish ishini sobitqadamlik bilan amalga oshirayotgan O’zbekiston aholisining huquqiy madaniyatini va demokratik o’zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorligini amalda ta'minlash bu sohada muntazam tarzda ijtimoiy fikr, insonlar fikr va qarashlaridagi o’zgarishlarni o’rganish, bashorat qilish va taraqqiyot mezonlarini ishlab chiqishda ikkala fan metodologiyasi va metodlarini birlashtirish tadbiqiy ahamiyat kasb etadi.
Pedagogika bilan psixologiyaning o’zaro hamkorligi va aloqasi an'anaviy va azaliy bo’lib, ularni yosh avlod tarbiyasining zamon talablari ruhida amalga oshirishdagi roli va nufuziga xosdir. O’z-o’zidan ravshanki, bunday aloqa hamisha ham mavjud bo’lib kelgan va buni ilg’or psixologlar va pedagoglar tushuntirib berishga harakat qilishgan. Rus pedagogi va psixologi K.D.Ushinskiy pedagogika uchun o’z ahamiyatiga ko’ra psixologiya barcha fanlar ichida birinchi o’rinda turadi, deb ta'kidlagan edi. Kishini har jihatdan tarbiyalamoq uchun, - deb qayd etgan edi K.D.Ushinskiy, uni har jihatdan o’rganmoq darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |