1. Elektromagnitizm laboratoriyasida xavfsizlik qoidalari, elektr o‘lchov asboblari bilan tanishtirish



Download 0,66 Mb.
bet12/12
Sana16.01.2022
Hajmi0,66 Mb.
#379573
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Labaratoriya ishi

Yo`naltiruvchi ma`lumotlar

  1. Q = cm∙(t2-t1) – suvni isitish uchun sarf bo’ladigan issiqlik miqdori.

  2. Q = ∙m – qaynash temperaturasidagi suvning bug’ga aylanishida sarf bo’ladigan issiqlik miqdori.

Jadval ma`lumotlari

  1. Suvning solishtirma issiqlik sig’imi c = 4,2∙103J/kg∙K.

  2. Qaynash temperaturasidagi suvning solishtirma bug’lanish issiqligi –  = 2,3∙106J/kg.


Mustaqil bajarish uchun topshiriq – 11 (1), 11 (2):
56-rasmda elektr isitish asbobining nominal kuchlanishi tarmoqdagi kuchlanishdan kichik bo’lgan holdagi ulash sxemasi tasvirlangan.

1. Zanjirga reostat qanday maqsadda ulangan?

2. Reostatdagi (Up) kuchlanishning taqribiy qiymatini toping.

3. Isitkichning (In) nominal tok kuchini toping.

4. Reostatning zanjirga kiritilgan qismidagi (Rp) qarshilikni toping.


  1. Har bir reostatning ma’lum qarshiligi bo’ladi va u maksimal (nominal) tok kuchiga mo’ljallanadi. Bu reostat parametrlari deb ataladi. Reostat parametrlari jadvalidan foydalanib, berilgan zanjirda qaysi reostat qo’llanilishini aniqlang.



Reostat parametrlari

2000 Ω

0,1 A

1000 Ω

0,2 A

100 Ω

3 A

30 Ω

5 A

7,5 Ω

10 A

6) reostat jilgichini chapga yoki o’ngga surilsa zanjirda qanday o’zgarish ro’y beradi?



Menzurkadagi suvni isitkich ustidagi idishga quyildi va to’la bug’lantirildi. Agar isitkichning F.I.K X% bo’lsa, sarf bo’lgan elektr energiyasini aniqlang.




V

rasm

F.I.K

midish (g)

cidish (J/kg 0C)



1

56-rasm

40

180

840



6

56-rasm

45

0

0



11

56-rasm

50

200

840



16

56-rasm

55

150

840



21

56-rasm

60

0

0



26

56-rasm

65

250

840



2

56-rasm

50

160

840



7

56-rasm

55

0

0



12

56-rasm

60

220

840



17

56-rasm

65

180

840



22

56-rasm

70

0

0



27

56-rasm

75

200

840


Mustaqil bajarish uchun topshiriq – 11 (3):

57 – rasm

1. Foydali ishga sarf bo’lgan energiyani aniqlang.

2. Sarf bo’lgan to’la energiyani aniqlang.

3. Zanjirda reostat qanday maqsadda qo’llanilgan?

4. Isitkich asbobidan o’tayotgan tok kuchini aniqlang.

5. Reostatning zanjirga kiritilgan qismidagi kuchlanishni aniqlang.

6. Reostatning zanjirga kiritilgan qismi qarshiligini va quvvatini aniqlang.

7. Zanjirning umumiy quvvatini aniqlang.

8. Reostat parametrlari jadvalida berilgan reostatlardan qaysi biri ushbu zanjirda foydalanish uchun kerak bo’ladi?

9. 57-rasmda tasvirlangan elektr zanjiri sxemasini chizing.

10. Reostat jilgichini chapga yoki o’ngga surilsa zanjirda qanday o’zgarish ro’y beradi?



11. t0 boshlang’ich temperaturali (xona temperaturasi bilan teng) namuna idishga solinadi va to’la eriguncha isitiladi, bunda sarf bo’ladigan elektr energiyasini hisoblang.




V

Rasm

F.I.K

midish (g)

Namuna

r


(104 J/kg)

terish

0C



3

57-rasm

50

300

Qo’rg’oshin

2,5

327



8

57-rasm

53

250

Qalayi

5,8

232



13

57-rasm

60

350

Qo’rg’oshin

2,5

327



18

57-rasm

65

200

Qalayi

5,8

232



23

57-rasm

45

230

Qo’rg’oshin

2,5

327



28

57-rasm

70

320

Qalayi

5,8

232


Mustaqil bajarish uchun topshiriq – 11 (4):
1. 58-rasmda tasvirlangan elektr zanjiridagi plitkaning kuchlanishini aniqlang.

2. Reostatning zanjirga kiritilgan qismidagi kuchlanishni aniqlang.

3. Reostatning zanjirga kiritilgan qismi qarshiligini va quvvatini aniqlang.

4. Zanjirning umumiy quvvatini aniqlang.

5. Reostat parametrlari jadvalida berilgan reostatlardan qaysi biri ushbu zanjirda foydalanish uchun kerak bo’ladi?

6. Rasmda tasvirlangan elektr zanjiri sxemasini chizing.

7. Menzurkadagi suv idishga quyilib va to’liq bug’lantirilguncha isitilganda sarf bo’ladigan elektr energiyasini hisoblang.





V

Rasm

F.I.K

midish (g)

cidish (J/kg 0C)



4

58-rasm

45

180

840



9

58-rasm

56

230

840



14

58-rasm

52

220

840



19

58-rasm

60

160

840



24

58-rasm

63

186

840



29

58-rasm

67

200

840





Mustaqil bajarish uchun topshiriq – 11 (5) (59-rasm)
1. Isitkich asbobining qarshiligini va quvvatini aniqlang.

2. Rasmda tasvirlangan elektr zanjiri sxemasini chizing.

3. Menzurkadagi suv idishga quyilib so’ngra isitilsa, qancha vaqt ichida qaynaydi?

4. Foydali ishga sarf bo’lgan issiqlik miqdorini toping.

5. Isitkich elementi diametri 0,8 mm bo’lgan nikelin simdan iborat bo’lsa, uning uzunligini aniqlang.

Isitkich elementining solishtirma qarshiligi =4,2∙10-7Ω∙m).








V

Rasm

F.I.K

midish (g)

cidish (J/kg 0C)



5

59-rasm

43

0

0



10

59-rasm

46

200

840



15

59-rasm

49

180

840



20

59-rasm

52

0

0



25

59-rasm

57

170

840



30

59-rasm

61

225

840


8. Magnit o`zakka ega bo`lmagan induktiv g`altakning magnit maydonini o`lchash



Kerakli asbob va jihozlar: elektr taqsimlash shiti (o’zgaruvchan va o’zgarmas tok manbai), induktiv g’altak, ampermetr, voltmetr, reostat, kalit, temir o’zak, ulash simlari.

Ishning maqsadi: o’zinduksiya hodisasini o’rganish, o’zgaruvchan tok zanjiri uchun Om qonunini tekshirish. O’zinduksiya koeffitsiyentini va muhitning magnit singdiruvchanligini aniqlash metodlari bilan tanishish.

Qisqacha nazariya: kontur bilan chegaralangan yuzni o’zgaruvchan magnit oqimi kesib o’tganda unda elektr yurituvchi kuchning hosil bo’lishi elektromagnit induksiya hodisasi deb ataladi.

Elektromagnit induksiya hodisasi quyidagi hollarda kuzatiladi:



  1. Kontur va o’zgarmas magnit bir-biriga nisbatan harakatlanganda;

  2. Berk kontur va tokli o’tkazgich bir-biriga nisbatan harakatlanganda;

  3. Berk kontur yaqinida turgan o’tkazgichdan o’tayotgan tok o’zgarganda.

Faradey tajribalarni umumlashtirib quyidagi qonunni ta’riflaydi: elektromagnit induksiya natijasida konturda hosil bo’ladigan elektr yurituvchi kuch (EYuK) shu kontur bilan chegaralangan sirt orqali o’tuvchi magnit oqimining o’zgarish tezligiga to’g’ri proporsionaldir, ya’ni:

(1)

bu yerda k — proporsionallik koeffitsiyenti, u formulaga kirgan fizik kattaliklarning qaysi birliklar sistemasida olinayotganligiga bog’liq bo’lib, SI birliklar sistemasida birga teng. Tokli o’tkazgich atrofida hosil bo’ladigan magnit maydon induksiyasi shu o’tkazgichdan o’tayotgan tokka to’g’ri proporsionaldir. Magnit oqimi (F) magnit maydon induksiyasiga to’g’ri proporsional va o’z navbatida magnit maydon induksiyasi Bio-Savar-Laplas qonuniga asosan tok kuchiga to’g’ri proporsionalligidan, magnit oqimining ham tok kuchiga to’g’ri proporsionalligi kelib chiqadi:



F = L  I (2)

Agar o’tkazgichdan o’tayotgan tok kuchi o’zgarsa, bu o’tkazgichda o’zinduksiya elektr yurituvchi kuchi (EYuK) hosil bo’ladi, ya’ni o’zinduksiya EYuK vaqt birligi ichida tok kuchining o’zgarish tezligiga to’g’ri proporsionaldir:



(3)

Bu formuladagi L - proporsionallik koeffitsiyenti bo’lib, o’zinduksiya koeffitsiyenti yoki konturning induktivligi deb ataladi va o’tkazgichning shakliga,o’lchamiga, muhitning magnit singdiruvchanligiga bog’liqdir. Agar 1=1V, bo’lsa, L=1Gn, bundan ko’rinadiki, 1Gn o’zinduksiya koeffitsiyenti o’tkazgichdan o’tayotgan tok kuchi sekundiga 1A ga o’zgarsa, bu o’tkazgichda 1V o’zinduksiya EYuK hosil bo’lishini ko’rsatadi. Chiziqli o’tkazgichlarda o’zinduksiya koeffitsiyenti kichik bo’ladi. Elektromagnit induksiya hodisasi natijasida hosil bo’ladigan EYuK induksion EYuK, tok esa induksion tok deb ataladi. E.X.Lens induksion tok yo’nalishi va uni vujudga keltiruvchi magnit oqimining o’zgarish xarakteri o’rtasidagi munosabatni o’rganib, quyidagi qonunni ochgan: kontur bilan chegaralangan sirt orqali o’tayotgan magnit oqimining har qanday o’zgarishi shu konturda shunday yo’nalishda tok hosil qiladiki, bu tokning magnit maydoni uni hosil qiluvchi magnit oqimining o’zgarishiga to’sqinlik qiladi.

Bir jinsli bo’lmagan magnit maydonga joylashgan berk konturni ko’raylik. Bu konturga tok manbai ulanganda, kontur orqali tok o’tadi. Agar kontur mahkamlanmagan bo’lsa, u Amper kuchi ta’sirida siljiydi. Tokli konturning magnit maydonda dt vaqt davomida siljishida bajarilgan elementar ish:

dA=IdF

bu yerda dF - kontur bilan chegaralangan sirt orqali o’tayotgan magnit oqimining o’zgarishi. Konturning R qarshiligi orqali I tok o’tganda bajariladigan ish dA1=IRdt ga teng, shu vaqt ichida tok manbai bajaradigan ish esa bo’ladi. Energiyaning saqlanish qonuniga asosan yoki

Bu formuladan , bu yerda

(4)

Har qanday konturdan o’tayotgan tok vaqt bo’yicha o’zgarganda uning atrofida hosil bo’ladigan magnit maydon ham o’zgaradi. Demak, tok o’tayotgan kontur bilan chegaralangan yuz orqali o’tayotgan magnit oqimi ham o’zgaradi. Natijada konturda elektromagnit induksiya EYuK hosil bo’lib, bu hodisa o’zinduksiya hodisasi va konturda hosil bo’layotgan qo’shimcha tok esa o’zinduksiya ekstratoki deyiladi. Shuni aytish kerakki, o’zinduksiya hodisasini yoki o’zgaruvchan magnit maydonda joylashgan konturda elektromagnit induksiya EYuK hosil bo’lishini Lorens kuchi orqali tushuntirib bo’lmaydi, chunki Lorens kuchi qo’zg’almas zaryadlarga ta’sir qilmaydi va demak, ularni harakatga keltira olmaydi. Shuning uchun, qo’zg’almas o’tkazgichlarda hosil bo’layotgan elektromagnit induksiya hodisasini tushuntirish har qanday o’zgaruvchan magnit maydon elektr maydonni yuzaga keltiradi va bu maydon ta’sirida konturda induksion tok hosil bo’ladi, degan fikrga olib keladi. Elektr va magnit maydonning o’zaro bog’langanligi D.K.Maksvell tenglamalaridan ko’rinadi. Aytaylik, biror g’altakka o’ralgan simning o’zgarmas tokka qarshiligi R bo’lsin. Bu qarshilikni aktiv qarshilik deb ataladi.

Agar g’altakni o’zgaruvchan tokli zanjirga ulansa, tok kuchining davriy o’zgarishi natijasida qo’yilgan kuchlanishga to’sqinlik qiluvchi induksiya EYuK hosil bo’ladi. Bu esa g’altakning qarshiligi uning aktiv qarshiligidan kattaligini ko’rsatadi. Boshqacha aytganda, g’altak aktiv qarshilikdan tashqari induktiv qarshilik deb ataluvchi qarshilikka ega bo’ladi. Uni XL bilan belgilaymiz.

Agar o’zgaruvchan tok zanjiriga kondensator ulansa, tok yo’nalishining davriy o’zgarishi hisobiga kondensatorning qayta zaryadlanishi yuz beradi, bu esa sig’im qarshilikning yuzaga kelishiga olib keladi. Ketma-ket ulangan R - aktiv qarshilik, L - induktiv g’altak va C – kondensatordan iborat o’zgaruvchan tok zanjirini qarab chiqaylik. Kirxgofning ikkinchi qoidasiga asosan berk konturdagi kuchlanish tushishlari yig’indisi, shu konturdagi EYuK lar yig’indisiga teng.


(5)

Bu yerda IR – aktiv qarshilikdagi kuchlanish tushuvi. - kondensatordagi kuchlanish tushuvi.


42-rasm
(2) tenglamani differensiallab, kichkina o’rin almashtirishlar qilsak,

(6)
Bu tenglamaning yechimi (7)

ko’rinishda qidiriladi. - EYuK va tok kuchi orasidagi fazalar farqi.



(8)
(9)
(10)


(11)

(11) ifoda fazalar farqi tangensi deb ataladi. O’zgaruvchan tok zanjiri uchun Om qonuni



(12)
To’la qarshilik (13)

(12) ifodada EYuK va tok kuchining amplituda qiymatlari aks ettirildi. Amalda ampermetr va voltmetrlar amplituda qiymatlarini emas, balki ta’sir etuvchi (effektiv) qiymatlarni ko’rsatadi.

Bir davr davomida o’zgaruvchan tok zanjirida ajraladigan quvvat: (14)



(141)
Tok kuchining ta’sir etuvchi (effektiv) qiymati:

(15)

EYuK ning ta’sir etuvchi (effektiv) qiymati: (16)

Har qanday konturning induktivligi uning shakliga, o’lchamlariga hamda konturni o’rab olgan muhitga bog’liq bo’ladi. Misol tariqasida diametri uzunligiga nisbatan ancha kichik bo’lgan sim o’ralgan g’altak-solenoidning induksiya koeffitsiyentini aniqlashni qarab chiqaylik. Solenoid markazidagi magnit maydon Bio-Savar-Laplas qonuniga asosan:

(17)

N - hamma o’ramlar soni, - solenoidning uzunligi, - uzunlik birligiga to’g’ri keluvchi o’ramlar soni. Agar vakuumdagi solenoidning ko’ndalang kesim yuzi dS bo’lsa, undan o’tuvchi magnit oqimi quyidagicha bo’ladi:

(18)

Vakuumdagi solenoidning bitta va barcha o’ramlaridan o’tayotgan magnit oqimini yuqoridagi formulalardan foydalanib quyidagicha yoza olamiz:



va (19)

Solenoidning vakuumdagi induktivlik koeffitsiyentini quyidagi ko’rinishda yozamiz:



(20)

Agar solenoid muayyan muhitga joylashtirilgan bo’lsa, uning induktivligi uni o’rab olgan muhitning magnit xususiyatini ifodalovchi koeffitsiyentga ham bog’liq bo’ladi:



(21)

bu yerda 0 — magnit doimiysi,  — solenoidni o’rab olgan muhitning vakuumga nisbatan magnit singdiruvchanligi.



Yuqoridagi formulalardan ko’rinadiki, solenoidning vakuumdagi (L0) va muhitdagi (L) induktivliklarini bilgan holda muhitning magnit singdiruvchanligini aniqlash mumkin ekan, ya’ni:



(22)

Zanjirdan o’zgaruvchan tok o’tganda g’altakda induksion elektr yurituvchi kuch hosil bo’ladi. EYuK ga ega bo’lgan zanjirning bir qismi uchun Om qonuni: U = iR-

Biz ko’rayotgan zanjirda tashqi qarshilik (R ) nolga teng va induksion EYuK ga teng bo’lganligidan, induktivlikdagi kuchlanish tushuvi:

(23)

Agar zanjirdagi tok davriy bo’lib, i = I0sint qonuniyat bo’yicha o’zgarayotgan bo’lsa



(24)

bo’ladi. Bunda U0 =LI0kuchlanish amplitudaci,



(25)

kattalik esa zanjir qismining induktiv qarshiligini bildiradi. Zanjirdagi aktiv qarshilik nolga teng bo’lmagan holda, ya’ni zanjirga kiritilgan g’altakning ham aktiv, ham reaktiv qarshiliklari hisobga olinsa (zanjirda kondensator ishtirok etmaganda), zanjirning to’la qarshiligi quyidagiga teng bo’ladi



(26)

Bu formuladan induktivlikni aniqlasak,



(27)

kelib chiqadi.



9. Taqasimon magnit maydonida tokli ta`sir etuvchi kuchni o`lchash.


Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish