1-Elektr montaj ustaxonasi bilan tanishish. Elektr montaj ustaxonasida


Mehnatning sanitariya-gigiena sharoitlari



Download 0,81 Mb.
bet4/13
Sana16.09.2022
Hajmi0,81 Mb.
#849121
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Maruza matn El st O\'A 150

5.Mehnatning sanitariya-gigiena sharoitlari
Mehnatni ilmiy tashkil qilishning muhim omillaridan biri ishda sanitariya-gigiena sharoitini yaratishdir. Havo muhiti, uning harakati, namligi (mikroiqlim) mehnat qilishda katta ahamiyatga ega. Kuzatishlarga qaraganda, havo muhiti mehnat unumdorligini taxminan 10 foiz ko’tarishga yordam berar ekan. Binobarin, oddiy ishlarni bajarish uchun havoning harorati 18°—20° S, o’rtacha murakkab ishlarni bajarish uchun 16°—18° C, og’ir ishlarni bajarishda esa harorat 14°—16° S bo’lmog’i lozim.
Inson organizmi qizib ketishining oldini olishga og’ir ishlarni mexanizatsiyalash, shuningdek, issiqlik manbalarini izolyatsiyalash, xonani shamollatish bilan erishish mumkin.
Shovkin va titrash ishchanlikning susayishiga, ishlab chiqarish unumdorligining pasayishiga, eshitish qobiliyatining pasayishiga, asab tizimi va boshqa a’zolar faoliyatining buzilishiga olib keladi. Ayniqsa, shovqin gipertonik va boshqa kasalliklarning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Shovqin belgilangan me’yordan oshib ketsa (75—85 dB), unga qarshi quloqchinlardan foydalanish zarur (3-rasm). Ular shovqin o’tkazmaydigan materiallardan tayyorlanadi.

3-rasm. Shovqindan saqlovchi quloqchinlar.
Titrash (mexaniktebranish) transport vositalarining xarakati yoki mashinalarning ishlashida sodir bo’lib, u birinchidan, tez horishga ikkinchidan ishchilarning tebranish xastaligiga duchor bo’lishiga olib keladi. Titrashning inson organizmiga ta’sirini kamaytirish mumkin. Masalan, pnevmatik asboblar bilan ishlashda maxsus qo’lqoplar, vtulkalardan foydalaniladi. Bunday moslamalardan biri rasmda ko’rsatilgan.
Yoritish. Chilangarning ish o’rni doimiy yoritilgan bo’lishi kerak. Ish joyining nechog’li yoritilgani yoritkichlarning joylashtirilishiga bog’liq bo’lib, u chilangarning ishlashi uchun maqbul sharoitlarni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. soya tushmaydigan va ko’zni qamashtirmaydigan (a), g’adir-budir yuzada soya joylar hosil qiladigan (b), qaytgan nurlar ko’zni qamashtiradigan (v) yorug’lik manbai ro’parasida hosil qiladigan (g) yoritish usullari ko’rsatilgan. Yoritish yetarli bo’lmaganda, masalan, 30 lk bo’lganda ishchi ko’proq charchaydi, 800—900 lk.da esa charchashning oddi olinadi.
Ish joylari, xususan, yopiq tsex va ustaxonalar elektr lampochkalar yoki lyuminestsent lampalar bilan yoritiladi, ammo yorug’likning eng yaxshi manbai quyosh nuridir.
Shaxsiy gigiena. Salomatlikka salbiy ta’sir qiluvchi omillarning oldini olish maqsadida har bir chilangar shaxsiy gigiena qoidalariga amal kilishi lozim. Ish oxirida qo’lni issiq suvda sovun bilan yuvish yoki cho’milish tavsiya etiladi. Ovqatdan avval, albatta, qo’lni sovun bilan yuvish, ovqatni toza yuvilgan idishlardan tanovvul qilishi kerak. Ifloslik kasallik keltirib chiqarishini doimo esda tutish foydadan holi emas.
Estetik sharoit. Ish joyining jihozlanishi, kiyim-kechaklar texnik-estetik talablarga javob berishi kerak. Ish kiyimlari mehnat qilish uchun qulay bo’lib, oson yuvilishi va zamonaviy usulda tikilishi zarur. Chilangar uchun kombinezon yoki yarim kombinezon qulay hisoblanadi. Xonalar, asbob va jihozlarning ranggi alohida mohiyat kasb etadi: devorlar va jihozlarni bo’yash uchun noto’g’ri tanlangan rang ko’zni charchatishi mumkin. Havorang, yashil yoki sariq ranglar ko’z toliqishining oldini olib, kishi kayfiyatini ko’taradi.

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish