1. “Ekstremizm” atamasi qaysi tildan olingan va nima ma’noni anglatadi?
Lotincha – “vahimaga solish”
Arabcha – “chuqur ketish”
Lotincha – “haddan oshish” *
2. Ekstremizm bu - …
Jamiyatda qabul qilingan qonun-qoidalarga zid radikal qarashlar va harakatlar. *
Muayyan ijtimoiy hodisaning dastlabki ko’rinishi.
Aholining keng qatlamlarida vahima va qo’rquv uyg’otish, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali davlat hokimiyatini egallash maqsadiga qaratilgan jinoiy faoliyat.
3. Jamiyat uchun an’anaviy bo’lgan diniy qadriyatlar va aqidalarni rad etish, ularga zid g’oyalarni aldov va zo’rlik bilan targ’ib qilishga asoslangan nazariya va amaliyot bu - …
Aqidaparastlik
Diniy ekstremizm *
Mutaassiblik
4. “Ma’lum din vujudga kelgan ilk davriga qaytish va bu yo’l bilan zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin”, degan fikrni ilgari surgan ta’limot bu - …
Diniy ekstremizm
Diniy fundamentalism *
Terrorizm
5. “Fundamentalizm” atamasi aslida qaysi din bilan bog’liq?
xristian dini *
islom dini
buddaviylik
6. “Fundamentalizm” atamasi birinchi bor qachon va qanday oqimni ifodlash uchun ishlatilgan?
1890-yil kotolitsizm
1910-yil protestantlikdagi ortodoksal *
1919-yil provoslav
7. Jahon xristian fundamentalistlari assotsatsiyasiga qachon va qayerda asos solindi?
1911-yil Finlandiyada
1819-yil Fransiyada
1919-yil Filadelfiyada *
8. Fundamentalizm atamasi qachondan islom diniga nisbatan qo’llanila boshlandi?
XX asrning 70-yillarida *
XX asrning 30-yillarida
XX asrning 80-yillarida
9. Muayyan sharoitda, biron-bir g’oyaga qat’iy ishonib, uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartiblarni sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda, ko’r-ko’rona qo’llash yoki shunga urinish bu …
ekstremizm
aqidaparastlik *
mutaassiblik
10. “Mutaassiblik” atamasi qaysi tildan olingan va nima ma’noni anglatadi?
Arabcha – “chuqur ketish” *
Arabcha – “ishonch”
Arabcha – “biror narsani ikkinchisiga bog’lash”
11. “Mutaassiblik” bu - …
o’z fikr-mulohaza va dunyoqarashi tog’riligiga o’ta qattiq ishonib, boshqa diniy e’tiqodlarga murosasiz munosabatda bo’lish. *
muayyan sharoitda, biron-bir g’oyaga qat’iy ishonib, uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartiblarni sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda, ko’r-ko’rona qo’llash yoki shunga urinish.
aholining keng qatlamlarida vahima va qo’rquv uyg’otish, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali davlat hokimiyatini egallash maqsadiga qaratilgan jinoiy faoliyat.
12. Mutaassiblik g’oyalarining taqalishiga sabab …?
dinni siyosiylashtirish vositasida hokimiyatga intilish, dindan odamlar orasiga nifoq solish
qo’poruvchilik ishlarini amalga oshirish va g’arazli manfaatlarni ro’yobga chiqarishda foydalanish
a va b javoblar to’g’ri *
13. Diniy ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiy sababi bu - …
dindan odamlar orasiga nifoq solish
mutaassiblik fikr va qarashlarning paydo bo’lishi *
g’arazli manfaatlarni ro’yobga chiqarish
14. “Terrorizm” atamasi qaysi tildan olingan va nima ma’noni anglatadi?
lotincha – “qo’rqitish” *
lotincha – “haddan oshish”
arabcha – “chuqur ketish”
15. Terrorizm bu - …
jamiyatda qabul qilingan qonun-qoidalarga zid radikal qarashlar va harakatlar.
aholining keng qatlamlarida vahima va qo’rquv uyg’otish, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali davlat hokimiyatini egallash maqsadiga qaratilgan jinoiy faoliyat. *
o’z fikr-mulohaza va dunyoqarashi tog’riligiga o’ta qattiq ishonib, boshqa diniy e’tiqodlarga murosasiz munosabatda bo’lish.
16. “Terror” atamasi qanday ma’noni anglatadi?
ommaviy va siyosiy maqsadlarga erishish uchun zo’ravonlikdan hamda zo’ravonlik qilish bilan tahdid solishdan muntazam foydalanish.
dushmanni jismoniy zo’ravonlik yo’li bilan qo’rqitish, xatto uni jismonan yo’q qilish.
a va b javoblar to’g’ri *
17. Terrorchi-kamikadzelar kim?
o’zini avvaldan o’limga tayyorlagan shaxs *
zo’ravon shaxs
odamlarga tahdid qiluvchi shaxs
18. “Xalqaro terrorizm” tushunchasi qanday faoliyatni ifodalaydi?
davlatlar va xalqaro tashkilotlarni beqarorlashtirishga qaratilgan siyosiy qo’poruvchilik faoliyati
siyosiy partiya va harakatlarni beqarorlashtirishga qaratilgan siyosiy qo’poruvchilik faoliyati
a va b javoblar to’g’ri *
19. Xalqaro terrorizm fenomeni qachon avj ola boshlagan?
XIX asrning oxirida
XX asrning boshlarida *
XX asrning o’rtalarida
20. Xalqaro terrorizmga qarshi kurashda davlatlararo hamkorlikni yo’lga qo’yilishi qachondan boshlangan?
XX asrning 50-yillarida
XX asrning 80-yillarida
XX asrning 30-yillarida *
21. 20dan ortiq davlat terrorizmning oldini olish va bunday harakatlar uchun jazolash uchun konvensiyalar qachon imzolandi?
1937-yil *
1973-yil
1935-yil
22. Shaxs yoki siyosiy arbobga qarshi uyushtirilgan terror amaliyoti qachon ko’proq sodir bo’lgan?
1937-yil
1970-yil *
1978-yil
23. Xalqaro terrorchilik harakatlarining nechta asosiy belgilari bor?
3 ta
8 ta
6 ta *
24. Islom niqobi ostida paydo bo’lgan ekstremistik harakatlarning ilk vakillari kimlar?
Xorijiylar *
Musulmon birodarlar
al-Qoida
25. “Siffin” jangida qancha musulmon halok bo’lgan?
30 ming
90 ming *
50 ming
26. Xorijiylar o’zlariga kimni amir qilib saylashgan?
Abdulloh ibn Vahb ar-Rosibiy *
28. Ummaviylar davrida qaysi firqaga qarshi keskin kurash olib borilgan?
Azraqiylar
Xorijiylar *
Karmatiylar
29. Islomda dastlab paydo bo’gan firqa bu …
Xorijiylar *
Xashshoshiylar
Azraqiylar
30. Qaysi oqimda gunohi kabira qilgan barcha musulmonlarni “kofir” deb atashgan?
Xashshoshiylar
Azraqiylar *
Xorijiylar
31. Karmatiylar qachon yuzaga kelgan?
IX asr boshida
IX asr oxirida *
XX asr boshida
32. Karmatiylar oqimining asoschisi?
Xamdon ibn al-Ashasniy *
Abdulloh ibn Vahb ar-Rosibiy
Ahmad ibn Taymiya
33. Karmat so’zining ma’nosi nima?
kalta oyoq
qizil ko’z
a va b javoblar to’g’ri *
34. Qaysi oqim vakillari Ka’bani vayron qilib, qora toshni ikkiga bo’lib Baxraynga olib ketishgan?
Azraqiylar
Xorijiylar
Karmatiylar *
35. XI asr oxirida Eronda yuzaga kelgan maxfiy ravishda ish ko’rgan oqim qaysi?
Xorijiylar
Xashshoshiylar *
Azraqiylar
36. Islomda “inqilobiy kurash” ta’limotini yaratgan suriyalik shaxs kim?
Xamdon ibn al-Ashasniy
Abdurahmon ibn Muljam
Ahmad ibn Taymiya *
37. Islomda salaf so’zining ma’nosi nima?
arabcha – “ajdodlar” *
arabcha – “ajralib chiqqanlar”
arabcha – “bo’ysunganlar”
38. Din va jamiyat hayotidagi aloqadirlikda din va davlat munosabatini belgilab beruvchi tamoyil …
din sohasida kechayotgan o`zgarishlarni holis va ilmiy o`rganish ,bashorat qilish
ijtimoiy jarayonlar rivojiga yanada kengroq imkoniyat yaratish, salbiy holatlarning oldini olish
a va b javoblar to’g’ri *
39. Din va siyosatni o`zaro nisbatini tavsiflash uchun ilmiy adabiyotlarda qanday atama qo`llaniladi?
sekulyarizm *
fanatizm
separatism
40. Sekulyarizm bu - … (Vebster izohli lug`atida)
din yoki diniy aqidalarga nisbatan mo`tadil pozitsiyada bo`lish *
41. Yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida”gi qonunning 5-moddasi qachon qabul qilingan?
1992-yil 2-iyul
1998-yil 1-may *
1999-yil 1-mart
42. O’zbekiston Respublikasida nechta konfessiya mavjud?
10 ta
22 ta
16 ta *
43. 2016-yilning dekabr holatiga ko’ra, O’zRda 16 konfessiyaga mansub nechta diniy tashkilot faoliyat yuritmoqda?
2240 ta *
2420 ta
2250 ta
44. O’zR Vazirlar Mahkamasining “Din sohasidagi ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim ishlarini va faoliyatni yanada takomillashtirishda ijtimoiy ko’mak va imtiyozlar berish to’g’risida”gi 364-qarori qachon qabul qilingan?
1998-yil 1-may
2003-yil 22-avgustda *
1992-yil 2-iyul
45. Birinchi Prezident I.Karimovning Farmoniga asosan “Xaj va umra tadbirlarini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha Jamoatchilik kengashi” qachon tuzilgan?
2006-yil avgust oyida *
2003-yil avgust oyida
2008-yil may oyida
46. Vijdon erkinligi huquqi inson huquqlarining eng asosiy nechta huquqlaridan biri hisoblanadi?
3 ta
5 ta *
7 ta
47. Mamlakatimizda vijdon erkinligini huquqiy himoya qiluvchi dastlabki qonunning paydo bo’lishi qaysi davrga to’g’ri keladi?
XX asrning 70-yillariga
XX asrning 90-yillariga *
XXI asrning boshlariga
48. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi ilk qonun qachon qabul qilingan?
1991-yil 2-iyul
1991-yil 22-avgust
1991-yil 14-iyun *
49. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan diniga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi”, degan huquqiy norma qachon belgilangan?
1992-yil 8-dekabr *
1991-yil 14-iyun
1998-yil 1-may
50. 1991-yil 14-iyunda ilk martta qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonunga qachon ba’zi o’zgartirishlar kiritildi?
1992-yil 8-dekabr
1993-yil 3-sentabr *
1994-yil 1-may
51. O’zR Oliy Majlisining XI sessiyasida “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonunning 23-moddadan iborat yangi tahriri qachon qabul qilingan?
1992-yil 8-dekabr
1993-yil 3-sentabr
1998-yil 1-may *
52. Vazirlar Mahkamasining “Diniy ta’lim muassasalarining faoliyatini litsenziyalash to’g’risida”gi Nizomi qachon qabul qilingan?
2002-yil 5-avgust
2004-yil 1-mart *
2008-yil 1-may
53. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonunning nechanchi moddasida diniy tashkilotlar muayyan miqdorda davlat mulkidan foydalanishlari mumkinligi ko’rsatilgan?
16-modda *
19-modda
27-modda
54. “Missionerlik” atamasi qaysi tildan olingan va nima ma’noni anglatadi?
lotincha – “yuborish”
lotincha – “vazifa topshirish”
a va b javoblar to’g’ri *
55. Missionerlik so’zi asosan qaysi din bilan bog’langan?
sintaizm
xristianlik *
iudaizm
56. Missionerlik bu - …
bir dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ’ib qilish *
bir dinga ishongan fuqaroni o’z dinidan voz kechishga majbur qilish
bir dinga ishongan fuqaroni boshqa dinni qabul qilishga majbur qilish
57. To’g’ridan-to’g’ri biron bir dinga ishongan fuqaroni o’z dinidan voz kechishga va o’zga dinni qabul qilishga majbur qilish bu - …
missionerlik
prozelitizm *
radikalizm
58. Bugungi kunda missionerlik faoliyati bilan asosan kimlar shug’ullanadi?
kastalar
mavjud dinlar va konfessiyalarga umuman aloqasi bo’lmagan holda din bayrog’i ostida faoliyat ko’rsatadigan guruhlar
a va b javoblar to’g’ri *
60. Hozirgi kunda taxminan nechta sekta faoliyat ko’rsatmoqda?
1000 ta
3000 ta
5000 ta *
61. Missionerlik loyihalaridan eng yirigi bu - …
“10/40 OYNA” rejasi *
“Ilohiy reja” rejasi
“Bibliya” rejasi
62. Patrik Djonstounning “Dunyo operatsiyasi” risolasida keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra, hozirgi kunda dunyodagi millat va elatlar soni nechtani tashkil etadi?
12077 ta
12007 ta
12017 ta *
63. “Butun dunyo xristian ensiklopediyasi” qachon chop etilgan?
1999-yil
2001-yil *
2002-yil
64. “Butun dunyo xristian ensiklopediyasi”ga ilova tarzida qachon qanday kitob nashr qilingan?
2002-yil “Butunjahon xristianligi tendensiyasi” *
2003-yil “Butun dunyo dinlari ensiklopediyasi”
2002-yil “Xristian dini tendensiyasi”
65. “Butunjahon xristianligi tendensiyasi”da xristianlik 2025-yilgacha erishishi lozim bo’lgan nechta asosiy maqsad sanab o’tilgan?
3 ta
5 ta
8 ta *
66. “Tong-2000” nomli missionerlik dasturining muallifi kim?
P.Djonstoun
J.Montgomeri *
A.Mexen
67. “DAWN” (“Kun chiqishi”) missionerlik harakati rahbari kim?
D. Montgomeri *
A.Mexen
P.Djonstoun
68. 200 dan ortiq mamlakatda To’liq Injil xristianlariga qarashli nechta “Bibliya” jamiyatlari faoliyat yuritadi?
30 atrofida
100 ga yaqin
120 dan ortiq *
69. Missionerlik mazmunidagi materiallar tayyorlash va tarqatish bilan shug’ullanuvchi eng yirik tashkilot bu - …
“Injil”
“Global Recordings” *
“DAWN”
70. “Global Recordings” tashkiloti nechta milliy agentlikni birlashtiradi va qancha til/lahjada mahsulot ishlab chiqaradi?
21 milliy agentlik / 4562 til-lahja *