1. Ekologik ahvol va ekologik vaziyat to’g’risida tushuncha Ekologik vaziyatlar va ularning geografik joylashuvi


Ekologik siyosatning ijtimoiy-iqtisodiy yo’naltirilganligi



Download 106,5 Kb.
bet10/12
Sana30.12.2021
Hajmi106,5 Kb.
#90045
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-dars

Ekologik siyosatning ijtimoiy-iqtisodiy yo’naltirilganligi. Mamlakat hududida ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish rejalari tayyorlanayotgan jarayonda rahbarlar, mutahassislar va loyihalovchilar oldida bir qator jiddiy masalalar turadi. Shulardan biri taklif etilayotgan korxona, inshoat, yoxud boshqa texnik loyihani qurish yoki amalga oshirishdan oldin u atrof muhitga salbiy ta’sir etmaydimi? degan savolga javob berishga to’g’ri keladi. Shuning uchun ham davlat va jamoatchilik ekspyertizalarining ahamiyati 80-yillardan e’tiboran tobora oshib bormoqda. Atrof muhitni ifloslantiruvchi manbalar bo’yicha muntazam ekologik monitoring amalga oshirilmoqda.

Ishlab chiqarish jarayonida amalga oshiriladigan barcha tadbirlar mavjud ekologik sharoit va vaziyat (muvozanat)ga mos kelishi, uni buzmasligi va ifloslantirmasligi, u bilan uyg’unlashib, tabiatning ajralmas bir qismiga aylanishi maqsadga muvofiq. Aks holda tabiiy muhit buzilib, insonning yashashi va hayot kechirishi uchun xavfli bo’lib boradi. Odatda tabiiy muhitni ifloslantiruvchi ingredient (modda)larning ta’sir kuchini yoki samarasining boshlanish ko’rsatkichi inson organizmiga nisbatan olinadi. Buni ruxsat etilgan me’yor (REM) yoki ruxsat etilgan kontsentratsiya (REK) deb ataladi. Bu ko’rsatkichdan REM (REK) ni ortib borishi insonga salbiy ta’sir eta boshlaydi, ya’ni uning organizmida turli kasalliklar paydo bo’ladi. REM ni aniqlashda, shuningdek, inson organizmidan tashqari chorva mollari va yovvoyi hayvonlar, o’simliklar, mikroorganizmlar hamda tabiiy komplekslarga ham ta’siri hisobga olinadi.

Hozirgacha havodagi zararli gazlar, bug’lar, ayerozollarning 445 tasi va aholi punktlarining havosida mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan 109 ta moddalarning REMi aniqlangan. (14-jadval). Bu me’yorlar inson organizmi uchun zararli emas, lekin bu ko’rsatkichlarning ortib borishi xavfning o’sishiga ta’sir etadi.

Demak, ekologik me’yorlar ishlab chiqarilishining inson hayotiga asoslanishi tabiat muhofazasi sohasida siyosatning ijtimoiy-iqtisodiy yo’naltirilganligidan darak byeradi. Tabiiy muhitdagi har bir o’zgarish, komponentlar sifatining buzilishi va boshqa miqdoriy hamda sifatiy o’zgarishlar inson organizmining me’yoriy zararlanishiga nisbatan olinadi. Bu mezon boshqa tirik mavjudot (o’simlik, hayvonot dunyosi) va umuman landshaft miqyosida qaraladi. Inson tabiiy muhitda markaziy o’rinni egallagan holda uning barcha me’yoriy ko’rsatkichlari boshqa tabiiy komponentlarga nisbatan andoza sifatida qaraladi. Bunday ekologik siyosat aslida butun borliqqa nisbatan ijtimoiy-iqtisodiy yo’naltirilganligidan xabar byeradi.

Bozor munosabatlariga o’tila borgan sari inson ekologik huquqining mazmuni va shakli ham o’zgarib boradi Aholining musaffo havo va toza suv, yashash sharoitlarining qulayligi (komfort darajasi)ni ta’minlash mahalliy hokimiyat va davlat rahbariyatining asosiy vazifalaridan biriga aylanadi. Aholining turmush tarzi tarkibida ekologik sharoit birinchi darajali ahamiyat kasb eta boshlaydi. Respublika Prezidentining dastlabki

farmonlaridan biri 1990 yil 28 iyulda qabul qilingan bo’lib, u “O’zbekiston Respublikasi qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlashni yaxshilash to’g’risida” deb ataladi. Keyin 1996 yil 21 mayda Vazirlar Mahkamasining” 2000 yilgacha bo’lgan davrda O’zbekiston Respublikasi qishloq ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish dasturi to’g’risida” qarori chiqdi. Bu davlat ahamiyatiga ega bo’lgan hujjatlarda qishloq aholisining turmush tarzini tubdan yaxshilash bilan birga ichimlik suvi va tabiiy gazga bo’lgan ehtiyojini to’laroq qondirishga xizmat qiladi. Aholini toza ichimlik suvga bo’lgan talabini yanada to’laroq qondirish masalasi Oliy Majlisning 1-chaqiriq XIV sessiyasida (14 aprel 1999 y.) keng muhokama qilindi. Islom Karimovning “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda” degan mavzudagi ma’ruzasida 1999-2005 yillarda aholini toza ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlash darajasi yana ortishi belgilangan. Bularning hammasi ekologik siyosatning yorqin namunasi, insonning ekologik huquqini hurmatlash, uning hayot kechirish tarzini yaxshilash, shu bilan birga qishloq aholisini tabiiy gaz bilan taminlanish oqibatida daraxt va butalarning qirqilishi ham qisqarib boradi. Bundan faqat tabiat va jamiyat manfaatdor bo’ladi.




Download 106,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish