Formal mantiq - fikrlashning tuzilishi va uning qonunlari haqidagi fandir. Formal mantiq fikrlashning rivojlanishini, uning takomillashish jarayonini o’rganishni o’zidan soqit qiladi. U fikrlashning mantiqiy tuzilishini, shaklini o’rganadi. Insonning fikrlash shakli, tuzilishi turli qonunlarga asoslanadi va ularni keltirib ham chiqaradi. Mantiqiy shakllarni simvollar yordamida ifoda etish mumkin. Masalan, «Hamma ziyolilar aqliy mehnat bilan shug’ullanadilar», «Hamma kapalaklar hasharotdir» degan fikrlarning mazmuni turlicha bo’lsada, ularning tuzilishi, shakli bir xildir. Shuning uchun ularni «Hamma S – R dir» yoki «Hamma a – v dir», deb ifodalash mumkin.Formal mantiq va klassik mantiq tushunchalari sinonim tushunchalar bo’lib,unda muloxazalar ikki qiymatli, ya’ni chin yoki xato bo’ladi.
Klassik mantiqdan farq qiluvchi hozirgi zamon mantig’i turli yo’nalishlardan iborat bo’lib, ular birgalikda noklassik mantiq deb nomlanadi.
113. Mantiq ilimining predmeti va vazifalari? Tayanch atamalar: logika, hukm, xulosa,tushuncha, tafakkur
Mantiq keng ma’noda olamdagi qonuniy, zaruriy bog’lanish va aloqalar, tartib va izchillik, tafakkurimizning ichki aloqadorligi, tadrijiy rivojlanishi, turli fikrlar o’rtasidagi mantiqiy bog’lanishlarni ifodalaydi. Tafakkur voqyelikni umumlashtirib va mavhumlashtirib, muayyan mantiqiy shakllarda, ya’ni tushuncha, hukm va hulosa chiqarish hamda ular o’rtasidagi aloqalar shaklida aks ettirib, ma’lum mantiqiy qonun – qoidalarni vujudga keltiradiki, to’g’ri, aniq, izchil, ziddiyatlardan holi fikrlash ana shu qonun – qoidalarga amal qilishni taqoza etadi. Bu qonun-qoidalar amaliyotda vujudga kelgan bilimlarni isbotlashga yoki rad etishga, ularning to’g’riligi yoki xatoligini tasdiqlashga yoki inkor etishga xizmat qiladi.
Tafakkurni mantiq fanidan tashqari falsafa, fiziologiya, psixologiya, dialektika, kibernetika fanlari ham o’z predmeti nuqtai nazaridan o’rganadi. Grammatika mantiq faniga yaqin. Tushuncha va hukmlarning ifodalanish strukturasini aniqlashda grammatikaning roli katta. Biroq yuqorida tilga olingan fanlarning har biri tafakkurga o’z nuqtai nazaridan yondoshadi, uning turli qirralarini ochib beradi. Hozirgi kunda mantiq ilmining o’zining ham turli yo’nalishlari,tarmoqlari mavjud, ular orasida inson tafakkurini eng oddiy qonun – qoidalar bilan qurollantiradigan, uni to’g’ri fikrlashning tamoyillari bilan tanishtiradigan muhim tarmog’i formal mantiq bo’lib, u tarixiy kelib chiqishini e’tiborga olgan holda an’anaviy mantiq, ommaviyligi nuqtai nazaridan esa, umumiy mantiq deb ham yuritiladi.
Mantiq fani inson tafakkurining eng umumiy shakllari, qonunlari va fikrlash usullarini o’rganadi. Mantiq fani tafakkurni rivojlantiradi, insonda umumiy tushunchalar, kategoriyalar bilan ish ko’rish ko’nikmalarini hosil qiladi. Bu esa, bugungi fan texnika rivoji jadallashgan sharoitda ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda ilmiy – nazariy ma’lumotlarni samarali tahlil qilishda muhim rol o’ynaydi.
114. Sillogizning figuralari va ularning bilishdagi ahamiyati? Tayanch iboralar: asos, o'rta termin, modus, peridikat.
Do'stlaringiz bilan baham: |