1. Dunyoqаrаsh tushunchаsi


Falsafa dunyoqarash shakli



Download 310,56 Kb.
bet9/184
Sana31.12.2021
Hajmi310,56 Kb.
#274267
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   184
Bog'liq
falsafa

13.Falsafa dunyoqarash shakli. Tayanch atamalar: Falsafaning predmeti va uning o’zgaruvchan xarakteri. Falsafiy bilimning tuzilishi. Falsafaning yangi sohalari. Falsafaning asosiy masalalari. Falsafaning funksiyalari. Falsafaning jamiyatdagi roli yoki amaliy falsafa. Falsafaning ijodiy xarakteri. «Falsafa» atamasi qadimgi yunon tilidagi «Filosofiya» so’zidan olingan bo’lib va u lug’aviy ma’noda «donishmandlikni sevish» («filo» - sevaman, «Sofiya» - donolik) degan mazmunni anglatadi. «Filosofiya» atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui qadimgi Yunoniston va Rimda eramizdan avvalgi VII-III asrlarda yuz bergan yuksalish natijasi sifatida yuzaga kelgan edi. O’sha davrda endigina shakllanib kelayotgan nazariy fikrning ifodasi bo’lmish falsafiy tafakkur olamni yaxlit va bir butun holda tushunish mujassamiga aylangan edi. Qadimgi Yunonistonda «filosofiya» atamasini dastlab matematika fani orqali barchamizga yaxshi ma’lum bo’lgan, alloma Pifagor ishlatgan.Falsafa donishmandlik haqidagi ta’limot ekan, u holda donishmanlikning o’zi nima? Qadimgi yunon faylasufi Diogen (taxminan e.a. 400-325 y)dan «Donishmand kim? – deb so’rashganda, u «Haqiqiy donishmand xudodir, biz donishmandlikni sevguvchilarmiz», - degan. Demak, donishmandlikni sevguvchilar donolik tafakkuri bilan dunyoni, o’zligini bilishga intiluvchilardir. Suqrot (e.a. 470-399 y) o’z-o’zini yerga urish tubanlashish, o’zligini anglash, o’zligini yuqori tutish esa donishmandlikdir, degan edi.Falsafiy bilimlar – olamni sezish va idroq etish. (masalan, badiiy idroq etish) shakllariga nisbatan yuqori maqomdagi bilimlardandir. Chunonchi, olamni bilish
va tushunish kabi, «olam-odam» munosabatlari falsafiy dunyoqarashda esa o’ziga xos ravishda hal etiladi.Falsafiy bilimlar tizimidagi alohida yo‘nalish har bir tarixiy davrda o‘ziga xos qonuniyatlar asosida rivojlansa ham, ularning um umiy tamoyillari mavjud. Ya’ni, birinchidan, har bir falsafiy bilim yo‘nalishi jamiyat rivojlanishida o‘ziga xos determinant (sabab) vazifasini bajaradi. Ikkinchidan, falsafiy bilimlar jamiyat taraqqiyotiga ta’sir qiluvchi subyektiv omil bolsa ham, vujudga kelish asosi — genezisi nuqtayi nazaridan obyektiv hodisadir. Uchinchidan, falsafiy bilim yo‘nalishlarining o‘zaro bogliqlik, aloqadorlik munosabati, ularning dunyoni bilishdagi yaxlitligini ta’minlaydi Dunyoqarash – bu avvalo, inson o’zini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi, tushunishi, bilishi va baholashi natijasida yuzaga kelgan xulosalari, bilimlari asosida shakllangan umumlashmalar tizimidir.Dunyoqarashning ijtimoiy o’z-o’zini anglash sifatidagi xususiyati shuki, muhim hodisa va voqyealarga kishilarning o’z hayotiy maqsad va manfaatlari asosida, ularning shaxsiy yoki ijtimoiy mavqyelaridan kelib chiqqan holdagi munosabatlarining ifodalanishdir. Shunga ko’ra dunyoqarash insonning dunyoni kundalik ongda aks ettirishgina bo’lmay, balki uni qayta o’zlashtirish natijasi sifatidagi bilimlari hamdir.Dunyoqarashning tarixiyligi yana shundaki, u ma’lum dialektik jarayonda takomillashib beradi. Uning shakllari o’zgaradi, tarixiy ko’rinishlari muttasil yangilanib turadi.Mifologik dunyoqarash qadimgi zamon kishilarining o’zlariga munosib hayot sharoitlarini yaratish ehtiyojlaridan kelib chiqqan.Diniy dunyoqarashning boshlang’ich elementi – bu diniy tuyg’udir. Diniy tuyg’u bu kishilarning tabarruk va aziz, deb tasavvur qilinadigan mavjudotlarga, muqaddaslashtirilgan buyumlar, shasxlar, joylarga, bir-birlariga, o’z-o’ziga, shuningdek, ilohiy mazmunda talqin etilgan tabiat va jamiyat hodisalariga munosabatlarida paydo bo’ladigan hissiyotdir.Diniy dunyoqarashning ikkinchi elementi – bu diniy aqidalardirDiniy dunyoqarashning navbatdagi elementi - bu biron buyumga, narsaga, hayvon va daraxtga, kishiga yoki xudoga sig’inishdir.Falsafiy dunyoqarash dunyoni, borliqni aqliy jihatdan umumlashtirib tushuntiruvchi nazariy qarashlar tizimidir. U diniy dunyoqarashdan farqli ravishda, insonning aqliy-intellektual faoliyatiga ko’proq e’tibor beradi. Shu sababli falsafiy dunyoqarashga har doim hur fikrlilik, fikriy teranlik kabi xususiyatlar xosdir. Falsafiy dunyoqarash bu aslida mantiqiy tahlil va umumlashtirishlar, mantiqiy muhokamalar va xulosa chiqarishlar, mantiqiy isbotlar va raddiyalar asosida nazariy fikr yuritishlar orqali dunyoni, borliqni tushunish, tushuntirish, baholash va izohlashdir.Falsafiy dunyoqarash tarkibida quyidagi tamoyillar namoyon bo’ladi: ilmiylik, tarixiylik, mantiqiylik, universallik, maqsadlilik, g’oyaviylik, nazariya va amaliyotning birligi.


Download 310,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish