1. Dunyoqаrаsh tushunchаsi


Estetika kategoriyalarining tasnifini izohlab bering.Tayanch atamalar : ulug‘vorlik, fojiaviylik,estetik ideal, badiiy obraz



Download 310,56 Kb.
bet169/184
Sana31.12.2021
Hajmi310,56 Kb.
#274267
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   184
Bog'liq
falsafa

184. Estetika kategoriyalarining tasnifini izohlab bering.Tayanch atamalar : ulug‘vorlik, fojiaviylik,estetik ideal, badiiy obraz.

Estetika kategoriyalarining tasnifi

Har bir fanning muayyan tadqiqot obyekti bo’lib, bu obyekt tabiat, jamiyat va tafakkur haqida yangi bilimlar hosil qilishga qonun va kategoriyalar asosida olamni yangidan idrok etishga qaratilgan bo’ladi. Ma’lumki, dialektikaning biror-bir kategoriyasini voqyelikdan ayri holda tasavvur etib bo’lmaydi. Chunki, bu kate­goriyalar (yaxlitlik, qism, zaruriyat, tasodif, mohiyat, sifat va h.k) insonni o’rab turgan olamda sodir bo’ladigan voqyea-hodisalar haqida aniq xulosalar chiqarishga, ularni to’g’ri tahlil etishga ko’mak beradi. Estetika ham falsafiy fan sifatida o’zining qonun va kategoriyalariga ega. Estetika kategoriyalari (go’zallik, hu­nuklik, ulug’vorlik, tubanlik, fojiaviylik, kulgililik va h.k.) inson va tabiat, inson va jamiyat, inson va ijtimoiy borliq bilan doimo hamkorlikda vujudga keladi.Estetika kategoriyalarining yaxlit tizimini ishlab chiqish muammosi ko’p yillardan buyon olimlar e’tiborini jalb etib kelmoqda. Bu borada go’zallik, ulug’vorlik, fojiaviylik, kulgulilik, xunuklik kabi an’anaviy ko’rinish ko’pgina adabiyotlarda o’z aksini topgan. Biroq, bizningcha, mazkur kategorial tasnifdagi ketma–ketlik va ular orasidagi bog’liqlik o’zini to’laqonli ko’rsatib bera olmaydi. Bugungi kunda go’zallik – ulug’vorlik – fojiaviylik – kulgililik; estetik ideal – estetik did – estetik tuyg’u; san’at – badiiy obraz – ijodkorlik ko’rinishdagi tizim estetika fanining kategoriyalar tasnifida kengroq qo’llanilmoqda. Estetik kategoriyalarning tasnifi, tizimlari, turlari va xususiyatlari rus nafosatshunos olimlarining qator tadqiqotlarida o’rganilgan. Ayniqsa, Ye.G.Yakovlev tomonidan estetika kategoriyalarining tizimlashtirilishi bir qadar qiziqarli va kengqamrovliligi bilan muhim ahamiyatga ega. U o’zi ishlab chiqqan tizimda kategoriyalarni uchta guruxga ajratadi. Bular: 1) obyektiv, 2) obyektiv-subyektiv, 3) subyektiv. Bu tizim ushbu jadvalda quyidagicha aks etgan:
Nafosat Universal kategoriyalar

Go’zallik Estetik ideal San’at

Ulug’vorlik Estetik did Badiiy obraz

Fojeaviylik Estetik tuyg’u Ijod

Obyektiv kategoriyalar Obyektiv-subyektiv kategoriyalar Subyektiv kategoriyalar

Ye.G.Yakovlevning fikriga ko’ra, mazkur tizim shu turda yaratilgan boshqa tizimlardan o’zining universal-kengqamrovli mazmun va falsafiy-estetik mohiyat kasb etib, moslashuvchanlik (subordinasiya) va muvofiqlashtiruvchilik (koordinasiya) tamoyilini mujassam etgani xolda “ontologik-fenomenologik va ijtimoiy-gnoseologik jihatlar”ga ega.

Ayniqsa, V.P.Shestakovning estetika kategoriyalari tarixi, ularni tizimlashtirish muammolari, kategoriyalarga o’ziga xos yondoshuvning zamonaviy talqinlari hamda estetik kategoriyalar tasnifiga doir salmoqli tadqiqotlari bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Faylasuf bu borada yuыorida nomlari tilga olingan estetika nazariyotchilaridan farqli o’laroq, kategoriyalarni uch turkumga ajratadi: dastlabki kategoriyalar, umumestetik kategoriyalar, estetik kategoriyalar ko’rinishlari. Tadqiqot davomida mazkur turkumning har biri alohida taxlil qilinadi. Jumladan, dastlabki kategoriyalarni faylasuf nafosatga tegishli, deb biladi va uni beshta umumestetik kategoriyaga ajratadi: go’zallik, fojeaaviylik, kulgulilik, ulug’vorlik va hunuklik.

Mazkur jadvalda V.P.Shestakov tomonidan tizimlashtirilgan kategoriyalarning umumiy ko’rinishi aks etgan:


Nafosat DASTLABKI KATEGORIYa ;Go’zallik ;Fojeaaviylik ;Kulgulilik -UMUMESTETIK KATEGORIYaLAR Ulug’vorlik ; Hunuklik

Disgarmoniya Dahshatlilik Mubolag’a Hazil

Forig’lanish -ESTETIK KATEGORIYaLARNING KO’RINIShLARI Qahramonlik Ideal Latofat

Garmoniya


Biroq, ta’kidlash lozimki, aksariyat adabiyotlarda estetika kategoriyalari asosan go’zallik – fojeaviylik – kulgulilikdan iborat uchlik sifatida taqdim etilgan. Biroq, davrlar o’tishi bilan bu an’anaga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritildi.

Download 310,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish