1.Dunyoda yangi nasl qoldirish texnologiyalariga ma’naviy-axloqiy
nuqtai nazardan baho berishning bir xil mezonlari ishlab chiqilmagan.
Hatto
mazkur texnologiyalardan faol foydalanilayotgan va ular normativ tartibga
solingan mamlakatlarda ham ularga munosabat bir xil emas. Inson
embrionining maqomi bilan bog‘liq ma’naviy-axloqiy muammo nasl qoldirish
texnologiyalaridan foydalanishning eng muhim muammosidir. Sun’iy
inseminatsiya ham, ekstrakorporal urug‘lantirish ham tibbiy ko‘rsatmalarga
qarab o‘tkazilishi lozim. Mazkur qoidaga binoan, tibbiy ko‘rsatmalar mavjud
bo‘lgan hollarda, ya’ni nasl qoldirish texnologiyalaridan boshqa yo‘l bilan
davolab bo‘lmaydigan bepushtlikda mazkur texnologiyalardan foydalanishga yo‘l
qo‘yiladi.
Hatto mazkur texnologiyalardan faol foydalanilayotgan va ular normativ
tartibga solingan mamlakatlarda ham ularga munosabat bir xil emas. Sun’iy
urug‘lantirish va embrionlarni transplantatsiya qilish to‘g‘risida maxsus qabul
qilingan Bayonotda (Madrid
deklaratsiyasi, 1987 yil) JTU quyidagi tavsiyalar va
axloq prinsiplarini ilgari surdi. Medikamentoz va jarrohlik yo‘li bilan davolab
bo‘lmaydigan bepushtlikda tibbiy yordam ko‘rsatish o‘rinli bo‘ladi. Bunda vrach
faqat bemorlarning xabardorlikka asoslangan ixtiyoriy roziligiga ko‘ra ish
ko‘rishi, barcha qonun va axloqqoidalariga rioya etishi lozim. Bemorlar, boshqa
davolash turlarida bo‘lgani singari, sir saqlash va shaxsiy hayotga aralashmaslik
huquqiga ega. Sperma donorini tanlash, uni sir tutish, uning huquq va
majburiyatlari muammosi alohida o‘rin tutadi. quyidagi
shartlarga rioya etish
talab qilinadi: bolalari bo‘lgan erkaklargina donor bo‘lishi mumkin; sun’iy
inseminatsiya faqat tibbiy ko‘rsatmalarga ko‘ra va faqat geteroseksual juftlar
uchun o‘tkaziladi; barcha donorlarning jinsiy yo‘l bilan yuqishi mumkin bo‘lgan
kasalliklari bor-yo‘qligi tekshirib ko‘riladi. Surrogat onalik muammosi yuridik
va axloqiy jihatdan puxta ishlab chiqilmagan. Nasl qoldirish texnologiyalarining
axloqiy-huquqiy muammolarini ertami, kechmi hal qilish imkonini beradigan
yondashuvlarga quyidagilarni kiritish mumkin: mazkur muammolar haqida
tibbiyotchilar, huquqshunoslar va butun jamiyatga keng axborot berish; tegishli
qonun osti va huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish; turli ixtisosliklar bo‘yicha
mustaqil ekspertlarga ega bo‘lgan etika qo‘mitalari
orqali nasl qoldirish
texnologiyalari sohasidagi ishlarni tartibga solishning oqilona tizimini yaratish va
h.k. Masalan, tibbiyot va qonun muammoning donor va retsipientlarni sir tutish
bilan bog‘liq axloqiy jihatlariga e’tiborni qaratadi. Oilaviy munosabatlar
mas’uliyatli soha va mulk bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun sun’iy urug‘lantirish
tartib-taomillari qonun bilan tartibga solinadi. Barcha mamlakatlarda qonunlar
va qonun osti hujjatlari ota-onalarga o‘z sun’iy farzandlarini tabiiy
farzandlaridan kamsitishni taqiqlaydi, ularni tengsizlikdan himoya qiladi. Ayni paytda qonun bol
alarni donorning otalik da’vo qilishidan ham himoya qiladi.
Bunday da’vo qilishni qiyinlashtirish uchun donor anonim bo‘lishi nazarda
tutiladi, ota-onalarga esa donorni fenotipga qarab tanlash ruxsat etiladi. Turli
mamlakatlarning qonun hujjatlari odatda
nikohsiz hamda gomoseksual
nikohdagi ayollarni sun’iy urug‘lantirishni taqiqlaydi.
Sun’iy inseminatsiya gomologik (er spermasidan foydalaniladi) yoki
geteorologik (donor spermasidan foydalaniladi) bo‘lishi mumkin. Asrab olingan
bolalarning o‘z biologik ota-onasi haqida axborot olish huquqi donor
spermasidan tug‘ilgan bolalarga nisbatan ham amal qilishi lozim, degan
qarashlar mavjud. Nima bo‘lganda ham, vrach donor spermasidan farzand
ko‘rishni istagan ota-onani kelajakda sperma donorlarining anonimligi
konsepsiyasida belgilangan ziddiyatlarni hal qilishga to‘g‘ri kelishi mumkinligi
to‘g‘risida tegishli tarzda ogohlantirishi lozim. Rossiya Federatsiyasida bo‘ydoq
erkaklar ham, uylangan erkaklar ham sperma donori bo‘lishi mumkin. Afsuski,
ikkinchi holatda donor xotinining fikri mutlaqo e’tiborga olinmaydi. Ayrim
boshqa mamlakatlarda donor xotinining rozilik berishi talab etiladi.
Ersiz xotinni sun’iy urug‘lantirish mumkinmi degan savol paydo bo'lishi mumkin. Bu masala turl
i
mamlakatlarda har xil hal qilingan. Ba’zan so‘qqabosh ayollarga sun’iy
urug‘lantirish
huquqi berilmagan; bir qancha mamlakatlarda bunday norma
yo‘q. Masalan, SHvetsiyani reproduktiv turizm mamlakati deb atash qabul
qilingan. Bu erga sperma donorini urug‘lantirish maqsadida nisbatan
qattiqqonun-qoidalar belgilangan mamlakatlardan ayollar tashrif buyuradi.2.Mazkur muammog
a dinning munosabati ham bir xil emas. A.Daar
fikriga ko‘ra, embrion maqomiga islom an’anasining umumiy munosabati
shunda ifodalanadiki, tabiiy huquqlarga ega insonning to‘laqonli hayoti faqat
ensoulment
sodir bo‘lganidan keyin boshlanadi. Ayni vaqtda, hayotning
farishta embrionga ruh baxsh etishidan oldingi shakli ham mavjud.
Musulmon
olimlari qur’oni karim va Muhammad payg‘ambar hadislaridagi yondashuvlar
talqiniga asoslanib, yuqorida zikr etilgan ensoulment homiladorlikning
taxminan 120-chi kunida (4 qamariy oy plyus 10 kun) ro‘y berishini qayd etadilar.
Ayrim olimlarning fikricha, bu hodisa taxminan homiladorlikning 40-chi kunida
ro‘y beradi. Homila tushirishga (abortga) islom huquqshunoslarining
munosabati birmuncha farqqiladi.Kvazulu Nataldagi islom universitetining
ilohiyot fanlari professori Abul Fadl Muhsin Ibrohim o‘zining Homila tushirish,
tug‘ilishni nazorat qilish va surrogat onalik: islomdagi istiqbollari nomli tadqiqotida qayd etishi
cha, homila tushirish va
embrion maqomi muammosiga
islomning turli mazhablarida4har xil yondashuvlar mavjud. Homila tushirishga
nisbatan eng ilg‘or yondashuv hanafiylikda kuzatiladi. Bu erda homiladorlik ona
hayotiga xavf solgan taqdirda, homiladorlikning to‘rtinchi oyiga qadar homila
tushirishga ruxsat etiladi. Molikiylik homiladorlikdan so‘ng abortni man etadi.
SHofi’ylikda homila tushirish jinoyat hisoblanadi. Hanbaliylik homila
tushirishnigunoh deb e’tirof etgan holda, bola tashlashni abortdan farqlash
lozimligini uqtiradi. Embrion ona bilan teng huquqli deb e’tirof etiladigan
ensoulment dan keyingi davrda muammo shariatning umumiy qoidasi – ikki
gunohdan kichigini tanlash yo‘li bilan hal qilinadi. Ikkala hayotni ham
yo‘qotmaslik, aynan hayotni (ya’ni ona hayotini) ustun qo‘yish lozim .qur’oni
karimda qayd etilgan (5:32) hayotning muqaddasligini saqlash an’anasiga
asoslanib, Abul Fadl Muhsin Ibrohim har bir inson tug‘ilish
va Olloh taolo
bergan umrni yashash huquqiga ega, zotan, islomda yashash huquqi ustundir,
degan xulosaga keladi.
Islom dini faqat hayot alomatlariga ko‘ra, ayolning hayot-mamot masalasi
hal bo‘layotganida, homiladorlik uning hayotiga xavf solgan hollarda hujayra
ajralishi boshlangandan e’tiboran to‘rt oy ichida embrionlarni saralash va
kuchsizlarini yo‘qqilishga ijozat beradi. CHunki 120 kundan keyin Olloh taolo o‘z
farishtasini yuboradi va u rivojlanayotgan go‘dakka jon ato etadi. Bunga
asoslanib Islom ilohiyotchilari o‘ta zarur hollarda mana shu muddatgacha
homila tushirish mumkin deb hisoblaydilar.Iuadaizm ilohiyotchilarining
fikricha, homilaga jon qirqinchi kuni ato etiladi. Bungacha embrion shunchaki
bir hujayra, xolos. SHuning uchun ham bu muddatda odam o‘ldirish
yoki inson
hayotiga daxl etish haqida so‘z yuritilmaydi. Xristian dini aqidalariga ko‘ra,
homila paydo bo‘lgani zahoti unga jon ham ato etiladi. SHuning uchun ham
embrionni ongli tarzda halok qilish – bu ona qornida sodir bo‘ladimi, uning
tashqarisidami – odam o‘ldirish bilan barobar.