Diqqatning ko‘lami — bir davrning o‘zida diqqat tomonidan qamrab olinishi mumkin bo‘lgan ob’ektlarning miqdori.
Diqqatning ko‘chuvchanligi — faoliyat jarayonida diqqatning ongli ravishda bir ob’ektdan ikkinchi ob’ektga ko‘chirilishi. Diqqatning ko‘chuvchanligi har qanday faoliyatda, ayniqsa pult boshqaruvidagi alohida ahamiyatga egadir.
Diqqatning taqsimlanishi — diqqatning bir vaqtning o‘zida bir qancha ob’ektlarga qaratilishidan iborat xususiyati. Diqqatning taqsimlanishi murakkab faoliyat jarayonini amalga oshirishda alohida ahamiyatga egadir. Masalan: shoferning, o‘qituvchining ish jarayonidagi diqqati taqsimlangan diqqatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |