R.Feris, Tiriakyan, T.Shibutani va boshqalarning fikricha, deviant xulq-atvor sotsial buzilishilar natijasidir. Ijtimoiy ziddiyatlar ta’limotiga ko‘ra, sotsial tizimda begona madaniyatga asoslangan madaniy xulq-atvor namunalari me’yor buzuvchi xulq-atvordir.
Amerika sotsiologiyasida E.Saterlendning differensial, katta o‘rin tutuvchi ta’limotlardan biri aloqalar ta’limotidir. Bunga ko‘ra, har qanday xulq-atvorga, shu jumladan me’yor buzuvchi xulq-atvorga ham u ham o‘rganiladi, ya’ni mavjud jamiyat a’zolari tomonidan mazkur xulq-atvor me’yorlari boshqalarga o‘rgatiladi.
Fenomenologik sotsiologiya namoyondalarining e’tirof etishlaricha, sotsiologik taxlil “ yorliq yopishtirishga” asoslanishi kerak. Ularning fikricha, me’yor buzish sotsial baho va sanksiya qo‘llash natijasidir.
Interaksionizm nazariyasiga ko‘ra, (vakillari Bekker G, D.Kitsus, K.Erikson va boshqalar) xodisani salbiy va ijtimoiy xavfli deb baxolash nisbiy bo‘lib, buni jamiyatdagi xukmron guruhlar belgilaydi. Shafqatsiz jamiyat himoyasiz insonni jinoyatchi qilib qo‘yib, ezaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |