1. Demokratiya va milliy g‘oya aloqadorligini asoslab bering



Download 16,63 Kb.
Sana28.04.2020
Hajmi16,63 Kb.
#47710
Bog'liq
MIG' 5-mavzu


1.     Demokratiya va milliy g‘oya aloqadorligini asoslab bering

2.     Demokratik prinsiplarning milliy g‘oya maqsadlari bilan o‘zaro bog‘liqligi nimada?

3.     Demokratiyaning Sharqona va G‘arbona talqinlari mohiyati qanday?

4.     Mafkuralar xilma-xilligi muhim demokratik prinsip ekanligini izohlang.

5.     Plyuralizmning inson qadr-qimmati, manfaatlari, fikr erkinligi bilan bog‘liqligi nimada?

6.     Paternalizmning mohiyati nimada?

7.     Demokratiya eksporti daganda nimani tushunasiz?

8.     Individualizm madaniyatini qanday baholaysiz?

9.     Qanday demokratik institutlarni bilasiz?

10.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Davlat hokimiyati idoralarining xalq uchun ishlashi - demokratik taraqqiyot talabi ekanligi haqidagi fikrlarini izohlang.

Javoblar

1.Bugun mafkura sohasida «demokratiya»ni eksport qilishga urinish,«uning xilma-xil modellarini e’tirof etmaslik» bilan bog‘liq kurashlar davom etmoqda. Bu o‘ziga xos xavf-xatar manbayi hisoblanadi.Milliy g‘oya negizlari esa demokratiya modellarining xilma-xilliginie’tirof etadi. Bu milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash bilan bog‘liq.Xulosa qilib aytish mumkinki, bugungi kunda xavfsizlikni

ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni hal etish mintaqadagi

barcha mamlakatlarning istiqbolini bir qadar belgilab beradi. Shuning

bilan birga, bu mintaqada yashayotgan xalqlarning azaliy qonqarindoshligi, hamkorligi va ma’naviy-ruhiy yaqinliginimustahkamlash borasida o‘ta muhim ahamiyatga molik masalabo‘lib qolaveradi. Bu esa hozir va kelajakda ham ushbu masala o‘z dolzarbligini saqlab qolishini bildiradi.

2. Demoratik prinsplarning milliy g’oya maqsadlari bilan o’zaro bog’liqligida milliy

istiqlol g‘oyasi taraqqiyotimizning boshqa ko‘pginamasalalari kabi, biz qanday davlat, qanday jamiyat barpoetmoqdamiz, uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy asoslarinimalardan iborat, degan savollarga ham javob bera oladi. Bu

masalalar Prezidentimiz Islom Karimovning «O‘zbekistonning o‘zistiqlol va taraqqiyot yo‘li», «O‘zbekiston buyuk kelajak sari»,«O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda», «O‘zbekistonning 16 yilliktaraqqiyot yo‘li» kabi asarlarida keng va atroflicha yoritib berilgan. Siyosiy sohada demokratlashtirish jarayonini yanada

chuqurlashtirish, uning izchilligi va samaradorligini ta’minlash – siyosiy islohotlarning eng asosiy yo‘nalishidir. Bunda hokimiyatning turli tarmoqlarga bo‘linishiga amal qilinadi. Hokimiyatning mustaqil tarmoqlari deganda, biz qonun chiqaruvchi hokimiyat, ijroiya hokimiyati va sud hokimiyatini tushunamiz.Demokratlashtirish jarayoni – davlatni boshqarish davlat zimmasidan jamiyat zimmasiga o‘tib borishini,bu jarayonda xalq vakillarining faol ishtirok etishini o‘zida ifodalaydi. Bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekiston Konstitutsiyasiga

muvofiq, xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbayidir, degan qoidaga asoslanadi. Shu bois davlat hokimiyatining mustaqilligixalqimizning siyosiy va ma’naviy yetukligi bilan belgilanadi.Xalqning siyosiy va ma’naviy yetukligi esa uning davlat qurilishidagi faol ishtirokida ko‘rinadi. Shuning uchun xalqning dunyoqarashiva siyosiy madaniyatini o‘stirish o‘z haq-huquq va manfaatlariniteran anglaydigan darajaga yetkazish siyosiy hayotni erkinlashtirishning asosiy shartlaridan biridir.

3.Demokratiyaning sharqona va g’arbona talqinlari mohiyatida demokratlashtirish jarayonini chuqurlashtirish jamiyatdagi turli manfaatlar, qarama-qarshi kuch va harakatlar o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlaydigan samarali mexanizmni shakllantirish zaruratini vujudga keltiradi. Prezidentimiz Islom Karimov bunga

quyidagi yo‘l bilan erishish mumkinligini ta’kidlaydi: «Shunga erishish kerakki, mamlakatimiz siyosiy hayotida haqiqiy ma’nodagi ko‘ppartiyaviylik muhiti qaror topishi darkor. Har bir partiya muayyan ijtimoiy qatlamga tayangan holda, ana shu

toifa manfaatlarining himoyachisi sifatida o‘zining aniq va ravshan harakat dasturiga ega bo‘lishi kerak. Unda har qaysi partiyaning maqsad va vazifalari, jamiyat taraqqiyoti borasidagi muqobil takliflari o‘z ifodasini topishi lozim» Ko‘ppartiyaviylik deganda bir qancha partiyaning jamiyat hayotida faol ishtiroki tushuniladi. Partiyalar parlament ishida o‘z vakillari orqali ishtirok etib, qonunlar qabul qiladi va ularni hayotga tatbiq etish borasida faollik ko‘rsatadi. Boshqacha aytganda,ko‘ppartiyaviylik turli manfaatlar, xilma-xil kuchlar o‘rtasidagi muvozanatni vujudga keltiruvchi asosiy omildir. Mamlakatimizda turli manfaatlar, qarama-qarshi kuch va harakatlar muvozanatini ta’minlaydigan ma’naviy omil esa milliy istiqlol g‘oyasidir. G‘oya negizida esa milliy istiqlol mafkurasi shakllanadi.

Biz barpo etayotgan jamiyatda olg‘a siljishimizga xalaqit berayotgan illat va asoratlarni bartaraf etishga qodir bo‘lgan samarali tizim shakllantirildi. Bunday samarali tizim – huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatidir. Huquqiy davlatda nafaqat hokimiyatning uch tarmog‘i: qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud

hokimiyatining mustaqil harakat qilishi, balki ommaviy axborot vositalari va boshqa ijtimoiy tuzilmalarning qonun asosida erkin faoliyat ko‘rsatishi ham ta’min etiladi.

4.Mafkuralar xilma xilligi muhim demokratik prinsp ekanini Mamlakatimizda

turli manfaatlar, qarama-qarshi kuch va harakatlar muvozanatini ta’minlaydigan ma’naviy omil esa milliy istiqlol g‘oyasidir. G‘oya negizida esa milliy istiqlol mafkurasi shakllanadi.Biz barpo etayotgan jamiyatda olg‘a siljishimizga xalaqit berayotgan illat va asoratlarni bartaraf etishga qodir bo‘lgan samarali tizim shakllantirildi. Bunday samarali tizim – huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatidir. Huquqiy davlatda nafaqat hokimiyatning uch tarmog‘i: qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatining mustaqil harakat qilishi, balki ommaviy axborot vositalari va boshqa ijtimoiy tuzilmalarning qonun asosida erkin faoliyat ko‘rsatishi ham ta’min etiladi.Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, mustaqillik buhuquq degani, huquq esa – mas’uliyat deganidir. Mana shu demokratik jamiyatdagi bog‘liqlikni oddiy fuqarodan tortib mas’ul xodimlargacha teran anglab, o‘z faoliyatini ana shu asosda yuritishi maqsadga muvofiqdir.

5. Insoniyat o‘zligini anglay boshlagan hozirgi zamonda g‘oyaviy ziddiyatlarni demokratiya va plyuralizm tamoyili asosida hal qilishimkoniyatlari ochila boshladi. Shuning uchun ham Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan yuksak mafkuraviy madaniyatni mujassam etgan g‘oyaga qarshi g‘oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi faqatgina ma’rifat bilan kurashish haqidagi tamoyil maydonga tashlandi.O‘zbekiston xalqining milliy istiqlol mafkurasi hayotbaxsh va adolatli g‘oyalarni o‘z ichiga oladi.

6. Masalan, «diniy adabiyot» niqobi ostida xorijdan olib kelinayotgan ayrim kitoblarda dinga siyosiy tus beriladi, jihod haqida noto‘g‘ri ma’lumotlar bayon qilinadi va oqibatda, dinning mohiyatini bilmagan yoshlar bunday targ‘ibotlarga ishonib,noto‘g‘ri yo‘lga kirib ketishi mumkin. Yoki behayolikni, vahshiylik va zo‘ravonlikni targ‘ib etadigan filmlar ham ba’zi mafkuraviy poligonlardan tarqatilayotgan zararli ta’sirlardir. Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasida ikkita kuchning o‘zaro kurashi. Hozirgi vaqtda mafkuraviy vositalar orqali o‘z ta’sir doirasini kengaytirishga intilayotgan siyosiy kuchlar va harakatlar ham yo‘q emas. Tajovuzkorlik,millatchilik va shovinizm, neofashizm va fundamentalizm, irqchilik va aqidaparastlik mafkuralari shular jumlasidandir. Prezidentimiz «Bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlariga nisbatan ham ko‘proq kuchga ega» deb bejiz uqtirmaganlar.aniq ko‘zga tashlanmoqda, buning birinchisi xalqlarni taraqqiyot sari yetaklayotgan ilg‘or mafkura, ikkinchisi esa ularning yo‘liga g‘ov bo‘lishga urinayotgan zararli va buzg‘unchi mafkuralardir.

7. Mafkura sohasidagi kurashlar doimo axborot olamidagi yangiliklar bilan niqoblangan holda turli xil ko‘rinishlarda o‘zini namoyon etadi.«Boshqariladigan iqtisod», «boshqariladigan demokratiya», «rangl inqiloblar» kabi modellar ham shunday ko‘rinishlardan. Uning milliy g‘oya negizlariga to‘g‘ri kelmasligini hisobga olish zarur.Bugun mafkura sohasida «demokratiya»ni eksport qilishga urinish,

«uning xilma-xil modellarini e’tirof etmaslik» bilan bog‘liq kurashlar davom etmoqda. Bu o‘ziga xos xavf-xatar manbayi hisoblanadi.Milliy g‘oya negizlari esa demokratiya modellarining xilma etadi. Bu milliy qadriyatlarimizni -avaylash bilan bog‘liq.Xulosa qilib aytish mumkinki, bugungi kunda xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni hal etish mintaqadagi barcha mamlakatlarning istiqbolini bir qadar belgilab beradi. Shuning bilan birga, bu mintaqada yashayotgan xalqlarning azaliy qonqarindoshligi, hamkorligi va ma’naviy-ruhiy yaqinligini mustahkamlash borasida o‘ta muhim ahamiyatga molik masala bo‘lib qolaveradi. Bu esa hozir va kelajakda ham ushbu masala o‘z dolzarbligini saqlab qolishini bildiradi.

8. Iudaizm – yahudiylik dini bo‘lib, unga ko‘proq shu millat vakillari e’tiqod qiladi.

Konfutsiylik – xitoy faylasufi Konfutsiy tomonidan yaratilgan ta’limot.Yaponlarning milliy dini esa sintoizmdir.Yer yuzining ma’lum mintaqasida paydo bo‘lgan diniy

qarashlarning asosida o‘sha tabiiy makonning xususiyatlari,odamlarning yashash tarzi namoyon bo‘ladi. Masalan, Odam Ato va Momo Havoning yaralishi xususidagi rivoyat dunyoning qariyb barcha dinlarida mazmunan deyarli bir xil, ammo shakl nuqtayi nazaridan farq qiladi. Masalan, shimoliy mintaqalarda yaratilgan rivoyatlarda Odam Ato va Momo Havo, janubiy mintaqada «tuproqdan yaralgan» ilk Ota va Onamizdan farqlanadi. Bunga o‘xshash misollarni juda ko‘plab keltirishimiz mumkin.

9. Demokratik institutlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish – uzoq davom etadigan jarayon.Prezidentimiz Islom Karimov bu xususda shunday degan:«Demokratiya jamiyatning qadriyatiga, har bir insonning

boyligiga aylanmog‘i kerak. Bu esa bir zumda bo‘ladigan ish emas.Xalqning madaniyatidan joy ololmagan demokratiya turmush tarzining tarkibiy qismi ham bo‘la olmaydi. Bu tayyorgarlik ko‘rish va demokratiya tamoyillarini o‘zlashtirishdan iborat ancha uzoq muddatli jarayondir». Har bir jamiyat, davlat o‘zi uchun mos demokratik taraqqiyot yo‘lini o‘zi tanlaydi. O‘zbekiston ham o‘zi uchun mas’ul demokratik taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi. Xususan, sharqona demokratiyaning bir qator ustuvor jihatlari mavjud. Bu – g‘oyaviy-falsafiy asosda shakllangan insonparvarlikdir. Sharq siyosiy falsafasida «me’yor» tushunchasiga

katta ahamiyat berilgan. Chunki demokratiya, aslida, me’yorga asoslangan siyosiy madaniyatdir. Me’yorning o‘zi esa huquq va burch,erkinlik va tenglik o‘rtasidagi muvozanatni anglatadi.Saylov tizimi, davlatchilik, siyosiy harakatlar, jamoatchilik fikri,ommaviy axborot vositalari – barchasi Sharqda o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar hokimiyatga an’anaviy ishonch qonuniyati bilan ifodalanadi. Sharq mamlakatlarida siyosiy qarorlar qabul qilish va ularning amaldagi tatbiqini ta’minlash, xalq manfaatlarini hisobga olgan holda, mas’ul kishilar tomonidan

amalga oshirilgan. Shu tufayli Sharqda «El-yurt nima der ekan?» degan masala har bir hukmdor va siyosatchi faoliyatida bosh masala bo‘lib turgan.

10.Prezident Sh.M.MIRZIYOYEV.Biz mamlakat hayotiga doir har bir qarorni xalqimiz bilan maslahatlashib,bevosita muloqot asosida qabul qilmoqdamiz.”Xalq davlat idoralariga emas,balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”degan g’oya bu borada faoliyatimiz mezoniga aylanmoqda.

Davlat hodimlari,avvalo,birinchi rahbarlar faqat kabenetda o’tirmasdan,joylarga borib,aholini bezovta qilayotgan eng dolzarb muammolarning amaliy yechimi bilan shug’illanmoqda.



Shu ma’noda 2017-yil xalq bilan yaqindan muloqot qilish,uning dardu tashvishlari,hayotiu muommolarni samarali hal etish bo’yicha yangi tizim yaratilgan yil bo’ldi,deb aytishga to’la haqlimiz.
Download 16,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish