Kreditorlik qarzlarini boshqarish
Kreditorlik qarzlari tarkibiga mol yetkazib beruvchilar va pudratchilardan qarzlar, kechiktirilgan daromadlar, soliq va majburiy ajratmalar boʻyicha kechiktirilgan majburiyatlar, xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar, bank kreditlari, muomalaga chiqarilgan korporativ obligatsiyalar, soliqlar va majburiy ajratmalar boʻyicha qarzlar, dividendlar boʻyicha majburiyatlar va boshqa qarzlar kiradi.
Korxonaning toʻlovga qobiliyatliligini va moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida kreditorlik qarzlarini boshqarishda quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
Uzoq muddatli kreditlar jalb qilish orqali amalga oshirilayotgan loyihalar samaradorligini oldindan baholash. Mazkur jarayonda asosiy e’tibor investitsiyalarni qoplash vaqti va investitsiyalar samaradorligini aniqlashga qaratiladi. Agarda kredit muddati investitsiyani qoplash muddatidan uzoqligi, shuningdek erishiladigan natija tegishli xarajatlardan yuqoriligi aniqlansagina kreditlarni jalb qilish lozim boʻladi.
Kreditorlik qarzlari va debitorlik qarzlarining miqdor va vaqt jihatdan bir- biriga oʻzaro muvofiqligini ta’minlash. Mazkur jihat bevosita toʻlovga layoqatlilikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Kreditorlik qarzlarini oʻz vaqtida qoplash maqsadida toʻlov kalendarlarini ishlab chiqish. Toʻlov kalendarini ishlab chiqishda faqatgina aniq sanalar belgilanib qolmasdan mos toʻlov manbalarini oldindan belgilashga ham e’tibor qaratiladi. Kreditorlik qarzlarini belgilangan vaqtdan oldin qoplash bozor iqtisodiyoti sharoitida ijobiy holat sifatida tavsiflanavermaydi. Chunki olingan kreditlarni muddatdan oldin qaytarish foiz xarajatlarini kamaytirish mumkin, lekin boshqa tomondan mavjud mablagʻlardan samarali foydalanish imkoniyatini qoʻldan boy berishni anglatadi. Boshqa tomondan kredit muassasalari tomonidan qaytarib olingan mablagʻlarni joylashtirish uchun ortiqcha vaqt yoʻqotilishiga sabab boʻladi va oʻsha vaqt boʻyicha foizli daromadlar hisoblanmasligiga sabab boʻladi.
Kreditorlik qarzlarini boshqarishda ularning ta’sir doirasini hisobga olish. Bunda asosiy e’tibor toʻlovni kechiktirish natijasida qoʻllaniladigan moliyaviy jarimalar yoki boshqa choralarga qaratiladi.
Shartnomaviy munosabatlarni toʻgʻri tashkil etish. Ma’lumki, mahsulot sotish bilan bogʻliq shartnomaviy munosabatlar soliq va majburiy ajratmalar boʻyicha kreditorlik qarzlari yuzaga kelishiga sabab boʻladi. Ya’ni oy yoki chorak oxirida mahsulot sotish boʻyicha debitorlik qarzi shakllanishi oʻz navbatida navbatdagi oy yoki chorak boshida soliq toʻlovlari boʻyicha kreditorlik qarzi shakllanishiga zamin yaratadi. Agarda mazkur holatda debitorlik qarzining kelib tushish vaqti soliqlar toʻlash vaqtidan uzoqroq boʻladigan boʻlsa oʻz-oʻzidan korxonaning aylanma mablagʻlari chiqib ketishiga olib keladi. Aynan shundan kelib chiqqan holda har bir shartnomaviy munosabatda debitorlik va kreditorlik qarzlarining yuzaga kelishi hamda ularning oqibatlarini oldindan baholash maqsadga muvofiq.
Xulosa qilib aytganda, debitorlik qarzlarining oʻz vaqtida kelib tushmasligi korxona va tashkilotlarda pul mablagʻlariga defitsitni yuzaga keltiradi. Natijada esa joriy faoliyatni moliyalashtirish uchun korxonaning aylanma aktivlarga boʻlgan ehtiyoji oshadi va oʻz navbatida kreditorlik qarzlarini oʻz vaqtida qoplay olmaslik natijasida toʻlovga qobiliyatlilik darajasi pasayishiga sabab boʻladi.
Debitorlik qarzlarini boshqarishdan asosiy maqsad ularning kechikishiga yoʻl qoʻymaslik, jarimalar qoʻllash yoki boshqa usullardan foydalanishgacha olib bormaslik hisoblanadi. Kreditorlik qarzlarini boshqarishdan asosiy maqsad esa moliyaviy majburiyatlarni oʻz vaqtida qoplashni tashkil etish boʻlib, unda kreditorlik qarzlarini toʻlab berishning kechikishi tufayli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan qoʻshimcha moliyaviy majburiyatlarga yoʻl qoʻymaslikka e’tibor qaratiladi.
Debitorlik va kreditorlik qarzlari vujudga kelish sabablari sifatida bir tizimga boʻysunuvchi korxonalar oʻrtasida zanjirli bogʻlanishning amal qilishi, korxonalarda moliyaviy beqarorlik holatlarining yuzaga kelishi, debitorlik va kreditorlik qarzlari boʻyicha ta’sir doirasining pastligi, makroiqtisodiy beqarorlik holatlari yuzaga kelishi, avans toʻlovlarining amal qilishi kabilarni keltirish mumkin.
Debitorlik qarzlarini boshqarishda debitorlik qarzlari boʻyicha aniq chegara va me’yorni belgilash, iste’mol kreditlari, tijorat kreditlari boʻyicha aniq sxemalar ishlab chiqish (toʻlov jadvallarini ishlab chiqish, xaridorlar bilan optimal hisob-kitob shaklini belgilash (masalan, akkreditivlardan maksimal foydalanish), debitorlik qarzlarini muddatlar boʻyicha tasniflash, debitorlik qarzlarini diversifikatsiyalash, debitorlik qarzlarining korxona moliyaviy barqarorligiga ta’sirini doimiy monitoring qilish, debitorlik va kreditorlik qarzlari nisbatini nazorat qilish, debitorlik qarzlari boʻyicha ta’sir choralarini belgilash, debitorlik qarzlari yuzaga kelishi ehtimoli past boʻlgan mahsulot ishlab chiqarishini oshirish, faktoring operatsiyalarini qoʻllash kabilarga e’tibor qaratish lozim.
Korxonaning toʻlovga qobiliyatliligini va moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida kreditorlik qarzlarini boshqarishda uzoq muddatli kreditlar jalb qilish orqali amalga oshirilayotgan loyihalar samaradorligini oldindan baholash, kreditorlik qarzlari va debitorlik qarzlarining miqdor va vaqt jihatdan bir-biriga oʻzaro muvofiqligini ta’minlash, kreditorlik qarzlarini oʻz vaqtida qoplash maqsadida toʻlov kalendarlarini ishlab chiqish, kreditorlik qarzlarini boshqarishda ularning ta’sir doirasini hisobga olish, shartnomaviy munosabatlarni toʻgʻri tashkil etish kabilarga e’tibor qaratiladi.
“Oʼzbektelekom” АK Qashqadaryo filialining debitorlik va kreditorlik qarzlarining tahlili
Бозор иқтисодиѐти шароитида корхоналарнинг дебиторлик ва кредиторлик қарзларига баҳо беришда уларнинг баланc ҳолатига келтириб ўрганиш мумкин бўлади. Дебиторлик ва кредиторлик қарзлари баланси улар орасидаги ўзаро тенглик нисбатини характерлайди. Бунда дебиторлик мажбуриятларининг кредиторлик мажбуриятларидан ортиб кетиши ѐки аксинча ҳолатлари ифодаланади. Демак, дебиторлик ва кредиторлик қарзлари таҳлилини ўтқазиш учун биринчни навбатда уларнинг балансини тузиш мақсадга мувофиқ (1-жадвал).
Do'stlaringiz bilan baham: |