Debitorlikqarzlarinimuddatlarboʻyichatasniflash. Mazkur amaliyot debitorlik qarzlarini boshqarishda alohida dolzarblik kasb etadi. Chunki debitorlik qarzlarini muddatlar boʻyicha tasniflash orqali ularni nazorat qilish samaradorligi oshadi. Bunda muddatlarga e’tibor qaratish bilan bir vaqtda miqdorga ham e’tibor qaratish talab etiladi.
Debitorlikqarzlarinidiversifikatsiyalash. Bunda faqatgina sanoqli mijozlar boʻyicha debitorlik qarzlari shakllanishiga yoʻl qoʻymasdan keng doirada koʻplab sub’ektlar bilan hamkorlikka kirishishni nazarda tutadi. Mazkur amaliyot bevosita debitorlik qarzlari boʻyicha yoʻqotishlarni kamaytirish imkonini beradi.
Debitorlikqarzlariningkorxonamoliyaviybarqarorligigata’sirinidoimiymonitoring qilish, debitorlik va kreditorlik qarzlari nisbatini nazorat qilish. Mazkur jarayonda asosiy e’tibor debitorlik va kreditorlik qarzlari yuzaga kelishining korxona moliyaviy barqarorlik darajasiga ta’sirini baholashga qaratiladi.
Debitorlikqarzlariboʻyichata’sirchoralarinibelgilash. Bunda yetkazib berilgan tovarlar boʻyicha shartnomada koʻrsatilgan muddatdan oldin toʻlovlar amalga oshirilganda chegirmalar belgilash yoki aksincha, muddati oʻtgan debitorlik qarzlari boʻyicha jarimalar belgilashga e’tibor qaratiladi. Mazkur amaliyot mijoz va xaridorlar uchun motivatsiya vazifasini bajaradi.
Debitorlikqarzlariyuzagakelishiehtimolipastboʻlganmahsulotishlabchiqarishini oshirish va aksincha. Mazkur holatda asosiy yuk marketing xizmatiga tushadi. Chunki aynan marketing bozorda yuqori talabga ega boʻlgan mahsulot va xizmatlarni jiddiy oʻrganish orqali korxonada faoliyatni tashkil etish bevosita debitorlik qarzlari holatiga ham oʻz ta’sirini koʻrsatadi.
Faktoring operatsiyalarini qoʻllash. Mamlakatimizda faktoring operatsiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan 2000 yil 15 iyulda tasdiqlangan “Tijorat banklari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida faktoring operatsiyalarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom asosida amalga oshiriladi.
Faktoring operatsiyalari ma’lum bir chegirmalar asosida debitorlik qarzlarini tijorat banklari tomonidan sotib olishni nazarda tutadi.
Faktoring operatsiyalari quyidagilar boʻyicha amalga oshirilishi mumkin emas:
byudjet tashkilotlariga taqdim etiladigan talablar boʻyicha;
jismoniy shaxslarning qarz majburiyatlari boʻyicha;
toʻlovga qobiliyatsiz deb e’lon kilingan korxonalarning majburiyatlari boʻyicha;
zarar koʻrib ishlaydigan korxonalar boʻyicha;
kapital koʻyilmalarni moliyalashtirish boʻyicha;
eksportga oid konsignatsiya bitimlari boʻyicha;
kompensatsiya va barter bitimlari boʻyicha;
ishga bosqichma-bosqich yoki boʻnak bilan hak toʻlash boʻyicha;
toʻlovchi shartnomada shartlangan vaqt mobaynida, shuningdek, sotish xizmati koʻrsatilganidan keyin mahsulotni qaytarish xuquqiga ega boʻlgan oldi-sotdi shartnomalari boʻyicha.