Qisqacha tarixiy ma’lumot!!!
R.Boyl – kimyoviy elementlar murakkab moddalar tarkibida bo’lishini tushuntirgan.
Dalton – atom massa haqidagi tushunchani fanga kiritgan.
Berselius – 46 ta elementning atom massalari asosida kimyoviy elementlar jadvalini tuzgan.
Debereyner – elementlarni triadalarga, ya’ni o’xshash uchtadan iborat tabiiy oilalarni tuzdi.
Debereyner – elementlarning atom massalariga asoslanib triadalar nazariyasini taklif etdi.
B.de-Shankurtua kimyoviy elementlarning silindr shaklidagi jadvalini tuzdi.
N.L.Meyer–elementlarning atom massalari ortib borishiga asoslangan jadvalni taklif etgan.
J.Nyulends – elementlar ekvivalentlariga asoslangan oktavalar qonunini taklif etgan.
Abu ar-Roziy– moddalarnio’simlik, hayvon va minerallardan olinishi asosida sinflagan.
A.Sala – erituvchilarni suvli, kislotali, yog’li sinflarga ajratdi.
E.Joffrua – moddalarning o’xshashlik jadvalini tuzdi.
Davriy sistemada 7 ta davr, 10 ta qator, 8 ta guruh mavjud.
Gruppa.Davriy jadvalda vertikal tarzda joylashgan. U asosiy (A) va qo’shimcha (B) guruhchalarga ega. Asosiy guruhcha svap elementlardan, qo’shimcha guruhcha esa d va f elementlardan tashkil topgan.
Davr.Davriy jadvalda gorizantaliga joylashgan.Ishqoriy metallardan boshlanib, inert gazlar bilan tugaydi. Davrlar uchga bo’linadi:
Kichik davr: 1,2,3
Katta davr: 4,5,6
Tugallanmagan davr: 7
Kichik davrlar s va p elementlardan, katta davrlar s,p,d,f elementlardan tashkil topgan.
Vodorod ham birinchi ham yettinchi guruhda joylashgan. Buning sababi galogenlar kabi metalli birikmalarida -1, metallar kabi metallmaslar bilan hosil qilgan birikmalarida +1 oksidlanish darajasini namoyon etadi.
Kichik davrda joylashgan element atomlarining o’xshashlik va farqlari shundan iboratki, ularda elektron pog’onalar soni bir xil, tashqi elektron pog’onalaridagi elektronlar soni va yadro zaryadlari har xil.
D.I.Mendeleyev davriy jadvalining bitta guruhchasida joylashgan elementlarning atomlari tashqi qobiqdagi elektronlar soni, kimyoviy xossalari bilan o’zaro o’xshash bo’ladi.
Lantanoid va aktinoidlar davriy sistemeda oltinchi davrning III gruppasida lantanoidlar va yettinchi davrning III gruppasida aktinoidlar joylashgan.
Davriy sistemadagi bitta guruhda joylashgan elementlarning kimyoviy xossalari o’xshash bo’ladi. Masalan, kalsiy va bariy bitta guruhda joylashgan. Demak, ularning kimyoviy xossalari o’xshash bo’lishi shart. Ularni ko’pincha analoglar deb ham ataladi. Bundan tashqari elementlarda dioganal o’xshashlik ham bor. Masalan, Be-Al o’zaro kimyoviy jihatdan o’xshash.
Lantanoidlar va aktinoidlarning fizik va kimyoviy xossalari juda o’xshash bo’ladi.
Ekabor(skandiy), ekaalyuminiy(galliy), ekasilitsiy(germaniy)larni Mendeleyev oldindan bashorat qilgan.
Lekok de Buabadron galliyni, Nilsen skandiyni, K.Vinkler germaniyni kashf etgan.
Er – xotin V.Noddak va I.Noddaklar tomonidan reniyning kashf qilinishiga Mendeleyev davriy jadvalda marganesning ostida ikkita bo’sh katak qoldirganligi sabab bo’ldi. Bu elementlarni Mendeleyev ekamarganes va dvimarganes deb nomlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |