O’quv yili gigiеnаsi: Mаktаblаrimizdа o’quv yilining dаvоmiyligi bоshlаng’ich sinf o’quvchilаridа qisqаrоq, o’rtа vа yuqоri sinf o’quvchilаridа esа uzunrоq bo’lаdi. O’quv yili. dаvоmidа o’quvchilаrning ish qоbiliyatining sаqlаnib turishidа qishki, bаhоrgi, kuzgi vа yozgi tа’til kunlаridа bоlаlаrning yaхshi dаm оlishlаri muhim аhаmiyatgа egа. O’quv jаrаyonining tа’tillаr bilаn аlmаshib turishi rеjаdаgi o’quv mаtеriаlining bir mе’yordа tаqsimlаnishi bilаn o’quvchilаr аqliy chаrchаshining оldi оlinаdi, sоg’ligi vа ish qоbiliyatining qаytа tiklаnishigа yordаm bеrаdi. Mаktаblаrgа bоlаlаr 6−7 yoshdаn qаbul qilinаdi. O’qish bоshlаshidаn 1-2 kun аvvаl mаktаbdаgi o’quv tаrtibini tаnishtirish mаqsаdidа o’qituvchilаr оtа−оnаlаr vа o’quvchilаr bilаn uchrаshuv o’tkаzаdilаr. Sinf rаhbаri hаr bir o’quvchini bo’yi, ko’rish vа eshitish qоbiliyatini hisоbgа оlgаn хоldа o’tirаdigаn pаrtаsini bеlgilаydi. Bir smеnаli mаktаblаrdа o’qishni sоаt 9dа, sоаt 8-30dа esа, ikki smеnаli mаktаblаrdа bоshlаsh tаvsiya etilаdi. O’rtа mаktаbning hоzirgi vаqtdа O’zbеkistоndаgi 1,2,3−sinflаridа bir hаftаlik nаgruzkа 24 soat, 4−sinfdа − 27
soat, 5,6,7−sinflаrdа - 32 soat, 8-sinflаrdа esа − 33 soat, 9−11−sinflаrdа – 35 soat bo’lishi kеrаk. Fаkul’tаtiv mаshg’ulоtlаr yuqоri sinflаrdа 4 soat bo’lishi ko’zdа tutilgаn. Yuqоridа ko’rsаtilgаn bir hаftаlik dаrs sоаtlаridаn ko’prоq sоаtlаr аshulа, jismоniy tаrbiya, rаsm, mеhnаt dаrslаrigа аjrаtilishi mаqsаdgа muvоfiqdir, chunki bundа o’quvchilаr ko’p chаrchаb qоlmаydi. 7 yashаr bоlаlаrni 45 minutlik dаrs chаrchаtib qo’yadi, shuning uchun birinchi sinfdа 35 minut dаrs o’tib, qоlgаn 10 minutdа turli ko’rgаzmаli qurоllаrni ko’rsаtish tаvsiya etilаdi.
10
Dars jadvalining gigiyenasi
Maktabda haftalik dars jadvalini tuzishga gigiyenik talab. Dars jadvali gigiyenik talab asosida tuzilishi, o`quv kuni davomida o`quvchilarning ish qobiliyati yuqori darajada bo`lishiga, dars materiallarini yaxshi o`zlashtirilishiga, dars paytida o`quvchilarning charchab qolmasligiga imkon beradi. Maktabda o`qitiladigan fanlar, o`zlashtirilishi qiyin yoki oson bo`lishi nuqtai nazaridan, shartli ravishda 3 guruhga bo`linadi: 1.O`zlashtirilishi qiyin fanlarga matematika, fizika, kimyo, chet tillari, rus tili va adabiyoti kiradi;
2.O`zlashtirilishi o`rtacha darajada qiyin bo`lgan fanlarga tarix, jamiyatshunoslik, ona tili va adabiyoti, geografiya, chizmachilik va biologiya fanlari kiradi;
3.O`zlashtirilishi yengil fanlarga jismoniy tarbiya, mehnat, rasm, ashula kabilar kiradi. Dars jadvalini tuzishda, bosh miya po`stlog`i nerv hujayralari fiziologik xususiyatlarini, ya`ni ularning ish bajarish imkonini e`tiborga olish, o`quvchilarning fanlarni o`zlashtirish qobiliyati yuqori darajada bo`lishiga imkon beradi. Ularda aqliy charchashni yuzaga kelishining oldini oladi. Gigiyena fani talabiga binoan haftalik dars jadvalini quyidagi tartibda tuzish tavsiya etiladi:
- birinchi va ikkinchi soatlarga o`zlashtirilishi qiyin fanlar joylashtirilishi lozim;
- uchinchi soatga o`zlashtirilishi o`rtacha fanlar joylashtiriladi;
- to`rtinchi soatga o`zlashtirilishi oson fanlar joylashtiriladi;
O`zlashtirilishi oson fanlarni to`rtinchi soatga qo`yilishiga sabab shuki, bu soatda o`quvchilarning miyasi dam oladi. Natijada beshinchi va oltinchi soatlarga o`zlashtirilishi o`rtacha qiyinlikdagi fanlarni joylashtirishga imkon yaratiladi. Dars jadvaliga fanlarni joylashtirishda yuzaga keladigan ayrim qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun, yuqorida aytilgan tartibga ayrim o`zgarishlar kiritgan holda birinchi va ikkinchi soatlarga qiyin fanlar, uchunchi soatga o`zlashtirilishi oson, to`rtinchi soatga o`rtacha qiyin, beshinchi soatga oson, oltinchi soatga o`rtacha qiyinlikdagi fanlar qo`yilishi maqsadga muvofiq bo`ladi. Sog`lom turmush tarzini shakllantirish. Sog`lom turmush tarzi tushunchasi odam xulq atvorining hamma jihatlarini chuqur qamrab oladi. Sanitariya-gigiyena qoida va talablariga rioya qilish, atrofdagilarga iltifotli bo`lish, o`zining psixik holatlarini boshqara bilish, to`g`ri ovqatlanish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanish, zararli odatlardan voz kechish kabilar odam o`z-o`zini bilishining asosiy mazmunidir. Sog`lom turmush tarzini shakllantirishda kun tartibi, ratsional ovqatlanish, shaxsiy gigiyena, aqliy va jismoniy mehnat gigiyenasi, zararli odatlar (tamaki chekish, nos otish, spirtli ichimliklar iste`mol qilish, giyohvandlik va hakozo) ga berilmaslik kabilar muhim ahamiyatga ega. Bolalarda tibbiy pokizalik malakasini shakllantirish. Gigiyenik tarbiyaning muhim vazifalaridan biri, bolaning yoshligidan tibbiy pokizalikka o`rgatishdir. Ertalabki gimnastika bilan shug`ullangandan keyin, yuvinish, sochiqni namlab badanning hamma qismlarini teri qizarguncha yaxshilab artish.So`ngra, nonushta qilish.
Haftada bir marta hammom qilish.Yilning iliq, ayniqsa issiq fasllarida har kuni uyqudan 1-2 soat oldin dush qabul qilish (ustidan iliq suv quyib, yaxshilab artinish).
Do'stlaringiz bilan baham: |