Qayta tayyorlash haqida davlat namunasidagi
DIPLOM
(tavsifi)
| | |
Qayta tayyorlash to‘g‘risidagi diplom A4 formatli oq qog‘ozda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, ko‘k, qizil ranglarda, fon uchun — och pushti rangda bosib chiqariladi.
Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm bo‘lgan Davlat gerbi, past qismida esa — 35 mm o‘lchamli ikkita kvadrat qo‘shilishidan hosil bo‘lgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning o‘rtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.
Varaqning qolgan qismida yuqorida lotin yozuvi bilan davlat tilida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI. Qayta tayyorlash haqida DIPLOM” so‘zlari bosiladi. Diplom ikki lotin harfi — QT va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan ta’minlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och pushti rang fonda bosib chiqariladi.
Diplom:
bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli;
yorug‘lik vositasida nusxa ko‘chirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
naqshli rastr;
har xil rangli rastrlardan foydalanish yo‘li bilan turli ranglarni tashkil etish;
maxsus qog‘ozlar;
o‘zgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qo‘llangan holda oltita himoyaga ega.
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
DAVLAT GERBINING TASVIRI
O‘zbekiston Respublikasi
Qayta tayyorlash
haqida
DIPLOM
QT № 000000
|
| | | | |
___________________________________________________________________________________________
(Tinglovchining familiyasi, ismi, otasining ismi)
20_____ yil _______________________________dan 20______ yil ________________________________gacha
___________________________________________________________________________________________
(Qayta tayyorlash ta’lim muassasasining nomi)
___________________________________________________________________________soatga mo‘ljallangan
___________________________________________________________________________________________
|
| | | | |
qayta tayyorlash kursida ta'lim olib davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tdi.
| |
| | | | |
Muhr o‘rni
| | | | |
| | | | |
Direktor _________________
| | | |
Sana ____________________
| |
Qayd raqami _____________________
|
| | | | |
| | | |
QR-kod tasviri
|
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi 189-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-avgustdagi 343-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar”ning “O‘quv yuklamasining hajmi” bo‘limining rus tili matnida 7.3-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“V visshix obrazovatelnix uchrejdeniyax, uchebniy protsess v kotorix v sootvetstvii s zakonodatelstvom osnovan na kreditno-modulnoy sisteme obucheniya, v tom chisle po Yevropeyskoy kreditnoy sistemoy ECTS (European Credit Transfer and Accumulation System) obyemi uchebnoy nagruzki ustanavlivayutsya samostoyatelno samim visshim obrazovatelnim uchrejdeniyem, a uchebnaya nagruzka mojet opredelyatsya s primeneniyem kredita — uslovnoy edinitsi opredeleniya obyema uchebnoy nagruzki studentov”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 20-son qarori (O‘zbekiston
Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 8-modda) bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 10-bandi ikkinchi xatboshisidan “o‘tkaziladigan tanlov asosida” so‘zlari chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 31-32-son, 303-modda) bilan tasdiqlangan O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risidagi nizomda:
a) 15-bandda:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘quv jarayoni o‘qitishning modul (kredit-modul) tizimiga hamda “litsey — universitet” ta’limining uzluksizligini ta’minlashga asoslangan ta’lim muassasalarida shaxsiy ish rejasidagi tadbirlar ro‘yxati va ularning minimal soatlari ushbu ta’lim muassasalarining o‘quv-uslubiy jarayonini muvofiqlashtiradigan oliy ta’lim muassasasining Kengashi tomonidan belgilanadi”;
to‘rtinchi-beshinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi-oltinchi
xatboshilar deb hisoblansin;
b) quyidagi mazmundagi 20-band qo‘shilsin:
“20. Mazkur Nizomning 16 — 19-bandlari talablari qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘quv jarayoni o‘qitishning modul (kredit-modul) tizimiga hamda “litsey — universitet” ta’limining uzluksizligini ta’minlashga asoslangan ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi”.
4. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 11-son, 104-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarida:
a) 20-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “gerbli muhri” so‘zlari “muhr” so‘zi
bilan almashtirilsin;
b) 91-bandning ikkinchi xatboshisiga “ichki ishlar organlari” so‘zlaridan keyin “va konsullik muassasalari” so‘zlari qo‘shilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 6-apreldagi 187-son qarorida:
a) 2-ilovada:
16
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16
1. Mazkur paragraf qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari va Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseyga nisbatan tatbiq etilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari va Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litsey o‘quv reja va fan dasturlari,
shuningdek, akademik litseyda o‘quv yuklamasi hajmi Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi”;
18-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari va Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseyning malaka talablari Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi”;
b) 3-ilovaning 3-bandi ikkinchi xatboshisidagi “kollejlarining” so‘zi “texnikumlari va Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseyning” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 2-iyundagi 347-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 91-modda) quyidagi mazmundagi 1
1 va 1
2-bandlar qo‘shilsin:
“1
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910-son qaroriga muvofiq akademik litseylarga iqtidorli yoshlarni test sinovlari asosida saralab olish uchun test sinovlari ikki bo‘limlardan tashkil topganligi hamda I bo‘lim — tanlangan yo‘nalishga mos 2 ta fan bo‘yicha test sinovlaridan iborat bo‘lishi belgilanganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son Farmoniga muvofiq Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi o‘rinlarda — TDYU) huzuridagi akademik litseyning (keyingi o‘rinlarda — akademik litsey) barcha fanlar bo‘yicha yuqori natijalarga ega bitiruvchilari TDYUga kirish
test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali, to‘lov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari kirish huquqiga egaligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
1
2. Belgilansinki:
Akademik litseyda I bo‘lim — tanlangan yo‘nalishi bo‘yicha test sinovlari topshiriladigan mos fanlar TDYU tomonidan belgilanadi;
akademik litseyda kamida uch yil ishlagan, bazaviy oliy yuridik ma’lumotga ega pedagog va rahbar xodimlarga TDYU magistratura mutaxassisligiga test sinovlarisiz, to‘lov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari kirish huquqi beriladi. Bunda ushbu xodimlarga o‘qishni tugatgandan so‘ng taqsimot bo‘yicha adliya organlari va muassasalarida, birinchi navbatda, akademik litseyda kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyati yuklanadi;
akademik litseyga xodimlar adliya organlari va muassasalari uchun belgilangan tartibda ishga qabul qilinadi;
akademik litsey o‘quvchilarining bilimlarini baholash, yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish, shuningdek, akademik litseyning barcha fanlar bo‘yicha yuqori natijalarga ega bitiruvchilari TDYUga kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali, to‘lov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.
7. Vazirlar Mahkamasining “Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 28-dekabrdagi 1026-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 306-modda):
a) 5-bandda:
birinchi xatboshiga “malaka oshirish” so‘zlaridan keyin “va qayta tayyorlash” so‘zlari qo‘shilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yuridik fanlardan dars beradigan oliy, noyuridik ma’lumotga ega bo‘lgan pedagog kadrlarni qayta tayyorlashdan o‘tish uchun Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida tashkil etiladigan kasbiy qayta tayyorlash kurslariga yo‘naltiradi”.
8. Vazirlar Mahkamasining “Gerbli guvohnomalar shakllarini takomillashtirish va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining aholiga ko‘rsatayotgan xizmatlari sifatini yaxshilash to‘g‘risida” 2018-yil 26-sentabrdagi 768-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 9-son, 237-modda) 1 va 1a-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 768-son qaroriga
1-ILOVA
“Tug‘ilganlik haqida gerbli guvohnoma blankasining
ShAKLI
Izoh. O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari tomonidan rasmiylashtirish jarayonida tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomalarga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami kiritilmagan taqdirda, JSh ShIR fuqarolarning murojaatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi hududidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 768-son qaroriga
1a-ILOVA
Tug‘ilganlik haqida gerbli guvohnoma blankasining
ShAKLI
9. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 14-iyundagi 453-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 6-son, 109-modda):
a) 4-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Markaz qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yurisprudensiya va huquqshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiradi, shuningdek, TDYU bilan kelishilgan holda boshqa yo‘nalishlarda kurslar tashkil etadi va ularda o‘qish uchun to‘lov miqdorlari, davomiyligini mustaqil ravishda belgilaydi”;
b) 5-bandda:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Markazda tashkil etiladigan kurslarda o‘qitish uchun olingan mablag‘lar”;
o‘ninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilab qo‘yilsinki, Markazda tashkil etiladigan kurslarda o‘qitish uchun olingan mablag‘lar, shuningdek, asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklarni sotish va boshqa turdagi xizmatlarni ko‘rsatishdan tushadigan barcha mablag‘lar Markaz tomonidan to‘laligicha va mustaqil ravishda tasarruf etiladi.”;
v) 6-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Markazga TDYU bilan kelishgan holda xodimlariga har oylik ustamalar va ularning miqdorini Markazning budjetdan tashqari (o‘qish uchun tushgan mablag‘lar va boshqa) mablag‘lari hisobidan mustaqil belgilash huquqi berilsin”;
g) 7-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tinglovchilarni xorijiy yuridik kompaniyalar va xalqaro arbitraj institutlariga stajirovkaga yuborish bilan bog‘liq xarajatlar budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ham qoplanishi mumkin”;
d) 14-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
e) 2-ilovada:
6-banddagi “ammo bir oydan kam bo‘lmagan muddatda” so‘zlari “qoida tariqasida, bir oydan kam bo‘lmagan muddatda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
18-bandga “talabgorlar” so‘zidan keyin “o‘quv mashg‘ulotlari boshlanganidan keyin” so‘zlari qo‘shilsin;
j) 3-ilovada:
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslari (keyingi o‘rinlarda — qayta tayyorlash kurslari) — davlat organlari va tashkilotlarning yuridik ma’lumot hamda bilim talab etadigan kasb va lavozimlarida faoliyat olib borish uchun yetarli darajadagi bilim olish va ko‘nikma shakllantirishni nazarda tutadigan oliy ta’limdan keyingi o‘qitish shakli;
qayta tayyorlash kurslarida bevosita ta’lim shaklida o‘qish — ta’lim dasturlarini ishlab chiqarishdan ajralgan holda, qayta tayyorlash kurslarida bevosita ishtirok etish orqali o‘zlashtirish;
qayta tayyorlash kurslarida masofaviy ta’lim shaklida o‘qish — ta’lim dasturlarini ishlab chiqarishdan ajralmagan holda onlayn (real vaqt rejimida) hamda oflayn (videoma’ruzalar, mavzuga doir ma’ruzalar matni, assesment topshiriqlari, amaliyot materiallari tahlili, kichik nazorat ishini bajarish orqali tegishli o‘quv-metodik resurslarni mustaqil ravishda o‘zlashtirish) tarzda o‘zlashtirish;
talabgorlar — qayta tayyorlash kurslarida ta’lim olishni xohlovchi oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar;
tinglovchilar — kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan, o‘qish uchun kontrakt to‘lovini amalga oshirgan va qayta tayyorlash kurslariga qabul qilingan shaxslar”;
3-bandga “Kengashi tomonidan” so‘zlaridan keyin “kursni tashkil etish shakli bo‘yicha” so‘zlari qo‘shilsin;
6-bandga “Qayta tayyorlash kurslarida o‘qish” so‘zlaridan keyin “bevosita, masofaviy yoki boshqa ta’lim shaklida” so‘zlari qo‘shilsin;
8-bandda:
birinchi xatboshidan “va asosiy ish joyidan ajralgan holda amalga oshiriladi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshiga “qayta tayyorlash kurslarida” so‘zlaridan keyin “ishdan ajralgan holda” so‘zlari qo‘shilsin;
12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Maslahat komissiyasi kursni tashkil etish shaklidan kelib chiqib hujjatlarni qabul qilish muddatlari va o‘qish uchun ajratilgan o‘rinlarning umumiy soni haqidagi ma’lumotlarni, qoida tariqasida, hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan bir oy oldin Markazning rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalariga joylashtiradi”;
18-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Jalb qilingan imtihon komissiyasi a’zolariga shartnoma asosida haq to‘lanadi”;
22-banddagi “bir oy” so‘zlari “bir hafta” so‘zlari bilan almashtirilsin;
24-banddagi “kirish imtihonlari boshlanishidan uch kun oldin” so‘zlari “kirish imtihonlari o‘tkaziladigan kunda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
26-bandda:
birinchi xatboshiga “telekommunikatsiya vositalarini” so‘zlaridan keyin “shuningdek, imtihon jarayonlarining shaffof va adolatli o‘tishiga ta’sir qiladigan boshqa har qanday materiallarni” so‘zlari qo‘shilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Kirish imtihoni jarayonida talabgorning taqiqlangan materiallardan foydalanishi, foydalanishga urinishi, boshqa talabgorlar bilan muloqot qilishi, shuningdek, imtihon o‘tkazish tartibiga zid boshqa xatti-harakatlar sodir qilishi unga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirilib, imtihondan chetlashtirilishiga asos bo‘ladi”;
28-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Kirish imtihonlari kursni tashkil etish shakli va belgilangan o‘rinlar sonini inobatga olgan holda alohida o‘tkaziladi”;
33-banddagi “55 foizi va undan yuqori” so‘zlari “55 foizidan yuqori” so‘zlari bilan almashtirilsin;
35-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“35. Mazkur Nizom 33-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan shartlar bajarilmagan taqdirda, qayta tayyorlash kurslariga qabul qilinish huquqi o‘qish shaklidan kelib chiqib belgilangan maksimal ballning 55 foizdan ortig‘ini to‘plagan keyingi talabgorga beriladi.
Markaz imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, kirish imtihoni natijalariga ko‘ra qabul qilinmagan talabgorlar qo‘shimcha ravishda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinishi mumkin.
Qo‘shimcha ravishda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagida bo‘lgan talabagorlar TDYU tomonidan belgilangan muddatlarda to‘lov-kontrakt shartlari to‘liq bajarilgandan so‘ng Markaz direktorining buyrug‘i bilan o‘qishga qabul qilinadi.”;
36-bandning ikkinchi xatboshisiga “kontrakt summasi miqdori” so‘zlaridan keyin “ta’lim shaklini inobatga olgan holda” so‘zlari qo‘shilsin;
37-banddagi “26” raqami “28”
raqami bilan almashtirilsin;
39-banddagi “TDYU Kengashi tomonidan” so‘zlaridan keyin “ta’lim shakllari bo‘yicha” so‘zlari qo‘shilsin;
40-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Masofaviy ta’lim shaklidagi qayta tayyorlash kurslarida o‘quv jarayoni Markazning hamda masofaviy ta’limga oid boshqa maxsus ta’lim platformalarida, onlayn (real vaqt rejimida) hamda oflayn (videoma’ruzalar, mavzuga doir ma’ruzalar matni, assesment topshiriqlari, amaliyot materiallari tahlili, kichik nazorat ishini bajarish orqali tegishli o‘quv-metodik resurslarni mustaqil ravishda o‘zlashtirish) rejimda tashkil qilinadi”;
44-bandda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi-uchinchi xatboshilar qo‘shilsin:
“Masofaviy ta’lim shaklida tashkil etilgan qayta tayyorlash kurslarida yakuniy nazorat imtihonlari tinglovchining bevosita ishtirokida, Markaz auditoriyalarida o‘tkaziladi.
Asosiy ish joyidan ajralmagan holda masofaviy tarzda ta’lim olayotgan tinglovchilarga bevosita Markazga kelishi talab etiladigan nazorat imtihonlarini topshirish vaqtida, tasdiqlangan nazorat imtihoni jadvaliga asosan, mos ravishda, o‘rtacha oylik maoshi saqlangan qo‘shimcha ta’til beriladi.”;
ikkinchi-uchinchi xatboshilar tegishlicha to‘rtinchi-beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
55-bandda:
to‘rtinchi xatboshidagi “10” raqami “30” raqami bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshiga “Markaz” so‘zidan keyin “odob-axloq va” so‘zlari qo‘shilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 3-iyuldagi 498-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 7-son, 160-modda) ilovasida:
a) 15-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan yoki Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazining oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarini tugatgan va belgilangan namunadagi diplomni olgan shaxslar”;
b) 23-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“1 va 2-toifali inspektor lavozimida Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazining oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarini tugatgan va belgilangan namunadagi diplomni olgan shaxslar ham ishlashi mumkin”.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
12. Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 4-oktabrdagi 797-son qarorida:
a) 1-ilovada:
9-bandning birinchi xatboshisidagi “10” raqami “3” raqami bilan almashtirilsin;
10-bandda:
“a” kichik bandning ikkinchi-uchinchi xatboshilaridagi hamda “b” kichik bandning ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “hisob raqamiga” so‘zlari “hisobvarag‘iga” so‘zi bilan almashtirilsin;
“b” kichik bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga” ;
b) 2-ilovada:
10-bandning birinchi xatboshisidagi “10” raqami “3” raqami bilan almashtirilsin;
11-bandda:
“a” kichik bandning ikkinchi-uchinchi xatboshilaridagi hamda “b” kichik bandning ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “hisob raqamiga” so‘zlari “hisobvarag‘iga” so‘zi bilan almashtirilsin;
“b” kichik bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga”.
13. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 26-avgustdagi 513-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2020-y., 8-son, 198-modda):
3-ilovada:
2-bandning “a” kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi va 5-bandning birinchi xatboshisidagi “texnikumlarda” so‘zi “texnikumlar va TDYU huzuridagi akademik litseyda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “markaziy organlarida (markaziy apparatida)” so‘zlari “markaziy organlari hamda boshqa markaziy davlat organlarining markaziy apparatida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-banddagi “yuridik texnikumlarda” so‘zlari “yuridik texnikumlar va TDYU huzuridagi akademik litseyda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bazaviy oliy yuridik ma’lumotga ega, yuridik texnikumlarda (TDYU huzuridagi akademik litseyda) kamida uch yil ishlagan pedagog va rahbar xodimlar uchun o‘rnatilgan tartibda imzolangan va yuridik texnikum (akademik litsey) blankida rasmiylashtirilgan, raqami va berilgan vaqti aks ettirilgan hamda elektron mehnat daftarchasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar ilova qilingan yuridik texnikum (akademik litsey) direktorining tavsiyasi (ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan asosga ko‘ra hujjat topshirilganda)”;
9-bandning uchinchi xatboshisiga “yuridik texnikumlar” so‘zlaridan keyin “, TDYU huzuridagi akademik litsey” so‘zlari qo‘shilsin;
izohdagi “yuridik texnikumlarda” so‘zlari “yuridik texnikumlar va TDYU huzuridagi akademik litseyda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2021-yil 22-fevraldagi 87-son qaroriga ilovaning 1298-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son;
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)