[
OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasining qonunlari]
[
TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 10-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020-yil 20-noyabrda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrda qabul qilingan “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘RQ-589-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 12, 883-modda; 2020-yil, № 5, 297-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 8-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
|
T/r
|
Tovarlar (xizmatlar) nomi
|
Soliq stavkasi
|
|
2020-yil 1-yanvardan
|
2020-yil 1-apreldan
|
2020-yil 1-oktabrdan
|
|
1.
|
Oziq-ovqat xomashyosidan rektifikatsiyalangan etil spirti, rektifikatsiyalangan va efiroaldegidli fraksiyadan texnik etil spirti va etil spirtining boshlang‘ich fraksiyasi (1 dal uchun)
|
10 800 so‘m
|
|
2.
|
Vino (1 dal tayyor mahsulot uchun):
| |
| |
tabiiy ravishda achitilgan tabiiy vinolar (etil spirti qo‘shilmagan holda)
|
7 700 so‘m
|
| |
boshqa vinolar
|
14 500 so‘m
|
|
3.
|
Konyak (1 dal tayyor mahsulot uchun)
|
102 000 so‘m
|
| |
hajmiy ulushda spirt 40 foizdan ko‘p bo‘lgan konyak
|
168 100 so‘m
|
|
4.
|
Aroq �a boshqa alkogolli mahsulotlar (1 dal tayyor mahsulot uchun)
|
98 000 so‘m
|
| |
hajmiy ulushda spirt 40 foizdan ko‘p bo‘lgan aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar
|
162 700 so‘m
|
|
5.
|
Pivo (1 dal tayyor mahsulot uchun)
|
10 600 so‘m
|
|
6.
|
Filtrli, filtrsiz sigaretalar, papiroslar
|
141 500 so‘m/1000 dona + 9,0 foiz*
|
152 800 so‘m/1000 dona + 9,0 foiz*
|
163 500 so‘m/1000 dona + 9,0 foiz*
|
|
7.
|
Zargarlik buyumlari
|
25%
|
|
8.
|
Mobil aloqa xizmatlari
|
20%
|
|
9.
|
Kumushdan ishlangan oshxona anjomlari
|
11%
|
|
10.
|
Neft mahsulotlari:
| |
| |
Ai-80 benzini
|
200 000 so‘m/ tonna
|
| |
Ai-91, Ai-92, Ai-93, Ai-95 benzini va undan yuqori
|
250 000 so‘m/ tonna
|
| |
dizel yoqilg‘isi
|
200 000 so‘m/ tonna
|
| |
EKO-dizel yoqilg‘isi
|
180 000 so‘m/ tonna
|
| |
aviakerosin
|
180 000 so‘m/ tonna
|
| |
dizel yoki karbyurator (injektor) dvigatellari uchun motor moyi
|
250 000 so‘m/ tonna
|
|
11.
|
Tabiiy gaz, shu jumladan, eksport
|
20%
|
|
12.
|
Ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan sotiladigan suyultirilgan gaz (“Hududgazta’minot” AJ orq?li aholiga sotiladigan hajmlar bundan mustasno), shu jumladan, eksport
|
30%
|
|
13.
|
Polietilen granulalar
|
30%
|
|
14.
|
Yakuniy iste’molchiga sotiladigan:**
| |
| |
benzin
|
1 litr uchun 285 so‘m/
1 tonna uchun 378 480 so‘m
|
| |
dizel yoqilg‘isi
|
1 litr uchun 285 so‘m/
1 tonna uchun 346 275 so‘m
|
| |
suyultirilgan gaz
|
1 litr uchun 285 so‘m/
1 tonna uchun 540 645 so‘m
|
| |
siqilgan gaz
|
1 kub.metr uchun 435 so‘m
|
* Aksiz solig‘ining qat’iy belgilangan stavkasi aksiz to‘lanadigan tovarlar natura ifodasidagi hajmiga nisbatan qo‘llaniladi, aksiz solig‘ining advalor stavkasi ishlab chiqaruvchining aksiz solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘i qo‘shilmagan holda realizatsiya qilingan tovarlar qiymatiga nisbatan qo‘llaniladi.
** Benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gazni avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali sotishda aksiz solig‘i 1 litrdan kelib chiqib, boshqa hollarda esa 1 tonnadan kelib chiqib hisoblab chiqariladi”;
2) 11-ilova quyidagi mazmundagi izoh bilan to‘ldirilsin:
“Izoh: Qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish va baliqni ko‘paytirish (yetishtirish) uchun foydalaniladigan suv hajmlari bo‘yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2020-yil uchun belgilangan stavkalardan 50 foizga pasaytiriladi”;
3) 14-ilovaning izohi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“2020-yil 1-apreldan 2020-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davrda umumiy ovqatlanish korxonalari alkogol mahsulotini chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘im to‘lashdan ozod qilinadi”.