Sg = (T - TR - N) – G Bu yerda davlat jamg’armalari (Sd); transfertto’lovlari (TR), davlat zayomlari bo’yicha foizlar (N); soliqlar (T) va davlat xaridi (G) xarajatlari.
Agar davlat jamg’armalari nolga teng bo’lsa,davlat byudjeti muvozanatlashgan, jamg’arishning manfiy miqdori byudjet taqchilligini (BT) bildiradi: BT = - Sg Bu yerda: BT – byudjettaqchilligimiqdori.
Iqtisodiyotning o’rnatilgan barqarorligi darajasi davriy byudjet taqchilligi va ortiqchaligi miqdorlariga bog’liq. Davriy taqchillik (ortiqchalik) iqtisodiy faollik pasayishi (oshishi) sharoitida soliq tushumlarining avtomatik kamayishi (oshishi) va davlat xarajatlarining avtomatik oshishi (kamayishi) natijasida yuzaga keladigan davlat byudjeti taqchilligi (ortiqchaligi)dir.
Byudjet taqchilligi va ortiqchaligi Davriy pasayish bosqichida soliqlar avtomatik pasayishi, davlat transfertlarining oshishi natijasida byudjet taqchilligi kelib chiqadi.
Davriy yuksalish bosqichida soliqlar avtomatik ko’payishi va davlat xarajatlarining kamayishi natijasida byudjet ortiqchaligi paydo bo’ladi. Davlat xarajatlari o’zgarmas bo’lgan sharoitda ham byudjet taqchilligi va ortiqchaligi mavjud bo’lishi mumkin. Davriy taqchillik va ortiqchalik miqdorlari soliq va byudjet funktsiyalari grafiklarining «tikligiga» bog’liq. Soliq funktsiyasi T ning egilish burchagi miqdori chegaraviy soliq stavkasiga t ga bog’liq.. t qancha yuqori bo’lsa, T chizig’i shuncha tikroq, γ qancha pastda bo’lsa, G chizig’i ham shuncha tik bo’ladi. Bu esa iqtisodiyotning o’rnatilgan barqarorligi darajasini oshiradi. Ammo iqtisodiy o’sishning ta’minlash vazifasi T va G chiziqlarini yotiqroq bo’lishini taqozo etadi.
To’liq bandlikni ta’minlagan diskret fiskal siyosat yuritilishi natijasida davlat byudjetining tarkibiy taqchilligi (ortiqchaligi), ya’ni to’liq bandlik sharoitida byudjet xarajatlari (daromadlari) va daromadlari (xarajatlari) o’rtasidagi farq yuzaga keladi. Davriy taqchillik ko’pincha davlat byudjetining haqiqiy taqchilligi va tarkibiy taqchillik farqi sifatida baholanadi.
Ba’zi hollarda esa byudjetning xarajatlari uning daromadlaridan ko’proq bo’ladi. Shunga muvofiq ravishda byudjet xarajatlarining byudjet daromadlaridan ko’p bo’lishiga byudjet taqchilligi deyiladi. Boshqa hollar teng bo’lgan sharoitda, byudjet taqchilligi vujudga kelishining eng umumiy sabablari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
• iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yirik davlat kapital quyilmalarini amalga oshirishning zarurligi;
• favqulotda hodisalarning mavjudligi;
• iqtisodiyotdagi inqiroz holatlari, uning emirilishi;
• moliya-kredit aloqalarining etarli darajada samarali emasligi;
• hukumatning mamlakatdagi moliyaviy holatni etarli darajada nazorat qilolmasligi;
• ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligi nisbatan pastligi;
• byudjet xarajatlari tarkibiy tuzilishi (strukturasi)ning oqilona emasligi;
• harbiy xarajatlar darajasining nisbatan kattaligi va boshqalar.
Byudjet taqchilligi vujudga kelganda unga nisbatan strategik yondashuv quyidagilarga alohida e’tibor berishini taqozo etadi:
• byudjet taqchilligining mavjudligini matematik yo’l bilan hal qilishga harakat qilmaslik kerak. Chunki, bu holda iqtisodiyotning “davolanish”i o’rniga “kasalligi” kuchayadi;
• byudjet taqchilligining miqdori (darajasi), odatda, mamlakat yalpi ichki mahsulotining 2—3%idan oshmasligi lozim. Ana shu chegaradan oshilsa, uni tezroq qisqartirish (yoki shu darajaga keltirish) choralarini ko’rish kerak;
• byudjet taqchilligini qoplash uchun, eng avvalo, davlat kreditining turli shakllaridan foydalanmoq lozim. Shuningdek, davlatqimmatbaho qog’ozlarini moliyaviy bozorga joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Aksincha, milliy pul birligi belgilarini zarb etuvchi uskunani ishga solmaslik kerak;
• byudjet taqchilligining darajasini kamaytirish yoki unga barham berish uchun, birinchi navbatda, iqtisodiyotning o’zini “davolamoq” lozim. Aks holda, ana shu maqsadga erishish uchun ko’zda tutilgan har qanday tadbir, albatta, muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.
Byudjet taqchilligining darajasini kamaytirish yoki unga barham berish borasidagi amalga oshirilishi lozim bo’lgan chora-tadbirlarning eng asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
• byudjet xarajatlarining (mablag’larining) investitsion yo’nalishini o’zgartirish, ularni eng ko’p samara beradigan yo’nalishlarga yo’naltirish;
• xo’jalik yuritishning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi moliyaviy imtiyoz va jazolardan keng foydalanish;
• davlatdan moliyalashtirish va davlat iqtisodiyoti sohasini qisqartirish, xorijiy davlatlarga yordam ko’rsatishni keskin kamaytirish;
• harbiy xarajatlarni qisqartirish;
• eng muhim ijtimoiy dasturlarnigina moliyalashtirishni saqlabqolish, yirik byudjet xarajatlarini talab etuvchi dasturlarni qabul qilishni to’xtatib turish;
• Markaziy bankning qarzlari davlat qimmatbaho qog’ozlari shaklida rasmiylashtirmasdan turib hukumat organlariga kredit berishini taqiqlab qo’yish;
• xorijiy sarmoyalarni jalb etish;
• va boshqalar.
Byudjet taqchilligi vujudga kelgan paytda uni moliyalashtirish manbalarini aniqlab olmoq zarur. Uni moliyalashtirishning asosiy manbalaridan biri davlatning qarz olishidir.
Davlatning qarz olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayomva kreditlarni olishdan iborat bo’lib, hukumat oldida qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni qaytarishi bo’yicha kafolatchi sifatidagi majburiyatlari vujudga keladi.
Byudjet taqchilligini moliyalashtirishning manbai sifatida mamlakat Markaziy bankining kreditlari va Markaziy bank tomonidan hukumatning sotib olingan qarziy majburiyatlari maydonga chiqishi maqsadga muvofiq emas.
Byudjet taqchilligini moliyalashtirishning barcha manbalarini ikkiguruhga bo’lish qabul qilingan:
1) ichki manbalar;
2) tashqi manbalar.
Byudjet taqchilligini moliyalashtirishning ichki manbalari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
• mamlakat hukumati tomonidan shu mamlakatning milliy valyutasida kredit tashkilotlaridan olingan kreditlar;
• mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni chiqarish orqali amalga oshirilayotgan davlat zayomlari;
• davlat mulkiga tegishli bo’lgan mol-mulkni sotishdan olingan tushumlar;
• davlat zaxiralari va rezervlar bo’yicha daromadlarning xarajatlardan o’sgan qismi summasi;
• byudjet mablag’larini hisobga oluvchi hisob varaqlaridagi mablag’lar qoldig’ining o’zgarishi;
• va boshqalar.
Byudjet taqchilligini moliyalashtirishning tashqi manbalari qatorigaquyidagilar kiradi:
• mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarnichiqarish orqali xorijiy valyutada amalga oshirilgan davlat zayomlari;
• xorijiy valyutada taqdim etilgan va mamlakat hukumatitomonidan jalb qilingan xorijiy davlatlar, banklar va firmalar, xalqaromoliyaviy tashkilotlaming kreditlari.
Byudjet taqchilligini moliyalashtirish (qoplash)ning muhim ko’rinishlaridan biri davlat krediti hisoblanadi. Davlat krediti – davlat qarz oluvchi yoki kreditor sifatida maydonga tushadigan barcha moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar yig’indisi hisoblanadi.
E’tiboringiz uchun rahmat