1 Davlat budjeti g’azna ijrosini tashkil etish



Download 47,08 Kb.
bet1/2
Sana06.07.2022
Hajmi47,08 Kb.
#748906
  1   2
Bog'liq
1 Davlat budjeti g’azna ijrosini tashkil etish


1 Davlat budjeti g’azna ijrosini tashkil etish

O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash sharoitida davlat moliyasi tizimida iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Davlat moliyasini boshqarishdagi islohotlar sharoitida umumdavlat moliya tizimining bosh bo’g’ini - davlat byudjetini boshqarish, byudjet jarayonini tashkil etish tizimidagi islohotlar, xususan byudjet ijrosida kassali tizimdan jahon amaliyotida sinalgan va o’zining ijobiy natijalarini bergan davlat byudjetining g’azna ijrosiga o’tildi.


Mamlakatimizda g’aznachilik tizimini joriy etilishi budjet parametrlarini yaxhsilash borasida amalga oshirilgan islohotlar sirasiga kiradi. Bugungi kunda mazkur sohani yanada tokomillashtirish lozimligi g’aznachilik tizimining tashkiliy va huquqiy tizimini takomillashtirish, uning tarraqiy etishining yo’nalishlarini o’rganish muhimligini keltirib chiqaradi. O‘zbekiston Respublikasida Davlat budjeti ijrosining G‘aznachilik tizimini joriy etilishi bilan dastlabki va joriy moliyaviy nazoratni amalga oshirish budjetdan mablag‘ oluvchilar, moliya organlari bilan birgalikda G‘aznachilik organlariga ham yuklatiladi.Davlat Budjeti ijrosining 3ta shakli mavjud bo’lib, biz ulardan Davlat Budjetining G’azna ijrosiga to’xtalib o’tamiz.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida budjet ijrosida bank tizimidan foydalanish bir qator muammolarni keltirib chiqardi.
-Budjet daromadlari va xarajatlari to’g’risidagi axborotlarning yetarli darajada operati (tezkor)emasligi.
-Daromadlarning bank hisobraqamlariga tushishi va budjetning hisobraqamlarida aks ettirishidagi uzulishlarning mavjudliligi bois budjet resurslarini boshqarishdagi tezkorlikning sustligi.
-Soliq daromadlarining budjet tizimi bo’g’inlari o’rtasida taqsimlanish jarayonlarini samarali tartibga solish va daromadlar tushumini jadallashtirishning zarurligi.
-Budjet tashkilotlarining hisobraqamlarida ishlatilmaydigan budjet mablag’larining turib qolishi.
-Budjet ajratmalarining hajmlari bilan haqiqatda amalga oshirilgan to’lovlar summalari ko’rsatkichlarining tarqoqligi tufayli mablag’larning tushumi va sarflanishi ustidan yagona nazoratning murakkablashuvi.
-Budjet mablag’larining ajratilishi bilan ularning so’nggi iste’molchilarga etib borishigacha bo’lgan vaqtning uzoqligi.
-Davlat mablag’lari harakatining murakkablashuvi va hajmlarining ortib borishi bilan ulardan oqilona foydalanish ustidan dastlabki nazoratning va joriy monitoringning zarurligi va boshqalar…
G‘aznachilikni tashkil etish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish” loyihasini amalga oshirishga tayyorlanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002 yil 26 apreldagi 144-son qarori qabul qilinishi bilan boshlandi.Ushbu qarorda 3ta budjet tashkiloti mavjud bo’lib ular Toshkent shahar budjeti tashkil topgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2004 yil 26 avgustda “Davlat byudjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinishi G‘aznachilikning tashkil etilishida va Davlat byudetining g‘azna ijrosi joriy etilishida muhim bosqichlardan biri bo‘ldi. Qonun 2006 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kirdi.
Davlat byudjeti g‘azna ijrosining ayrim elementlarini tajriba shaklida joriy etish 2005 yil 1 iyundan boshlab Toshkent shahrida va Samarqand viloyatida boshlandi.
Byudjetning g‘azna ijrosi elementlarini bosqichma-bosqich kengaytirish 6 mintaqada (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Namangan, Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazm viloyatlari) 2006 yilda, qolgan mintaqalarda (Andijon, Farg‘ona, Toshkent, Jizzax, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida) 2007 yildan amalga oshirildi.Ixtisoslashtirilgan moliya organi - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat byudjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007 yil 28 fevraldagi PQ-594-son qarori asosida Respublikaning barcha mintaqalarida 2007 yildan boshlab tashkil etildi.
G‘aznachiligining asosiy maqsadlari etib belgilangan:
• zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda byudjet mablag‘lari maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish;
• barcha darajalardagi daromadlar va xarajatlarini boshqarish samaradorligini oshirish.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qonun hujjatlari bilan G‘aznachilikka quyidagi asosiy vazifalar yuklangan:
• Davlat byudjetining kassa ijrosi, jumladan, tushadigan daromadlarni turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida taqsimlash, byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va Davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzish;
• Davlat byudjeti mablag‘larini yagona g‘aznachilik hisobvarag‘i, shuningdek tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni ta‘minlaydigan hududiy g‘aznachilik hisobvaraqlarini joriy etish orqali boshqarish;
• byudjet tashkilotlarining tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilar bilan shartnomalarini, shuningdek Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan kapital qurilish bo‘yicha buyurtmachilarning shartnomalari xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan summalar va maqsadlarga qat‘iy muvofiq ravishda tuzilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatish asosida mazkur shartnomalarni majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini joriy etish orqali byudjet tashkilotlarining maqsadga nomuvofiq, asossiz xarajatlarining oldini olish;
byudjet tashkilotlarini, shu jumladan mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashga yo‘naltiriladigan byudjet mablag‘laridan foydalanishni maqbullashtirish ustidan monitoringni amalga oshirish, bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta‘minlanishini, ularning maqsadga muvofiqligi va narx-navo yechimini nazarda tutish hamda vositachilik xizmatlaridan voz kechish;
• xarajatlar smetasi va ro‘yxatga olingan shartnomalarda nazarda tutilgan qat‘iy summalar doirasida tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilarning bevosita hisobvaraqlariga byudjet mablag‘lari oluvchilar nomidan va ularning topshirig‘i bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish orqali to‘lov intizomiga so‘zsiz rioya etilishi ustidan ta‘sirchan nazoratni ta‘minlash;
• davlat xaridlari bo‘yicha axborot bazasini yaratish va muttasil yangilab borish, davlat xaridlarini amalga oshirishda narx belgilash jarayonini nazorat qilish;
• kichik biznes sub‘ektlari keng ishtirok etishini nazarda tutadigan davlat xaridlarini amalga oshirishda tanlov va tender tartibotlarini takomillashtirish va qo‘llashni kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
• O‘zbekiston Respublikasiga kelayotgan barcha turdagi, shu jumladan nomoddiy shakldagi muruvvat yordami va texnikaviy ko‘maklashish vositalarining to‘liq hamda tizimli hisob-kitobini yuritish;
• Davlat byudjeti g‘azna ijrosining buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish, Davlat budjeti ijrosi haqida axborot yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish;
• G‘aznachilik davlat xaridlari bo‘yicha Hukumat komissiyasining ishchi organi funktsiyasini amalga oshiradi.
Davlat byudjetining g’azna ijrosi davlat byudjetining barcha daromadlarini yagona g’azna hisobraqamiga kiritishdan, shuningdek, davlat byudjetining xarajatlarini shu hisobraqamdan to’lashdan iborat. Prezdentimiz ta’kidlaganidek” Yurtimizning porloq kelajagi uchun qilinayotgan say’i harakatlar asosini budjet ijrosini takomillashtirish va chet el standartlariga javob beradigan darajada tizimli ravishda rivojlantirish mamlakatning iqtisodiyotining o’sish sur’atini keskin oshirgan holda xalq farovonligini ta’minlaydi”.Davlat budjetining g`azna ijrosi davlat budjeti va davlat maqsadli jamg`armalarining barcha daromadlarini, shuningdek, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag`lar bo`yicha tushumlarini yagona g`azna hisobraqamiga jamlash va ularning barcha xarajatlarini shu hisobraqamdan amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu esa davlat budjeti, budjetdan tashqari fondlar,budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag`lari, davlat qarzlari va ularga xizmat ko`rsatish jarayonlarining tezkor nazorati va monitoringini olib borish, davlati mablag`larining samarali ishlatilishini ta'minlash, davlat moliyaviy resurslarining harakati to`g`risida operativ tarzda ma'lumotlami jamlash imkonini 1beradi.G‘aznachilik - davlat budjetining ijrosini ta’minlashning bir shakli bo‘lib, unda maxsus idora davlat soliqlarini, yig‘imini va ulardan foydalanishni ta’minlaydi, mablag‘lar ustidan nazoratni amalga oshiradi, shuningdek, davlat tashqi va ichki qarzlarini boshqaradi hamda budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari pul oqimlarini monitoringini olib boradi. Davlat budjeti ijrosi G‘aznachilik tizimida g‘aznachilik budjetdan mablag‘ oluvchilarning majburiyatini ijroga qabul qiladi va keyin taqdim qilingan mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ularning nomidan va ularning topshirig‘iga asosan vakolatni o‘ziga oladi va budjet mablag‘larini maqsadli ishlatilishini ta’minlash asosida to‘lovni amalga oshiradi. Davlat budjeti ijrosining g’azna ijrosinng asosini Yagona kassa hisob raqami tashlik etadi.Yagona kassaga butun shahar,viloyat,qishloq budjetidan keladigan pul mablag’lari jamlanib,undan rejada belgilangan tartibda taqsimlanadi va Moliya vazirligiga hisobot beriladi. Yagona g’azna hisobvarag’i g’aznachilik tomonidan boshqariladigan maxsus bank hisobvarag’i bo’lib ushbu hisobvarqqa davlat byudjeti mablag’lari shu jumladan davlat maqsadli jamg’armalarini mablag’lari hamda byudjet tashkilotlarning byudjetdan tashqari mablag’lari kiritiladi. Yagona g’azna hisobvarag’idan davlat byudjetida ular uchun mablag’lar nazarda tutilgan huquqiy va jismoniy shaxslarning xarajatlari to’lanadi.G’aznachilik budjet tashkilotlari va budjet ijrosida amalga oshiriladigan operatsiyalar va ular asosida rejalashtirilgan hisobotni o’zida aks ettiradi va kerakli pul mablag’ini tegishli tashkilot organlariga yetkazib beradi.Byudjet ijrosining g’aznachilik tizimi byudjetdan mablag’ ajratish samaradorligini sezilarli darajada oshirib xarajatlarning aniq amalga oshirilishini ta’minlaydi va moliyaviy operatsiyalar uchun vaqt hamda mablag’lar sarfini kamaytirgan holda ushbu operatsiyalarni tezlashtiradi. G’aznachilik tizimi tashkil etilgunga qadar va u tashkil etilganidan keyingi davrda soliq to’lovchilardan daromadlar kelib tushishi va byudjet mablag’larining ularni oluvchilarga yetkazilishi jarayonining qiyosiy tahlili ikkinchi holatda byudjet mablag’lari bilan ishlashda ishtirok etuvchi bo’g’inlar soning kamyishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish imkonini beradi.G’aznachilik tashkil etilishidan oldin yurtimizda tijorat banki Respublika pul o’tkazmalarini amalga oshirgan.Buni nazorat qiluvchi va amalga oshiruvchi vazirlik Moliya vazirligi hisoblanib undan tijorat bankiga tushgan pul mablag’larini Moliya vazirligi belgilab bergan va rejadagi hisob raqamida turishi nazorat qilib,tekshirilib turgan.Hozirga kelib yagona kassa hisob raqami esa,o’z faoliyatini amalga oshirib bu operatsiya jaraynini osonlashtirishga muvofiq bo’ldi.
Davlat butjeti ijrosining yangi mexanizmini amaliyotga kiritish bugungi kunda budjet islohatlarini yirik yo’nalishlaridan biri.Davlat moliyasini samarali boshqarish zaruriyati mavjud budjet mablag’laridan samarali foydalanish uchun budjet xarajatlarining nazoratini kuchaytirishni talab etadi.Davlat budjeti boshqarishni tashkil qilish ishlarini yuqori darajaga olib chiqishni g’aznachilik tizimini budjet daromadlari va xarajatlarini to’g’ri rejalashtirish hamda moliyaviy nazorat asosida ijro qilish imkonini beradi.Eng asosiysi g’aznachilikda kelgusi yil loyihasini tayyorlash uchun prognoz ma’lumotlari shakllantiriladi hamda budjet mablag’lari ishlatilishida samaradorlik va mantiqlikni oshiradi.Davlat moliya tizimida budjetlararo munosabatlar g’aznachilikning asosi hisoblanadi.Budjetlararo munosabatlar deganda-respublika davlat hokimiyati organlari va mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlari o’rtasidagi budjetli huquqiy munosabatlarni ,budjet jarayonini tashkil qilish va amalga oshirishning tartibga solinish masalalari bo’yicha o’zaro munosabatlar.
G’aznachilikni Respublikamizda tashkil etish har tomonlama shahr ,viloyat, tuman budjetaridagi tushgan pul mablag’larini to’g’ri taqsmlanishi va maqsadli ravishda ishlatilishini nazorat qilish hisoblanadi.G’azna ijrosini takomillashtirish,jahon standartlariga javob berishi ,ular o’rtasidagi operatsiyalarni to’g’ri amalga oshirishni va shu kabi bir qator yo’nalishlarda bo’layotgan islohatlar mamlakat rivojiga o’z hissasini qo’shmoqda.
Mamlakat g’aznachiligini kengaytirish borasida qonuniy-huquqiy asoslarda ham ask ettirilishi g’aznachilik faoliyatini har tomonlama mustahkamlanishi va jahonning yirik tashkilotlari qatorida bo’lishga yo’l ochadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasini tasdiqladi
O‘zbekiston Prezidenti 7-fevral kungi farmoni bilan 2017—2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini tasdiqladi.Ushbu harakatlar strategiyasining 3-Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishi Budjet tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga o’zining hissasini qo’shmoqda.Ushbu ustuvor yo’nalishda iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish va shu kabi bir nechta yo’nalishlar bo’yicha o’z faoliyat darajasini takomillashtirib bormoqda.Harakatlar strategiyasining ushbu yo’nalshida budjet tashkilotlariga tushayotgan pul mablag’larini davlat rivojlanishi va uning iqtisodiy o’shini takomillashtirish kabi yo’nalishlarda o’zining faoliyatini amalga oshirmoqda.
Harakatlar strategiyasida belgilangan 5ta ustuvor yo’nalishlar davlatning kelgusi 5 yil ichida o’zining ham iqtisodiy , ham ijtimoiy , ham ilmiy – texnikaviy yo’nalishlarda rivojlanishi va davlat mustaqilligi va farovonligini ta’minlashga o’z hissasini qo’shmoqda.G’aznachilik ijrosi esa,ushbu 5ta ustuvor yo’nalishni amalga oshirishda o’zining kata hissasini qo’shibgina qolmasdan , balki u o’zining kelgusidagi reja va faoliyat darajasidagi muvaffaqiyatlarga yo’l ochadi.G’aznachilikning asosiy vazifasi davlat yagona hisob raqamiga tushayotgan pul mablag’larini Respublika budjet tashkilotlariga reja asosidagi pul mablag’larini to’g’ri taqsimlash va uning rivoji uchun o’zining hissasini qo’shishdab iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, jaxon hamjamiyatiga mamlakatda olib borilayotgan islohotlar haqida xolis axborot yetkazish. O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatini normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish.Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish.

Download 47,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish