Sun’iy tanlash natijasida g`o`zada xo`jalik uchun qimmatli belgilarning o`zgarishi
Yillar
|
Har gaktardan olingan hosil sentnerda
|
Ko`sakning vazni (g)
|
Tolaning uzunligi (mm)
|
Tola chiqishi (%)
|
1923
1940
1950
1960
1970
1980
|
10,8
15,0
20,3
20,4
25,3
29,7
|
4,8
5,2
5,5
6,2
6,3
6,3
|
27
32,2
34,4
32
32,5
34,7
|
30
33,4
34,4
34,7
34,8
36,7
|
Simmental qoramol zotida sut miqdorining o`zgarishi
Yillar
|
Har bosh sigirdan olingan sut miqdori (l)
|
1870-1875
1880-1885
1890-1910
|
2500
2950
4000
|
Qandlavlagida qand miqdorining o`zgarishi
Yillar
|
Qand miqdori %
|
1808
1838
1848
1858
1878
1888
1898
1908
1929
1954
|
6,0
8,5
9,8
10,1
11,7
13,7
19,2
18,6
20,1
22,3
|
Bo`rdoqi qo`y, cho`chqa zotlari urug` bermaydigan o`simlik navlari itlarning junsiz, kaptarlarning shamolga qarshi ucha olmaydigan tovuz kaptar zotlari chiqarilganligi yuqoridagi fikrni tasdiqlovchi dalillardir. Ba’zi madaniy o`simlik navlari, hayvon zotlarining yovvoyi ajdodlari bir tur, boshqalariniki esa ikki-uch tur hisoblanadi. masalan, har xil it zotlari chiya bo`ri va bo`ridan, qo`ylar esa arxar, muflan, argali kabi yovvoyi ajdod turlaridan, tovuq zotalari esa yovvoyi bankiv tovug`idan, kaptar, yovvoyi ko`k qoya kaptar turidan, qoramol zotlari dasht va o`rmon yovvyi qoramol turidan, karam navlari yovvoyi karam turidan kaeltirib chiqarilgan.
Darvin yuqoridagi mulohazalarning asosli ekanligini bir qncha dalillar bilan isbotlagan. Maslan, Hindiston va Janubiy Sharqiy Osiyo chakalakzorlarida tarqalgan bankiv yovvoyi tur tovuqlari odamdan unchalik hurkmaydi, kechalari daraxt, buta shoxlarida uhlaydi va honaki tovuqlar bilan chatishib narmal nasil beradi. Bularning hammasi honaki tovuqlar bankiv yovvoyi tovuqlaridan kelib chiqqanligini isbotlovchi dalillar sanaladi. Mana shunday usul bilan Darvin boshqa honakilashtirilgan hayvon zotlar, madaniy o`simlik navlari qaysi yovvoyi turlardan kelib chiqqanligini ta’kidlagan.
Darvin sun’iy tanlash bilan yovvoyi hayvonlarni honakilashtirish mumkinligini tajriba orqali isbotlash imkoniyatiga ega bo`lmagan. Hozirgi vaqtda rus akademigi D.K.Belyaev sun’iy tanlash yo`li bilan yovvoyi hayvonlarni honakilashtirish mumkinligini tajriba orqali isbotlab berdi. U kumushsimon qora tulilar ustida kuzatish ishlarini olib borib, ularning odamga nisbatan xatti-harakati har xil ekanligini aniqladi. Tulkilarning bir guruhi odamga tashlanuvchan, o`ta tajavuzkor, lekin unga tashlanishni hohlaydigan, uchinchi guruh esa hotirjam izlanuvchi instinktli tulkilar ekanligi ma’lum bo`ldi. K.D.Belyaev uchinchi guruhga mansub erkak va urg`ochi tulkilarni ajratib, alohida urchita boshladi. Nasillar orasidan olim yana odamga tez ko`nikuvchi tulkilarni tanlab bordi. Bunday tulkilarning bir necha avlodida sun’iy tanlash o`tkazish natijasida huddi honaki itlarga o`xshash, yani odamga tez o`rganadigan, erkalaganda xursand bo`ladigan tulkilar chiqarildi. Hatti-harakatiga qarab o`tkazilgan sun’y tanlash natijasida tukilarning morfologik va fiziologik belgilari ham o`zgardi. Chunonchi, tajribada tashqi quloq suprasi osilgan, dumini esa gajak holda egib turadigan tulkilar olindi. Yovvoyi tulkilar odatda bir yilda bir marta aprelda urchisa, honakilashtirilganlar esa ikki marotaba dekabr-yanvar va mart-aprel oylarida urchiganlar.
Inson sun’iy tanlashni olib borar ekan o`simlik, hayvonlarning barcha belgi xossalarni emas, balki o`zi uchun ahamiyatli belgi hossalarini o`zgartirishni maqsad qilib qo`yadi. Shunga ko`ra tanlangan organizmlarning inson ehtiyojiga mos bo`lmagan belgi hossalari sun’iy tanlash natijasida o`zgarmay qoladi yoki korrelyatsiya qonuniga binoan birmuncha o`zgaradi. Masalan, g`o`zning turli navlari tez pisharligi hosildorligi, tolasining texnologik sifatlari bilan bir-birlaridan farq qilsalarham, ularning barchasida gul, ildiz tuzulishi o`zaroo`xshash bo`ladi. Kapalakgulida aksincha gullari xilma-xil bo`lib, barglari o`zaro o`xshashdir. Chunki kapalakgulda inson o`zining estetik ehtiyojiga mos gul tuzulishiga ahamiyat bergan. Bunday holatni hayvonlarda ham ko`rish mumkin. Chunonchi, jundor qo`ylarining juni yuqori baholanadi. Shu bois har xil qo`y zotlarining juni bir-biridan keskin farq qiladi. Qoramollarda esa bunday emas.
Darvin sun’iy tanlashning muvaffaqiyatli chiqishida quyidagilarga:
1. Tanlash uchun olingan organizmlarning son jihatdan ko`pligiga.
2. Ulardagi individual o`zgaruvchanlikka.
3. Seleksionerning tajribasi, sinchkovligiga.
4. Tanlash olib borilayotgan organizmlarning nazoratsiz chatishmasligiga.
5. Tanlash ta’sirini irsiy o`zgaruvchanlik tufayli to`plana borishiga bog`liq ekanligiga o`z e’tiborini qaratdi.
Muxtasar qilib aytganda yangi zot va navlarni yaratish metodi hisoblangan sun’iy tanlash o`zida bir-birini to`ldiruvchi uch hodisani:
Ko`zlangan maqsadga mos organizmlarni tanlash va saqlashni;
Inson talablariga mos bo`lmagan organizmlarni yaroqsizga chiqarishni;
Chatishtirish uchun zarur bo`lgan ota-ona formalarini saralash hamda
ulardan yangi yangi nasil olishni mujassamlashtiradi.
Binobarin, yangi zot va nav chiqarishda asosiy omil bo`lib irsiy o`zgaruvchanlk sun’iy tanlash hisoblanadi. darvin zamoniga nisbatan hozirgi davrda yangi nav, zot chiqarish metodlari takomillashgan.
Hozirgi paytda yangi va zotlarni chiqarishda sistematik va ekologik jihatdan uzoq ota-ona organizmlarni chatishtirish, kimyoviy, fizikaviy omillar yordamida mutant organizmlar olish, har xil turga mansub organizmlar hujayralarini duragaylash, bir hujayra genini, hramasomasini, yadrosini boshqa hujayraga ko`chirib o`tkazish, alohida hujayrani sun’iy muhitda ko`paytirish kabi usullardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |